Blackcurse



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə39/74
tarix17.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#115947
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
2 5215525430601193042

Pedagogik mahorat

O‘quvchilarni o‘ziga jalb qila olish, ishtiyoqini uyg‘ota olish, milliy zamonaviylik g‘oyasini singdirib, milliy tarbiyaviy vazifalarga ruhlantira olish; o‘zini “mukammal, zamonaviy o‘zbek ziyolisi” siymosiga ongli ravishda tayyorlash va takomillashtira borish; o‘zbek tilida sof, tiniq, ifodali, ta’sirli, ohangdor so‘zlash; notiqlik va aktyorlik mahorati; yuz-qiyofa, ko‘z, qo‘l, gavda harakatlari orqali o‘z nutqining ta’sirchanligini oshira olish; his-tuyg‘ularni jilovlay olish; o‘quvchilarga bevosita va parallel ta’sir ko‘rsata olish va h.k.

SHunday qilib, hozirda pedagogika institutlari, universitetlar talabalari bo‘lmish bo‘lajak pedagoglarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda yuqoridagi kasbiy va shaxsiy sifatlar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimini maqsadli shakllantirish zarurati asoslandi. Ushbu zaruratni ta’minlash uchun dastlab pedagogik ta’limning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, “bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi. YA’ni, 1) ijtimoiy kafedralar ilmiy tadqiqot yo‘nalishlaridagi milliy istiqloliy, mafkuraviy, ma’naviy, tarixiy mavzularni o‘zaro bog‘lanishiga erishildi; 2) diplom ishlari, kurs ishlari, referat ishlari tematikasida milliy tarbiyaviy mazmun kuchaytirildi; 3) har bir pedagogik psixologik kafedra, har bir fanni o‘qitishni bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarini ochib berib, ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, falsafa, dinlar va hurfikrlilik tarixi, O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyatshunoslik, nafosatshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlarning bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy mafkuraviy dunyoqarashini shakllantirishdagi imkoniyatlaridan unumli foydalanildi. Ushbu uslub bo‘lajak o‘qituvchi – milliy tarbiyachilarda mustaqil O‘zbekistonning o‘z istiqlol yo‘li, ichki va tashqi siyosati, tarixi, hozirgi va istiqboli haqida bilimlar bilan ularning milliy istiqloliy pedagogik tafakkuri orasidagi uyg‘unlikka erishishga xizmat qilib, e’tiqodini mustahkamlaydi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning qo‘shimcha vositalaridan biri sifatida muallif tomonidan tayyorlangan va “Boshlang‘ich ta’lim” (1994 yil 3-son) ilmiy-pedagogik jurnalida e’lon qilingan “O‘zbekiston o‘qituvchisining qasamyodi” matnidan foydalanildi. Ushbu vositaning bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy mafkuraviy, ma’naviy, g‘oyaviy, kasbiy ahamiyatini ko‘rsatish uchun “Qasamyod” matnini to‘la keltirishni lozim topdik.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin