IV.3. Pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning milliy tarbiyachilik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
Talabalarda pedagogik amaliyot jarayonida milliy tarbiyaviy uslub, vositalar tizimini qo‘llash malakalari shakllantirilmasa, milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti orasida tafovut paydo bo‘lishi mumkin. SHu sababdan ham biz bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning texnologik, metodik tizimini ishlab chiqishni ham kiritdik. Jumladan, pedagogik amaliyot dasturining an’anaviy vazifalari qatoriga quyidagi yangi - milliy tarbiyaviy faoliyatni tashkil qilish orqali talabalarga ijtimoiy-mafkuraviy, pedagogik-psixologik va mutaxassislik bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va boyitish; - talabalarda milliy tarbiyaviy shaxsiy va kasbiy sifatlar, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; - milliy tarbiyaviy faoliyatga qiziqish uyg‘otib, ehtiyoj paydo qilish; - tarbiyaviy faoliyatga ijodiy, milliy va ilmiy yondashuvni uyg‘unlashtirish; - talabalarni ilg‘or milliy tarbiyaviy ish namunalari bilan tanishtirish kabi milliy tarbiyaviy vazifalar kiritildi.
Mustaqil O‘zbekistonning bo‘lajak o‘qituvchilariga qo‘yilayotgan yangi talablarni amalga oshirishda pedagogik amaliyotning milliy tarbiyaviy ahamiyatini N.Mirzahmedov va S.Mirsharipovalar talabalarning chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan bir qatorda milliy g‘urur, madaniyat va qadriyatni o‘quvchilarga to‘g‘ri etkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lish, deb ifodalaydilar. “Biroq, talabalarda dars va darsdan tashqari tadbirlar jarayonida o‘quvchilar qadriyatlarimizni, insonparvarlik g‘oyalarini, o‘qitish mazmuni bilan oqilona, hamohang tarzda etkazish malaka va ko‘nikmalari deyarli yo‘q” – degan bahoni berdilar1. Pedagogik amaliyot dasturi va unga oid uslubiy ko‘rsatmalarning amalga oshirilishi tajribasi qay ahvolda?” degan savoliga tajribali pedagog K.Daminovning o‘zi: - “Bu savolga O‘zbekiston miqyosida javob topish ancha muammoli holatda turibdi”, - deya javob berdi2. Mavjud holat pedagogik oliygohlarda o‘qituvchi tayyorlash samaradorligini oshirish va ularni milliy tarbiyaviy faoliyatga yo‘naltirish orqali yuqoridagi kamchiliklarning bartaraf qilinishini ham taqozo qilmoqda edi.
O‘zbekiston o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan yangi, istiqloliy talablarni o‘rganishga tayanib, talabalarda milliy tarbiyaviy tushunchalarning shakllanganligini va ularda milliy tarbiyaviy faoliyat uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘rganishga kirishildi. Dastlab bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy tarbiyaviy tushuncha, bilimlari va shu tushunchalarni o‘quvchilarda shakllantirish imkoniyati orasidagi mantiqiy bog‘liqlik o‘rganildi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning har bir amaliyot turi uch bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich tayyorlov bosqichi bo‘lib, umumiy masalalar qatorida talabalarga maktabda amalga oshirilayotgan milliy tarbiyaviy faoliyat mazmuni: talabaning yakka rejasida bu sohada qilingan ishlarni hisobga olish texnikasi bayon qilinib tasdiqlandi. Talabalar maktab hayoti, o‘qituvchilar, sinf rahbari, o‘quvchilar tashkilotlari rahbarlari bilan tanishtirildi. Asosiy bosqich – pedagogik amaliyotning davomati, nazorati va yakuniy bosqich – pedagogik amaliyotning baholanishi, xulosalar yasashga bag‘ishlandi. Ko‘rinib turganidek, har bir bosqichga o‘z maxsus vazifalari yuklandi.
Milliy tarbiyaviy ko‘nikma va malalakalarni shakllantirish, talabalarning konstruktiv ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qattiq e’tibor talab qiladi. CHunki talabalarda bolalar bilan muloqotga, sinfdagi va sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarga qiziqish uyg‘otmay; o‘quvchilar shaxsiyatini bilish va o‘rganish, olingan bilimlardan o‘quvchilarni tarbiyalash maqsadlarida foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirmay; milliy tarbiyaviy tadbirlarni tayyorlash, tashkil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirmay; o‘zining va o‘quvchilarning milliy tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish, tashkil qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarini moslashtirmay turib, milliy tarbiyani samarali amalga oshirish mumkin emas.
Pedagogik amaliyotning boshida milliy tarbiyaviy tadbirlarni ilmiy asosda tayyorlash, o‘tkazish va tahlil qilish talabalar uchun dastlab qiyin kechdi. Aksariyat hollarda sinf rahbarlari tomonidan uslubiy tavsiyalarga muhtojlik sezildi. CHunki sobiq sovet maktablari uchun yagona va umumiy qo‘llanma bo‘lgan I.S.Marenkoning “O‘quvchilarni tarbiyalashning taxminiy dasturi”da belgilangan mazmun yangi – mustaqil O‘zbekiston maktabining tarbiyaviy talablariga javob bermas edi. SHu sababli maktablarda milliy tarbiya bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar, yo‘nalishlar namunalarini ishlab chiqdik. Misol tariqasida “Tarbiyaviy soatlar mavzulari”(5-Ilova)ni keltirish mumkin. Talabalarga biz taklif qilgan tarbiyaviy soat mavzularidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib foydalanish tavsiya qilindi. Ushbu mavzular majmuidan qator maqsadlar ko‘zda tutildi. Jumladan, 1) talabalar qaysi mavzularga ko‘proq moyillik bildirganliklarini va buning sabablarini aniqlash; 2) talabalarning tarbiyaviy soatni rejalashtirish ko‘nikmalarini aniqlash; 3) tarbiyaviy soat mavzuini qanday mazmun bilan to‘ldirishlari, qanday adabiyotlardan foydalanishlari, qanday bayon qilishlarini tahlil qilish; 4) o‘quvchilarning yosh va tarbiyalanganlik darajalarini hisobga olgan yoki olmaganliklarini o‘rganish; 5) tarbiyaviy soatning ta’sirchanligini oshirish uchun qanday choralar, usullar, vositalardan foydalanganligini o‘rganish kabi maqsadlar belgilandi.
SHu tariqa umumpedagogik (pedagogik amaliyot samaradorligini oshirish) va xususiy (talabalarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash) ehtiyojlardan kelib chiqib, talabalar sinf rahbarlarining yordamchilari etib biriktirib qo‘yildilar. Bu orqali ularda maktab hayoti, tarbiyaviy jarayonning barcha tafsilotlari bilan bevosita tanishish, o‘rganish, amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, ularga sinflarda milliy tarbiyalanganlik darajasini o‘lchash, ota-onalar bilan suhbatlashish, o‘quvchilarda milliy tarbiyaviy fazilatlar namoyishlarini kuzatish kabi topshiriqlar berilib, ko‘nimalar singdira borildi; milliy tarbiyaviy ishlarning sinf rahbarlari tomonidan rejalashtirilishi bilan tanishib, hisobga olib borish yuklandi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda “Milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” bo‘yicha referat ishlari tematikasi ishlab chiqilib, gumanitar fakultetlarga joriy qilindi. Referat ishlari mohiyatiga ko‘ra ham nazariy, ham amaliylik tamoyiliga qurildi. Maqsad - har bir talabada milliy tarbiyaning u yoki bu masalasi bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish bilan cheklanib qolinmasdan, balki ana shu bilimlarni qo‘llashga, takomillashtirishga erishish edi. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy tarbiyachilik mahoratini shakllantirish maqsadida ularga ijodiy topshiriqlar berishni joriy qildik. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda institutlarni maxsus kafedralari tomonidan talabalarga maxsus topshiriqlar berishning samaradorligi olimlarimiz tomonidan sinab ko‘rilgan edi.1.
Ijodiy topshiriqlar talabadan u yoki bu vazifani bajarish kerak bo‘lganida qanday xatti-harakatlar qilishni aniqlashga qaratildi. Buning uchun umumta’lim maktablarida milliy tarbiya jarayoning xususiyatlarini ifodalovchi mavzular majmui ishlab chiqildi. Mavzular majmuiga jumladan quyidagilar kirdi:
-Abdulla Qodiriy ijodi bo‘yicha kitobxonlar anjumanini o‘tkazish rejasini tuzing. Uni qiziqarli o‘tkazish uchun qanday ishlarni bajarasiz?
-Sinf rahbarisiz. Sobirjon maktabga kelmadi. Sababi-uning bobosi vafot etibdilar. Sinf sizga qarab turibdi... Nima deysiz?!
-Navro‘z bayramini qanday tashkil qilasiz?
-2004 yil “Mehr va muruvvat”. Siz, ya’ni sinf rahbari uchun bu nimani anglatadi?
Sinfingiz jamoasining vijdoniylik darajasini o‘lchab, baholang.
Tanaffusda Gulnoraning ruchkasi o‘z sinfdoshi tomonidan o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi. O‘g‘rini qanday topasiz va qanday chora ko‘rasiz?
To‘yda o‘tiribsiz. Mast bo‘lgan 2-3 kishi raqqosa tepasidan pul sochmoqda. Bolalar yopirilib kelib, oyoq ostidagi pullarni terib olishga tutinishdi. Bu manzaradan tarbiyaviy soatda qanday foydalanasiz?
VII sinfdagi Vahob doimo so‘kinib gapiradi. Buni u qizlar oldida ham, tengdoshlari oldida ham bemalol davom ettirmoqda. Vahobni shu illatdan qutqazish mumkinmi? Qanday qilib?
Milliy tarbiya mavzusiga bag‘ishlangan ota-onalar yig‘ilishini qanday o‘tkazasiz?
O‘quvchingizning tarbiyaviy sharoiti bilan tanishish maqsadida uning oilasiga tashrif buyurmoqchisiz. Ota-ona, ahli oila bilan bo‘ladigan suhbatingiz qanday masalalarni qamrab olishini rejalashtiring.
O‘quvchilaringizning to‘la qadriyatlarini o‘rgandingiz. VIII sinf o‘quvchilari hozir eng qiziqib tomosha qilayotgan film-“Oddiy Mariya” ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bundan qanday milliy tarbiyaviy xulosa chiqarasiz?
Siz maktab tarbiyaviy ishlar tashkilotchisisiz. Maktabda “O‘zbek tili bayrami”ni qanday tashkil qilasiz?
IX sinfda “Mafkuraviy faol o‘quvchi: u qanday bo‘lishi kerak” mavzusida “Matbuot anjumani” ssenariysini tuzing.
milliy tarbiya bo‘yicha sinfning yillik natijalarini chiqaring va h.k.
Talabalarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda pedagogik amaliyotda milliy tarbiyaning joriy qilinishi yaxshi samara berishi aniqlandi. Talabaning “Tarbiyaviy ish daftarchasi” g‘oyasi prfessor N.SHodiev tomonidan talabalarni maktabda o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishlariga o‘rgatish vositasi sifatida kiritilgan edi. Bu vosita bizning tadqiqotimizda milliy tarbiyaviy mazmun bilan to‘ldirildi va o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Namuna sifatida o‘zbek filologiyasi fakultetining Y bosqich tolibasi S.Niyozovaning milliy tarbiya daftaridan parchalar keltirib o‘tishni joiz topdik(23-jadval).
Ish turi
|
Ishning mazmuni
|
Bajarish muddati.
|
“Milliy istiqlol mafkurasi amalda” mavzusida stend tayyorlash.
Tarbiyalanuvchilarda ijobiy va salbiy sifatlar haqida tasavvurlarini shakllantirish
|
Quyi, o‘rta sinflar darsliklari mafkuraviy mazmunini o‘rganib chiqish. SHu asosda surat, matn parchalari, qahramonlar suratlarini yig‘ish.
O‘quvchilarni “Ѓuncha”, “Gulxan” va ro‘znomalarni o‘qishni tashkil etish; ota-ona, buva-buvilar shu mavzuda savol-javoblarni tashkil qilish
|
Mutasaddilar:
Sinf rahbari,maslahatchilar,gumanitar fanlari o‘qituvchilari sinf rahbari tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Sinf rahbari
|
Milliy g‘urur haqida gaplashamiz” musobaqasini tayyorlash
|
A) I.Karimovning O‘zbekiston yozuvchilari va shoirlari bilan uchrashuvda bildirgan fikrlarini o‘rganish.
B) oynoma va ro‘znomalardan tegishli ma’lumotlarni yig‘ish;
V) mubohasa rejasini tuzish; o‘rtaga tashlangan savollarni tanlash;
G) tashkil qilish (jarayon);
D) yakuniy xulosa tayyorlash;
|
Sinf
Rahbari
|
“Jannat onalar oyog‘i ostidadir”(ma’ruza)
|
A) ma’ruzani darsliklar mazmuni bilan bog‘lash uchun darsliklarni o‘rganish;
B) adabiyotlarni o‘rganish, ma’ruza rejasini tuzish va o‘qituvchilar bilan kelishib olish;
V) O‘quvchilarni “Onalar” fotomontaji uchun material yig‘ishga jalb qilish;
G) sinf o‘quvchilari onalarining qaysi kasb bilan shug‘ullanishini o‘rganish;
D) ma’ruzaga sinf o‘g‘il bolalari orasida ularning o‘z onalariga munosabatlari haqida so‘rovlar o‘tkazish;
|
Sinf rahbari
|
“O‘zbekistonni qanday sevmoq kerak?” tarbiyaviy soatini o‘tkazish
|
A) A.Oripovning “O‘zbekiston vatanim manim” she’rini tahlil qilish;
B) tarbiyaviy soat maqsadi, rejasini aniqlash;
V) O‘zbekiston vatanparvarligining mohiyatini tavsiflash;
G) O‘quvchilar vatanparvarligiga misollar;
D) Xulosa.
|
Sinf rahbari
|
Maktablarda o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar samarali yoki (shaklga berilib, mazmun, natija haqida unutilsa) samarasiz bo‘lishi ham mumkin. Sobiq sovet pedagogikasida tarbiyaga yondoshishning ikkinchi turi kuchayib ketgan edi. YA’ni tadbirning eng muhim tomoni- bolalarning chiroyli kiyinishi, ko‘rinishi; qichqirib she’r o‘qishi; hammaning “ommaviy” raqsga tushishi; “yuqoridan” kelganlarga gul tutib, ma’qul bo‘lishi va hokazolar edi. SHuning uchun ham sobiq sovet pedagogikasi “tadbirbozlik pedagogikasi” deb ham tanqid qilinar edi. Biz ana shu kamchilikning payini qirqish uchun talabalarni tarbiyaviy tadbirlarni ilmiy-mantiqiy tahlil qilishga o‘rgata bordik. Buning samarasi ikki tomonlama namoyon bo‘ldi. Birinchidan, talabada tarbiyaviy tadbirni kuzatish, qayd qilish ko‘nikmalari takomillashtirilgan bo‘lsa, ikkinchidan, tadbirlarning quruq dabdabasi tahlildan so‘ng “fosh bo‘lgach”, tarbiyaga bunday yondoshuvning xatoligini talabalar anglay bordilar. Bu fikrni tasdiqlash uchun ham bir namuna keltirishni lozim topdik. Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim uslubiyati kulliyoti tolibi (E.Ernazarova, IY bosqich)ning pedagogik amaliyotning uchinchi haftasida kuzatgan tarbiyaviy tadbirning ilmiy-mantiqiy tahlili:
Tadbirning nomi: Biz-vatanparvar-baynalmilalchilarmiz.
SHakli: Adabiy-musiqaviy kompozitsiya.
Maqsad: Noaniq. CHunki bu haqda hech kim gapirmadi.(Aniqrog‘i-tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan yuborilib, ishlayotgan frontal tekshiruv komissiyasiga tarbiyaviy ishlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish).
Vaqti: 2003 yil 20 yanvar soat 10dan 17 minut o‘tganda boshlanib, 11dan 10 daqiqa o‘tganicha davom etdi.
Qatnashdilar: 15 ta o‘quvchi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘pchilikni tashkil qildi.
Tadbir qanday sharoitda o‘tkazildi. Tadbir 3 kun davomida tayyorlandi. Musiqa, globus, sun’iy gullar bilan jihozlandi.
Tadbirning qisqacha mazmuni sharhi: Dastlab maktab tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi tadbir nomi va uning boshlanishini e’lon qildi. Musiqa, raqs, she’rlar do‘stlik mavzusiga bag‘ishlandi. Qatnashchilarning aksariyati qiz bolalar. Ikki o‘g‘il bola – o‘zbekcha to‘n kiygan; 8 ta qiz bola - atlas kiygan; Zal sovuq. Qatnashchilarning ko‘zlari sinf rahbarlarida. Ular sahna yonidan imo-ishoralar bilan o‘quvchilarni boshqarib turishibdi. Amerikalik, Hindistonlik, Afg‘onistonlik do‘stlar haqida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, she’rlar o‘qildi.
Tadbirlarni tayyorlashda quyidagilarning faollik darajsi:
- o‘quvchilar qo‘mitasi - sezilmaydi;
- ayrim, faol bolalar - baland;
o‘quvchilar jamoasining tashabbuskorligi – sust;
o‘qituvchilar hamkorligi - sust;
tayyorlov bosqichining jamoani jips-
lashtirishga ta’siri - sust;
Tadbirning sinf jamoasi tomonidan muhokama qilinishi, baholanishi va buning ham bir qatnashchiga, jamoaga ko‘rsatgan ta’siri: - Tadbir yakuni muhokama qilinmadi; baholanmadi (O‘quvchilar sovqotib tezda uy-uylariga tarqalib ketishdi).
Amaliyotchi – talabaning shaxsiy xulosasi, taklifi:
“Mening o‘quvchilik davrim 80-yillarda ham maktabimizda shunday tadbirlar xuddi shunday o‘tar edi. Men ham faol qatnashganman. Ilgari turli 15 respublika bayroqlari, SSJI bayrog‘i davraga olib kirilar edi. Bu safargi tadbirda unday qilinmadi. Farqi shunda bo‘lib qoldi. Qolganlari avvalgidek. Tadbirning 1993 yilda – Mustaqil O‘zbekistonda o‘tkazilganligi sezilmadi. Tadbir g‘oyasi milliy istiqlol g‘oyalari bilan bog‘lanmadi. O‘quvchilar asosiy mashg‘ulotlari – darsdan chiqarib olinib, shoshib mashq qildirildi. Bu noto‘g‘ri. O‘quvchilarning shaxsiy tashabbuskorliklari sezilmadi. Ular o‘qituvchilar aytganlarini bajaruvchilarga aylanib qoldilar. O‘zbekiston o‘quvchilarida vatanparvarlik, milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyatining ijobiy va salbiy namoyon bo‘lishlari hayotiy misollar yordamida ko‘rsatilib, rag‘batlantirilmadi yoki tanqid qilinmadi. Tadbir o‘tkazilgan kuni ham, undan keyin ham qatnashchilar, tashkilotchilar yutuq va kamchiliklarni muhokama qilmadilar. Ana shu mulohazalar “Biz vatanparvar-baynalmilalchilarmiz” tadbirning tarbiyaviy samaradorligi past bo‘ldi, deyishga asos bo‘ladi. Men maktabga borib shunday tadbirni o‘tkazganimda bunday kamchilikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman”.
SHunday qilib, pedagogik amaliyotning maqsadga yo‘naltirilganligi, ilmiy va mantiqiy shartlar asosida tashkil qilinishi, pedagogik amaliyotning har bir bosqichidan unumli foydalanish, ijodiy topshiriqlar, milliy tarbiyaviy soatlar mavzularining joriy qilinishi, pedagogik amaliyotchilarda uchrayotgan tipik kamchiliklarni umumlashtirib, ularni bartaraf qilish, “Milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” maxsus kursining joriy qilinishi o‘z ijobiy natijalarini berdi. Bu talabalarning o‘quvchilar bilan milliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma darajalarida namoyon bo‘ldi(22-jadval).
22-jadval. Bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy tarbiyaviy ko‘nikma va malakalarining nazorat (a) va tajriba-tadqiqot guruhlaridagi (b) darajalari.
Milliy tarbiyaviy ishlar texnologiyasining tarkibiy qismlari
|
Talabalar soni % a
|
Talabalar soni % b
|
Bir yillik amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, yakunini yasay olish
|
16
|
19
|
Milliy tarbiyaviy ishlarning istiqboliy rejasini tuzish
|
6
|
29
|
Milliy tarbiyaning asosiy shakl, vosita, uslublarini belgilash
|
10
|
26
|
Ijodiy topshiriqlarni bajarishda bo‘lgan o‘zgarish:
A’lo
YAxshi
O‘rta
YOmon
Bajarmadi
|
16
15
54
12
3
|
29
44
22
5
-
|
Milliy tarbiyaviy tavsif bera olish:
A’lo
YAxshi
O‘rta
Past
|
-
9
16
61
|
17
43
30
10
|
Xulosa. Har bir o‘quvchining milliy istiqloliy shakllanishida unga tanish, notanish bo‘lgan barcha insonlar (oilada, mahallada, ko‘chada, transportda, marosimlarda va h.k. muloqotlarda) o‘z hissalarini bevosita yoki bilvosita qo‘shadilar. Lekin o‘qituvchi ulardan a) milliy tarbiya maqsadini aniq ko‘ra bilishi; b) milliy tarbiyani amalga oshirishdagi o‘z kasbiy vazifalarini chuqur anglashi; v) milliy istiqloliy tarbiya qonuniyatlari, tamoyillarini mukammal bilish; g) muayyan vaziyat, hududda o‘z o‘quvchilarini milliy tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘nikma va malakalari bilan ajralib turadi.
O‘qituvchilarning milliy mafkuraviy dunyoqarashini, pedagogik tafakkurini, mas’uliyatini, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda pedagogik amaliyot katta imkoniyatlarga ega. Zero, har bir o‘qituvchi va pedagogik amaliyotni o‘tayotgan talabaning milliy tarbiyachilik ko‘nikma va malakalari uning o‘quvchilar bilan ishlashda milliy tarbiya maqsadi, tamoyillari, vazifalari, uslublari, shakllari asosida tashkil qilish mahoratida namoyon bo‘ladi. O‘tkazgan tadqiqotimiz natijalaridan kelib chiqib, pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning milliy tarbiyachi sifatidagi:
-sinfda o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni belgilashda milliy tarbiya maqsadlaridan, o‘quvchilar jamoasining xususiyatlaridan, o‘quvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib belgilay olish;
-har bir o‘quvchi va sinf jamoasining O‘zbekiston vatanparvarligi, milliy g‘ururligi, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniyligi, milliy odobi va milliy mafkuraviy ongliligini pedagogik tashhis va bashorat qila olish;
-O‘quvchilarni milliy tarbiyalashning joriy va istiqboliy rejalarini tuza olish;
-milliy tarbiya vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘quv, ijtimoiy, badiiy, o‘yin, mehnat faoliyatlarini tashkil qila olish;
-O‘quvchilarni milliy tarbiyalashda ishtirok etayotgan barcha: o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, ota-onalar, ma’naviyat markazi, mahalla faollari bilan samarali hamkorlik o‘rnata olish;
Ta’limning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini ishga sola bilish;
Ota-onalar, mehnat jamoalari yig‘ilishlarida, marosimlarda milliy istiqlol mafkurasi va o‘g‘il-qizlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash g‘oyalarini targ‘ibot qila olish malakalarning texnologik tizimini shakllantirish zarurati asoslandi.
Talabalarda milliy tarbiyaviy ko‘nikma va malakalar shakllanganligining real darajasini pedagogik amaliyot jarayonida qator qo‘shimcha ko‘rsatgichlar asosida ham baholash mumkin. Bular: milliy tarbiyaviy vazifalarni belgilash, amalga oshirishda talabalarning erkin yoki qiynalib ish tutishi; o‘z ishidan qoniqish darajasi; ishning sifati; talabaning mustaqil, ijodiy ish tutishi; o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot madaniyatining darajalaridir.
Dostları ilə paylaş: |