9. Quyidagi qoidalarning qaysi biri to`g`ri emas?
A) So'z ma'nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi.
B) Muassasa nomlarida qo’llanilgan III shaxs egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini bildirib, ba’zan xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Bunday birikmalarda keyingi qism qaratqich kelishigida qo’llanilmaydi.
C) Bosh kelishik shakli undalma vazifasida ham keladi.
D) O’timli fe’llarga bog’lanuvchi so’z tushum kelishigi shaklida keladi.
10. Turdi “Turdiman” g`azalining qaysi misralsri orqali o`zidan faxrlanishini izhor etadi?
A) Qirq, Yuz, Ming aqrabolar ettilar mandin nufur
B) Bovujudi e'tibori chashmi mardum Turdiman.
C) Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman.
D) Kelturan amvojg'a bahri talotum Turdiman.
11. Quyidagi javoblarning qaysi birida “Uvaysiyman” g`azalidagi tanosub san’atiga daxldor so`zlar berilgan?
A) Vaysiy, kavokib, dunyo B) zohid, borgoh, xarobot
C) beriyozat, faqr, Xudo D) orif, zohid, Uvaysiy, Arz
12. “Ravshan” dostonida Aynoq kal “Qadama og`och” o`yini uchun qaysi daraxtlardan foydalanmoqchi bo`ladi?
A) terak, qayin B) majnuntol, qayrag`och C) tol, qayrag`och D) gilos, chinor
13. “Mehrobdan chayon” romanida mulla Abdurahmon Anvar bilan Sultonali mojarosini kimdan eshitgan edi?
A) Shahodat muftidan B) Sultonalidan C) Kalonshohdan D) Mirzo Boisdan
Dostları ilə paylaş: |