MAVZU: BIOLOGIYA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALRDAN FOYDALANISHDA TA’LIMNI DIFERENLASHTIRISH.
Reja:
I.KIRISH:
II.ASOSIY QISM:
1,Biologiya fanidan darsdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil etish.
2.Umumiy biologiya kursidan sinfdan Sashqarii o`qitishni tashkil etish.
3.Biologiya fanidan mavzularni rejalashtirish.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH:
Tayanch so`zlar. Sinfdan va maktabdan tashqarii Mashgulotlarning mAqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqarii ishlar tizimi. Yakka tartibda gurux bo`lib va ommaviy bajariladigan ishlar. Qishloq xo`jaligi tarmoqlariga, botanika, hayvonot boglari, muzey va fermalarga ekskursiyalar. Darsdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil eti shva o`tkazish.
Darsdan tashqari ishlar. Biologiya kursida ham o`quvchilarning darsdan tashqarii ishlar tashkil etish majburiy bo`lib, ular tirik tabiat burchagida bo`lib o`tkaziladi.Ular mazmuni jixatidan o`quv programmasi bilan chambarchas bogliq bo`ladi.Tajriba va kuzatishlar olib borish, ularni darsda ko`rsatishda tayyorlash, biologik koleksiyalar va gerbariylar tuzish, mikroskopda ishlash, genetika masalalarini hal qilish shular jumlasidan. Har bir o`quvchi yil mobaynida bir ikkita ish bajaradi. Umumiy biologiya kursiga oid darsdan tashqarii ishlar ko`p hollarda uzoq muddatga mo`ljallangan bo`ladi va shuning uchun o`quvchilarga bu ishlar tegishli mavzuni o`tishdan ikki uch oy vaqit oldin berib qo`yiladi. Masalan natijalarni «organizim va muxut », «Biosferada moddalarning davriy aylanishi »kabi mavzularga kuz fasillarida, kechi Bilan fevral oyi boshlarida o`tkazilsa yaxshi bo`ladi.
Tabiatda darsdan tashqarii ishlar ko`pincha kuz faslida bajariladi, bunday hollarda darsdan tashqarii ishlar tabiatda olib boriladigan ishlar Bilan bogliq bo`lgan uy vazifasi xarakterini oladi.
O`quvchilarda biologiyadan bilim berishdagi uzulish 9-sinf ularning maktab o`quv tajriba uchaskasida olib boriladigan ishlarini bir muncha cheklab. Bahorda 10-sinfga o`tish vaqtida bazi tajribalar ixtiyoriy ravishda olib borilishi mumkin, ammo umumiy biologiya kursida maktab o`quv tajriba uchaskasida kuzda ham foydalansa bo`ladi, bu narsa «organik olamning evolyutsiyasi haqida Ch.Darvin talimot »degan mavzu metodikasida ko`rsatib o`tkazilgan tajribalar o`tkzish, qishloq maktablarining o`quvchilarida katta qiziqish uygotish mumkin. O`qituvchi biologiya bilan qiziqadigan uvchilarni oldingi sinflardanoq yaxshi bilishi kerak va ularning qiziqishini qo`llab quvatlabgina qolmay balki yanada kamol toptirishga yordam berishi kerak.
Sinfdan tashqarii Mashgulotlar. Hozirgi zamon biologiyasi masalalari o`quvchilarda katta qiziqish uygotmoqdaki, ular darsning o`zi Bilan hamma vaqit ham qanoatlantiravermaydi. Nixoyat 11- sinflarda o`quvchilarning qiziqishi kelgusida kasb tanlashi Bilan bogliq holda farqlanadi. Sinfdan tashqarii Mashgulotlarni tashkil etishda to`garaklar tashkil etish, kechalar hamda konferensiyalar, sinfdan tashqarii o`qishlar va hokozolar o`tkazish zarurati tuguladi.
Biologiya to`garagi biologiya Bilan qiziqqan va qo`shimcha ravishda shugullanishni xoxlagan o`quvchilar uchun tashkil etiladi. Biologiya to`garagida o`tkaziladigan Mashgulotlarning taxminiy mavzulari ushbu kursda barcha mavzularning metodikasida ko`rsatilgan. Bular avvalo o`quvchilarning Dunyoqarashini shakillantirish, fanga tabiatga va jamiyatga nisbatan muhabbat uygotish xarakteridagi mavzular bo`lishi kerak. Biz tavsiya qilayotgan ko`pgina mavzular faqat kitob o`qishni emas, balki tirik tabiat burchagida tajribalar o`tkazish, tabiatda kuzatshlar olib borish mikroskopda ishlashni ham talab etadi.
To`garak ishlarini maxaliy ilmiy muassasalarining ishlari Bilan ham boglab olib byuorish mumkin. To`garaklarning bazi Mashgulotlarida sinfdagi barcha o`quvchilar taklif qilinadi. To`garak azolari bunday Mashgulotlarga qo`liyozma, jurnallar, ko`rgazmalar vistafkalar tayyorlaydi.Umumiy biologiya kursiga oid ilmiy kechalar va konferensiyalar o`tkazish, shubxasiz, o`quvchilar etiborini jalb etadi.Ilmiy kechalarda qilinadigan dokladlar kino ko`rsatish, kitoblardan ayrim kechalarni ifodali o`qish, muzika chalish, ashula aytish kabi ishlar Bilan qo`shilib olib borilishi mumkin.Konferensiya qatiy plan asosida o`tkaziladi, dokladlar qilinadi, muzokaralarda so`zga chiqadi, barcha tadbirlarga kitoblar vistavkasi, o`quvchilarning ishlaridan namunalar tayyorlanadi. Kechalar o`tkazish uchun quyidagi temalarni «tabiat sistemasi», «O`zbekiston florasi va sistematikalari to`grisida », «V. I. Vernadiskiyning noosfera haqidagi goyalari »va boshqalarni tavsiya etish mumkin.
Umumiy biologiya kursidan sinfdan tashqari o`qishlar tashkil etish juda ham zarur. Gap shundaki, o`quvchilar ko`pgina malumotlarni stixiyali ravishda oladilar, radio va televizion eshitirishlarni tinglaydilar, ilmiy ommabop jurnallar o`qiydilar va hokazo. Natijada ular, ko`pincha masalalarni mustaqil ravishda hal qila olmaydilar va eshitgan yoki ko`rgan narsalarini bazan noto`gri tushinadilar. Uyda o`qib kelishi uchun tavsiya etiladigan kitoblar, jurnal va mAqolalarning ro`yxati biologiya xonasiga osib qo`yiladi. Bu ro`yxat muntazam ravishda yangilanib turiladi.Kitoblar yoki mAqolalarning nomlarini dars vaqtida aytish shart emas, o`quvchilarning o`qigan narsalaridandarslarda qisqAgina axborot xolida foydalaniladi.
Darsdan va sinfdan tashqarii ishlarning barcha xillari mazmuni va metodlariga ko`ra dars Bilan chambarchas bogliq holda olib boriladi. U o`quvchilarda dars vaqtida ko`proq va chuqurroq bilim olishga qiziqish uygotadi. Bunday ehtiyojlar sinfdan tashqi Mashgulotlarda qondiriladi va keyingi darslarda yanada rivojlantiriladi.
Darsni rejalashtirish. Biz o`qituvchi uchun bu kursni o`qitishning perispektik rejasini bir yilga mo`ljallab tuzi shva bunda berilgan soatlarni kanikul hamda bayram kunlarini hisobga olgan holda temalar va temachalarni o`tish mudatlariga qarab taqsimlash, takrorlash uchun savollar belgilash, ekskursiyalar va sinfdan tashqarii ishlarni taqsimlab chiqish mAqsadga muovofiq deb hisoblaymiz. Perispektik rejaga asosan o`qituvchi tematik reja tuzadi. Bunda mavzu mazmuning mantiiqIy bayon etilishi va izchilligi, qo`llaniladigan metodlar, ko`rsatma qurollar, amaliy ishlar va sinfdan tashqi mashgulotlar uchun materiallar ko`rsatiladi.
Dars o`tish metodlari.
An`anaviy dars o`tish metodlari.
1.O`quv mavzuni ogzaki bayon (hikod) qilish metodi . 2.Suxbat (savol-javob) metodi
3.Darslik bilan ishlash metodi. 4.Namoyish qilish-ko`rsatish, sayohat qilish metodi
5.Amaliy mashgulotlar (masalalar va laboratoriya ishlarini bajarish) metodi. 6.Maktab lektsiyasi. 7.Dasturli o`qitish metodi.
Noan`anaviy dars o`tish metodlari.
1.Konferentsiya darsi. 2.Seminar darsi. 3.Texnika vositalari yordamida dars o`tish. 4.O`ylab top (evrika). 5.O`yinchoqlar yordamida dars o`tish. 6.Kasbga boglab dars o`tish 7.Eksperimental dars o`tish. 8.Bahs-munozara darsi. 9.Yozma ishlar olish. 10. Ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanish.
Tajriba o`tkazish. Biologiyani o`qitishda qo`llaniladigan o`ziga xos usul. Maxsus sharoit yaratilgan xonalarda biologik jarayonlar va hodisalarni kuzatish , bili shva uni tushunishdan iborat . Bu usullarni qo`llash bir qator sharoitlar bilan bogliq. Avvalo tajriba uchun zarur bo`lgan barcha asbob va materiallar mavjud bo`lishi kerak . Shubilan birga o`quvchi tajribaning mAqsadini oldindan bilishi lozim. Bundan tashqarii tajribani to`gri o`tkazish, kuzatish va olingan natijalarni ham udalashi kerak bo`ladi. Tajriba o`tkazish uchun berilgan yo`riqnomalarni kitoblardan topish mumkin. Ko`p hollarda tajriba ancha murakkab bo`lib, bu mashgulot o`qituvchi rahbarligida olib boriladi.
Ko`rgazmali metodlar. Bu metoblar tirik va tabiiy obektlarni tayyor kolleksiya, quruq va ho`l preparatlar, jadvallar, rasmlar, o`quv kino va videofilmlar, kompyuter, elektron darsliklar, multimedialar namoish qilish, modellashtirilgan elektron darsliklar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi.Ko`rgazmali metodlarning qo`llanilishi o`quvchilarga o`rganiladigan obektlar, voqia va hodisalarni his etish, taqoslash,ularga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish va xulosalashga imkon beradi. O`quv jarayonida ko`rgazmali metodlar hikoya, suhbat, amaliy, muammoli va boshqa metodlar bilan olib boriladi.
Laboratoriya mashgulotlari. Laboratoriya mashgulotlarida asosiy metod o`quvchilarning mustaqil ishi hisoblanadi. Mashgulotga ajratilgan vaqitning ko`p qismi o`quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishga sarf bo`ladi. Mazmuniga ko`ra tarqatma material yordamida olib boriladigan mustaqil ishlarni ham laboratoriya mashgulotlari qatoriga kiritish mumkin. Mashgulotning mualliflar ishlab ishlab chiqqan moduli ta`lim texnologiyasi asosida tashkil etishi dars samarasini keskin oshirishga imkon beradi.Mazkur texnologiya mashgulot mavzusi bo`yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o`quvchilarning laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishi, o`z-o`zini nazorat qilish asosida o`z bilimini baholashi va mashgulotga yakun yasashidan iborat.
Amaliy ishlar. O`quvchilar bajaradigan amaliy ishlarda jismoniy mehnat tabiatni o`rganish bilan birga olib boriladi. Mehnat jarayonida o`quvchilar tabiat to`grisida olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq etishadi va yanada kengaytirishadi. Amaliy ishlar o`quvchilarni jismoniy mehnatga o`rgatadi. Biologiyani o`qitishda Amaliy ishlar asosan tirik tabiat burchagi yoki maktab qoshidagi o`quv-tajriba uchakasi bilan bogliq.
Oʻqitish jarayoni deganda, oʻquvchilarning muayyan oʻquv materialini oʻzlashtirish, bilish usullarini egallashga qaratilgan oʻquv-bilish faoliyati va oʻqituvchining mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishga asoslangan pedagogik faoliyati orqali oʻzaro hamkorlikda oʻquv maqsadlariga erishiladigan jarayon tushuniladi.
Didaktika va biologiya oʻqitish metodikasiga oid manbalarda oʻqitish jarayoni va uning shakllariga turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, didaktik olim Babanskiy Yu.K. fikricha, oʻqitishni tashkil etish shakllari ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquvchilar bilan individual yoki yalpi oʻqitishning nisbati, oʻquv-bilish faoliyatining faollik darajasi, hamkorlikda tashkil etilgan oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati va oʻqituvchining rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini belgilaydi.
Yesipov B.P. tomonidan chop etilgan “Основы дидактики” kitobida oʻquv ishlarini tashkil etish shakllari oʻquvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma-ketligi, oʻqituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashgʻulotlarning mazmuni, tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan.
Verzilin N.M., Korsunskaya V.M. ta’rifi boʻyicha oʻqitish jarayonini tashkil etish shakllari – oʻqituvchi tomonidan tarbiyalovchi ta’lim jarayonida foydalaniladigan turli sharoit (biologiya oʻquv xonasi, ekskursiya, tirik tabiat burchagi, tabiat)da oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
Oʻquvchilar tomonidan biologiya oʻquv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan muayyan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni oʻqitishning turli shakllaridan foydalanishni taqozo etadi.
Biologiya oʻqitish metodikasida oʻqitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga dastur talablarini amalga oshiradigan oʻqitishning asosiy boʻlgan dars, unga bogʻliq holda ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlar kiradi.
Mazkur oʻqitish shakllari birgalikda biologiya oʻqitish shakllari tizimini tashkil etadi.
Oʻqitishning asosiy shakli boʻlgan – dars, ularni bogʻlovchi vazifasini bajaradi va oʻqitishda yetakchi oʻrinni egallaydi.
Dars, ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashgʻulotlar birgalikda biologiyani oʻqitishdan koʻzda tutilgan umumiy oʻquv maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, oʻquvchilar tomonidan oʻquv materialini oʻzlashtirish, olingan natijalarni tahlil qilishga xizmat qiladi.
Oʻqitishni tashkil etish tizimining tarkibiy qismlari boʻlgan dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashgʻulotlarning har biri biologik ta’lim oldiga qoʻyilgan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan alohida oʻz ulushi mavjud. Mazkur ulushni xususiy maqsadlar ham deyish mumkin.
Oʻqitish jarayonini tashkil etishning turli shakllarida ta’lim mazmuni, maqsadi, vazifasiga bogʻliq holda muayyan metod va vositalardan foydalaniladi. Shu sababli oʻqituvchi tomonidan oʻqitish shakllarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni ta’lim mazmuni, mazkur shakllarning maqsadi, vazifasi, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan oʻrni, ularning xususiy maqsadlariga mosligi e’tiborga olinishi lozim. Masalan, oʻrganiladigan mavzu kattalashtiruvchi asboblar yoki laboratoriya jihozlari bilan bogʻliq, shuningdek, anatomik mazmun, fiziologik jarayonlar, nazariya, gʻoya, tushunchalar, qonunlar, masala yechish oʻrganiladigan boʻlsa, unda albatta oʻqitishning asosiy shakli boʻlgan darsni tanlash zarur.
Agar ta’lim mazmuni oʻsimlik yoki hayvonot dunyosining xilma-xilligi, turli ekologik muhit sharoitiga moslashishini oʻrganishni talab etsa, bu holda ekskursiya tashkil etilishi yoki videofilmlar namoyish qilish maqsadga muvofiq.
Ekologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda dars bilan bir qatorda, darsdan va sinfdan tashqari ishlar ham muhim oʻrin tutadi. Kuzatish oʻtkazish va tajriba qoʻyishda uy ishlari, darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega. Oʻqituvchi tomonidan oʻqitish shakllarini toʻgʻri tanlashda biologiya oʻquv xonasining jihozlanishi va oʻquv-moddiy texnika bazasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchi oʻqitish shakllarining maqsadi va vazifalarini toʻgʻri anglagan holda, mazkur jarayondan tasviriy, tabiiy va tarqatma materiallar tayyorlash orqali koʻrgazmalilikni amalga oshirishni koʻzda tutishi lozim.
Shunday qilib, biologiyani oʻqitish shakllari: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashgʻulotlar muayyan tizimni hosil qilib, ular oʻquvchilarda belgilangan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, bilish faoliyati usullarini egallash va oʻqitish samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.
Dars oʻqitishning asosiy shakli boʻlib, unda biologiya oʻquv dasturidan oʻrin olgan oʻquv materialining asosiy qismi oʻrganiladi. Darsda oʻqituvchi ta’lim mazmuni, oʻqitish metodi va vositalarining uygʻunligi orqali oʻqitish maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. Lekin, hamma masalalarni ham darsda oʻrganish imkoni boʻlmaydi, masalan, uzoq muddatli kuzatish ishlarini talab etadigan tajribalarni oʻtkazishda darsdan tashqari ishlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |