Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING KAMCHILIKLARI



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə31/150
tarix26.11.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#135410
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING KAMCHILIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATDA DIVIDENDGA SOLIQ
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividenddan 10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.


Misol. «SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
– birinchi ta’sischi – 45%;
– ikkinchi ta’sischi – 25%;
– uchinchi ta’sischi – 18%;
– to‘rtinchi ta’sischi – 12%.
Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:
– birinchi ta’sischi – 47000000 × 45% = 21 150 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 47000000 × 25% = 11 750 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 47000000 × 18% = 8 460 000 (soliq summasi 8 460 000 × 10% = 846 000) so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 47000000 × 12% = 5 640 000 (soliq summasi 5 640 000 × 10% = 564 000) so‘m.
Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miqdorda hisoblanadi:
– birinchi ta’sischi – 21 150 000 × 10% = 2 115 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 11 750 000 × 10% = 1 175 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 8 460 000 × 10% = 846 000 so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 5 640 000× 10% = 564 000 so‘m.



Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin