Biofizika fanidan amaliy mashg’ulotlar kitobchasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə19/36
tarix06.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#126486
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
BIOFIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG

Nazorat savollari.

  1. Suyuqlik ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi qanday omillarga bog‘liq?

  2. Osmotik bosimga izoh bering.

  3. Van-Goff qoidasini izohlang.

  4. Suyultirilgan eritmaning osmotik bosimini yetarli darajada hisoblash uchun foydalanadigan formula.

  5. Noelektrolit modda eritmasining osmotik bosimi mutloq haroratga qanday bog’liq.

4 labaratoriya ishi
Biologik jarayonlar kinetikasiga havo harorati ta’siri. Baqa yuragi misolida harorat koeffitsienti va aktivlanish energiyasini Shtraube usulida hisoblab topish. Biologik jarayonlar kinetikasi.
Ishdan maqsadi: Biologik jarayonlar kinematikasiga havo haroratining ta’sirini, qurbaqa yuragi misolida harorat koeffitsienti va aktiv energiyasini Shtraube usulida hisoblashni o’rganish.
Ish uchun keraklijihozlar: 100 ml hajmga ega konussimon kolbachalar(3 dona) va ularni yopishga mo'ljallangan rezina qopqoqlar, 0-50°C shkalaga ega termometrlar (3 dona), qor yoki muz o'rtacha kattalikdagi jarroxlik qaychisi, kichik qaychi, pintset, shprits, orqa miya zondi, preparat tahtachasi, Shtraybe konyulasi, ipak ip, sovuqqonli hayvonlar uchun ishlatiladigan Ringer eritmasi, baqalar.
Nazariy tushuncha. Hayotiy jarayoilarning boshqarilishida hujayra va to'qima kechadigan bioximiyaviy o'zgarishlar tezliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ma'lumki, kimyoviy kinetika-reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsen-tratsiyalari, рН, bosim, harorat va katalizatorlar singari tashqi omillarning kimyoviy o'zgarishlar tezliklariga ta’sirini o'rgansa, biologik jarayonlar kinetikasi biologik jarayonlar asosida yotuvchi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan substratlar kontsentratsiyalari, fermentlar va ularning aktivator va ingibitorlari, muhit рН darajasi, harorat singari omillarning biokimyoviy reaktsiyalar tezliklari orqali biologik jarayonlar tezliklariga ta'sirining qonun-qoidalarini o'rganadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin