Reaktsiya tezligining haroratga bog’liqligi Arrenius tenglamasidan yaqqol kurinadi: bu erdagi k-reaktsiyaning tezlik konstantasi, р-sterik omil, z-to'qnashuvlar soni, e-natural logarifm asosi, E-aktivlanish energiyasi, R-gaz doimiysi, T-mutlaqharo-rat. Mazkur tenglamaga muvofiq ish ko'rilganda, o'rganilayotgan reaktsiyaning 10°Cga farqlanadigan ikki haroratdagi tezlik konstantalari hisoblab topiladi. Faraz etamiz, tajribalar T2 va T1- haratlarda amalga oshirilgaa bo'lsin. U holda reaktsiyaning T1ga muvofiq tezlik konstantasi teng bo'ladi: T1uchun
T2 uchun
Agarda T2>T1 bo'lsa, z2>z1 bo'ladi, ammo ular urtasida farq katta bo'lmaydi, ya'ni harorat 10°Cga farqlanganda z2, z1 larni o'zaro teng deb hisoblansa, ularning tenglamadagi iboralari qisqarib ketadi. Sterik omil ham bunday haroratda katta o'zgarishga uchramaydi. Shunga ko'ra, ularni o'zaro teng deb qarab, qisqartirilsa bo'ladi. Bayon etilganlarga binoan, ikki xil haroratdagi reaktsiya tezlik konstantalari-ning nisbatini yozamiz:
agarda bo’lsa u holda Tanglamani logarifmlab, quyidagilarni hosil qilamiz: agarda T2 bilan T1 aro farq 10°Cni tashkil etsa, u holda bo'ladi. Mazkur tenglamadan reaktsiyaning aktivlanish energiyasi E ni topish mumkin, ya'ni
Natural logarimdan o'nli logarifmga o'tib, R-kattaligi (1,987kkal.mol-1)ni tenglamaga qo'yamiz va quyidagilarni hosil qilamiz:
va nihoyat ushbuga ega bo'lamiz:
Shunday qilib, bu tenglamadan reaktsiya akivlanish energiyasi bilan uning harorat koeffitsientiaro chiziqli bog’lanish mavjud degan xulosa kelib chiqadi, ya'ni reaktsiyaning aktivlanish energiyasi qancha katta bo'lsa, u haroratga shu qadar bog’liq bo'ladi. Ko'pchilik biologik jarayonlar aktivlanish energiyalarining kattaligi kimyoviy reaktsiyalar aktivlanish energiyalari kattaliklariga yaqin bo'lib, 8,12 va 18 kkal.molatrofida guruhlanadi.