Biofizika fanidan amaliy mashg’ulotlar kitobchasi


Biologik jarayonlar kinetikasiga haroratning ta'siri



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə20/36
tarix06.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#126486
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
BIOFIZIKA FANIDAN AMALIY MASHG

Biologik jarayonlar kinetikasiga haroratning ta'siri. Kimyoviy reakshya-lar kelib chiqishining asosiy shartlaridan biri bo'lmish reaktsiyaga kirishuvchi moddalar molekulalarining bevosita to'qnashuvi haqidagi qoida inobatga olinsa, kimyoviy hamda biologik jarayonlar tezliklarining haroratga bog’liqligi o'z-o'zidan ravshan bo'lib holadi.Harorat oshgan sari molekulalar-ning chopish uzoqligi orta boradi, demak, ularning o'zaro to'qnashuv ehtimolligi ham osha boradi. Hisoblash natijalariga ko'ra, agarda reaktsiyaga kirishuvchi, molekulalarning hamma to'qnashuvlari ham reaktsiyaga olib kelganda, reaktsiya tezligi amaldagi tezlikdan 102-106 barobar katta bo'lgan bo'lur edi. Shu sababli kimyoviy kinetikada, to'qnashuvlarning faqat ma'lumlarigina reaktsiyaga olib keladi, degan fikr paydo bo'ldi. Reaksiyaning amalga oshishi uchun to'qnashuvchi molekulalar ma'lum bir Е0-miqdordagi aktivlanish energiyasi deb ataladigan, oshiqcha energiyadan kam bo'lmagan energiyaga ega bo'lishi shart. Yani nofaol malikulalarnl faol holatga o’tkazish uchun kerak bo’lgan energiya miqdoriga aktivlanish energiyasi (Е0)deb ataladi. Oshiqcha ener-giyaga ega bo'lgan molekulalarning, ya'ni reaktsiyaga kirisha olish qobiliyatiga ega bo'lgan “aktiv molekulalarning” nisbiy soni harorat-ning oshishi bilan ortadi, natijada kimyoviy reaktsiya tezlashadi.
Kinetik nazariyaga binoan, molekulalarning kinetik energiyasi faqat mutlaq haroratga bog’liq bo'lib, harorat 10°Сga oshganda, reaktsiya tezligining necha marta ortishini ko'rsatuvchi kattalik -Vant Goff harorat koeffitsienti deb atalib, Q10- bilan belgilanadi. Shunday qilib, reaktsiyaning harorat koeffi-tsienti, o'z mohiyati-ga ko'ra, berilgan reaktsiyaning o'zaro 10°Сga farqlanadi-gan ikki xil haroryatdagi tezlikligining- nisbatidan boshqa narsa emas, ya'ni

bu erdagi RT-reaktsiyaning dastlabki haroratdagi tezligi, RT+10-o'sha reaktsiya-ning harorat 10°Cga oshirilgandagi tezligi.


Ma'lumki, ko'pchilik kimyoviy reaktsiyalarning harorat koeffitsienti 2-4 atrofida bo'lib, o'rtacha 3ga teng. Biologik jarayonlarning aksariyat ko'pchiligi eng yuqori tezlikda amalga oshadigan harorat optimumiga ega ekanligi bilan kimyoviy reakiiyalardan farqlanadi. Bunday hol ko'pchilik biologik jarayonlarning fermen-tiv reaktsiyalarga asoslanganligi bilan izohlanadi.
Biologik jarayonyayar asosida etgan o'zgarishlar tabiatiga ko'ra o'sha o'zgarishlarga xos harorat koeffitsientlari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, fizikaviy o'zgarishlar uchun bu kattalik 1,1-1,2 ni tashkil etsa, fermentativ reak-tsiyalar uchun u 1,7 atrofida bo'ladi. Demak, eksperimentda topilgan harorat koeffitsientiga asoslanib, o'rganilayotgan jarayonlarning tabiati vahatto ularning mexanizmlari haqida fikr yuritish mumkin.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin