Biokimyo va molekulyar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/121
tarix12.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#126842
növüУчебник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121
6402c353af10c 1 Biokimyo va molekulyar biologiya 2 qism darslik

Аминоациладенилат
Formuladan ma’lumki, aminoatsiladenilat aminokislotaning angidridi
fosfor kislotasining qoldig‘i adenozin-5-fosfatdan iborat. Angidrid bog‘ini 
hosil qilishda kislorodning donori sifatida aminokislotani karboksil guruhi 
xizmat qiladi. Angidrid holatdagi aminoatsiladenilatlar juda osonlik bilan 
keyingi reaksiyalarga kirishadi. Har bir aminokislotaning о‘ziga xos ARS-
azalari borligi yuqorida ta’kidlangan edi. Ushbu reaksiyada yana pirofosfat 


134 
ham hosil bо‘ladi. Hujayra suyuqligida pirofosfataza fermenti borligi tufayli 
pirofosfat tezda gidrolizga uchraydi. Shuning uchun, aminoatsiladenilatni 
hosil bо‘lishi qaytalama bо‘lmasdan, bir tomonlama reaksiyadir. 
Aminokislotani keyingi bosqichida aminoatsiladenilatdagi qoldig‘i t-
RNK ning oxirgi qatoridagi adeninga tegishli ribozadagi 3
I
-uglerod atomiga 
bog‘lanadi. 
H
2
N C
R
H
CO~O АМФ + 
O
H
H
Аденин
OH
OH
H
H
CH
2
т-РНК
Аминоациладенилат
АРС-аза
АМФ
O
H
H
Аденин
OH
H
H
CH
2
CO~O
H
R
C
H
2
N
Аминоацил-т-РНК
Uzoq vaqtlar davomida aminoatsil guruhi faqat adenindagi ribozaning 
3
I
- uglerod atomiga bog‘lanadi, deb kelar edik. Keyinchalik ma’lum 
bо‘lishicha, shunday vazifani ribozadagi 2
I
-uglerod atomi ham bajarishi 
mumkin ekanligi aniqlandi. Jumladan, fenilalanin, leysin va izoleysinlar 
qoldiqlari ribozaning 2
I
-uglerod atomidagi gidroksil guruhiga ARS-aza orqali 
bog‘lanadi. Serin va treonin aminokislotalari ribozaning 3
I
-uglerod atomiga 
bog‘lanadilar. Tirozin va sesteinlar esa ribozaning 2
I
-va 3
I
-uglerod atomidagi 
gidroksilga bog‘lanadilar. Aminoatsil-t-RNK ribozaning 2
I
-uglerod atomidan 
3
I
-uglerod atomiga va teskari tomonga kо‘chirilishi mumkin. 
Hosil bо‘lgan aminoatsil-t-RNK о‘z aminokislotasini ribosomaga 
yetkazib, u yerda peptidlanish jarayoni ketadi. Hujayrada oqsilning 
sitoplazmatik sintezi aminokislotaning faollashishi, transport RNK bilan 
bog‘lanishi va ribosomaga kо‘chirilishidan iborat: 
Oqsillarning biosintezi oqsil sintezlovchi mikrofabrika bо‘lmish 
ribosomalarda sodir bо‘ladi. Ribosomalar kо‘p komponentli oqsil sintezlovchi 


135 
tizimni 
о‘zida qamrab, genetik informatsiyani tо‘liq о‘qilishi va 
realizatsiyasini bexato amalga oshiradi. Ribosomalar katalitik xususiyatga ega 
bо‘lib, peptid bog‘larini hosil qilib, peptidil-t-RNK ni mexanik ravishda 
kо‘chirilishini ham ta’minlaydi. Ular о‘zlarining asosiy vazifalari oqsillarni 
sintezlashdan tashqari, ribosomalar xususiy biogenezlarini ham amalga 
oshiradi.
Hujayrada oddiy holatda ribosomalar faol bо‘lmay, subbirliklari birga 
assotsiatsiya holatida bо‘lmay, ajralgan kо‘rinishda bо‘ladilar. Transkripsiya 
jarayonida hosil bо‘lgan i-RNK ribosomaga bog‘langandan sо‘ng u faol 
holatiga о‘tadi. Ribosomalar faol holatda oqsillarni genetik kod asosida 
sintezlaydi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin