3-Mavzu: Zamonaviy sharoitda tarbiyaviy jarayonlar va uni tashkil etish yo‘llari
Reja:
Tarbiyaning globallashuv jarayonidagi vazifalari;
Tarbiya fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy bitiklar, sharq allomalar merosi.
Diniy va badiiy adabiyotlardan foydalanish
Tayanch iboralari: Tarbiya, globallashuv, Diniy, badiiy adabiyotlar, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy bitiklar, sharq allomalar merosi.
Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili.
Mavjud tarixiy vaziyat pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal pedagogik integratsiya nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda. Ana shu mulohazadan kelib chiqib, amalga oshirilgan tahlil-sintez oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydik; -pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish; -Evropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish; - tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish: - zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash.
Maktab, tarbiyani milliy, istiqloliy isloh qilish - jamiyatning milliy istiqbolini belgilovchi eng ishonchli tadbirdir. Bunga buyuk jadidchi vatandoshlarimizdan Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Turkiston xalqini “o‘lim uyqusidan uyg‘otish”ning yo‘li - zamonaviy ilm-fan, milliy his bilan qurollantirish, ona tilini jon o‘rnida asrashda” degan fikri:
AvazO‘tarning
Qayu millatga bizdek nasimi inqiroz etsa,
Dostları ilə paylaş: |