Bojxona nazorati jarayonini qisqartirish uchun yashil yo'lak tizimini ahamiyati reja



Yüklə 409,49 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2022
ölçüsü409,49 Kb.
#117876
  1   2   3   4
BOJXONA NAZORATI JARAYONINI QISQARTIRISH UCHUN YASHIL YO\'LAK TIZIMINI AHAMIYATI


BOJXONA NAZORATI JARAYONINI QISQARTIRISH UCHUN YASHIL YO'LAK TIZIMINI AHAMIYATI


Reja:
Bojxonalarda sariq, qizil, yashil va ko'k yo'lakchalar joriy etiladi


Bojxonalarda sariq, qizil, yashil va ko'k yo'lakchalar joriy etiladi
Shu bilan birga, mamlakat bo'ylab chegara hududlarida bojxonalar tashkil etiladi.

Bojxona ma'murchiligini takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko'ra:
– 2019–2020 yillarda “Yallama” va “S.Najimov” (Toshkent viloyati), “Do'stlik” (Andijon viloyati), “Olot” (Buxoro viloyati);
– 2020–2021 yillarda “Dout-ota” (Qoraqalpog'iston Respublikasi), “Madaniyat” (Andijon viloyati), “O'zbekiston” (Farg'ona viloyati), “G'ishtko'prik” va “Oybek” (Toshkent viloyati) bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi.

– “Yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni ko'rsatish bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funksiyalari hisoblanadi.
Farmon bilan xavflarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiga quyidagilar to'liq rejimda joriy etiladi:
2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
– “sariq yo'lak”, bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma'lumotlarni tekshirish bo'yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o'rta ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
– “qizil yo'lak”, bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;

2019-yil 1-martdan boshlab:
– “yashil yo'lak”, bunda xavf darajasi past bo'lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to'g'risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi;
– “ko'k yo'lak”, bunda xavf darajasi o'rta ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so'ng amalga oshiriladi.
Farmon bilan bojxona ma'murchiligini takomillashtirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” hamda chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda bojxona terminallarini qurish tarmoq jadvali tasdiqlandi.
Shuningdek, 2019-yil 1-fevraldan boshlab:
– Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari instituti joriy etiladi;
– “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to'ldirish bo'yicha bepul asosda xizmat ko'rsatuvchi shaxslarning maxsus guruhi – “front-ofis” tuzish va uning faoliyatini tashkil etish bo'yicha dastlabki loyiha amalga oshiriladi.

2019-yil 1-martdan boshlab olib kiriladigan tovarlarning bojxona ko'rigi uch oy davomida bojxona ko'rigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Davlat bojxona qo'mitasi markaziy apparatining ulanishini ta'minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina yo'lga qo'yiladi.
Shuningdek, Farmon bilan barcha tovarlarga nisbatan eksport kontraktlarini davlat bojxona organlarida hisobga qo'yish borasidagi talab bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona ma'murchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bojxona sohasida Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi amaliyotga joriy etilib, tovar va transport vositalari uchun ham bojxona nazoratida maxsus yo‘laklar joriy etildi.


Jumladan, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yo‘laklar ishga tushirilgan bo‘lsa, 2019 yil 1 martdan boshlab “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar joriy etildi.
Ushbu tizimni to‘laqonli amalga kiritish orqali “yalpi” bojxona nazoratini o‘tkazishdan voz kechgan holda, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati quyidagi yo‘laklardan biriga yo‘naltirilgan holda amalga oshiriladi:

«yashil yo‘lak», bunda xavf darajasi past bo‘lgan tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, bojxona nazorati shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi.
«qizil yo‘lak», bunda bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.
«sariq yo‘lak», bunda bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma'lumotlarni tekshirish bo‘yicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi.
«ko‘k yo‘lak», bunda xavf darajasi o‘rta ko‘rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Ushbu tizim tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi yuzasidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining o‘tkazilishini tezlashtirish bilan bir qatorda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma'muriy to‘siqlarni kamaytirishga, bojxona nazorati xajmining kamayishiga, sifatining oshishiga, halol tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlar endilikda Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona.uz sayti orqali bojxona yuk deklaratsiyasining maqomi hamda uning qaysi yo‘lakka joylashtirilganligi to‘g‘risida real vaqt rejimida ma'lumot olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘nalishidagi muhim yangilik hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojxona yuk operatsiyalarini amalga oshirishni samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar bo‘yicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
bojxona nazorati ostidagi tovarlar bo‘yicha amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarini nazorat qilish;
bojxona omborlarida tovarlar harakati tizimi;
bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining hamda uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari.
2. Belgilansinki:
a) quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona ombori hududida o‘tkaziladigan yuk operatsiyalarida bojxona organi mansabdor shaxsi ishtirok etishi shart:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar;
bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi ko‘zda tutilgan tovarlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar bo‘yicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
tranzit tarzda olib o‘tiladigan tovarlar;
harbiy yuklar, shu jumladan, qurol-yarog‘, harbiy texnika va o‘q-dorilar, radioaktiv materiallar;
insonparvarlik yordami, texnik ko‘mak sifatida va grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
olib kirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari;
har qanday holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom (tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xomashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
madaniy boyliklar;
b) bojxona ombori hududida o‘tkaziladigan yuk operatsiyalari litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi;
v) bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar to‘g‘risida bojxona organini xabardor qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
a) bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron boshqarishni joriy etish va ishga tushirish bo‘yicha buyurtmachi, shuningdek, keyinchalik o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlovchi etib belgilansin;
b) ikki oy muddatda bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk va boshqa operatsiyalarni elektron boshqarishni joriy etish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqib, vakolatli davlat organlarida ekspertizadan o‘tkazsin hamda qaror kuchga kirguniga qadar uning ishga tushirilishini ta’minlasin;
v) bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalashda ularga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan tovarlar hajmidan kelib chiqib, bojxona to‘lovlarini ta’minlash miqdorlarini oshirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyatda sodir bo‘lgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha sohada jadal sur’atlarda yuksalishni yuzaga keltirdi. Bu dunyo hamjamiyatining ham yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha Davlat dasturlari qabul qilingan holda amalga oshirilib kelindi.
Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish haqida so‘z borganda, muhim siyosiy jarayon – Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan parlamentga Murojaatnoma yo‘llash instituti joriy etilganini alohida qayd etish lozim.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi isloh qilinib, ularning faoliyatida samaradorlikni oshirish, davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, davlat organlarida sohaga oid bo‘lmagan vazifalarni qisqartirish, ular faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng tatbiq qilish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
Ta’kidlash joizki, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilishning yangi, demokratik shakllarini joriy etish, qonun loyihalarini keng jamoatchilik vakillari va ekspertlar doirasida muhokamalardan o‘tkazish, shuningdek, qonun loyihalarining xalqaro shartnoma va reytinglarga mosligini o‘rganishga ustuvor ahamiyat berildi.
Shuningdek, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunga asosan, o‘tgan davrda deputatlarning joylarda o‘tkazgan o‘rganishlari, saylov okruglarida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari davomida fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolar yuzasidan davlat organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan 2017–2021 yillarda jami 1 630 ta deputat so‘rovi yuborildi. Undan tashqari, 2018–2021 yillar davomida Qonunchilik palatasi majlislarida Hukumat vaa xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida hamda o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan jami 76 marotaba axboroti eshitildi.
So‘nggi yillarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish institutidan foydalanish natijadorligi ham sezilarli ravishda oshdi. Bunda parlament nazorati ob’ektlari doirasi kengaytirilib, xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati ham qamrab olindi. 1991–2016 yillarda Qonunchilik palatasi 6 ta so‘rov, 2004–2016 yillar mobaynida Oliy Majlis Senati tomonidan 7 ta so‘rov yuborilgan. 2017–2021 yillar davomida esa, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar, joylarda aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar hamda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis senatida bu ko‘rsatkich 35 tani tashkil qilib, so‘rovlar soni 5 barobarga, Qonunchilik palatasi so‘rovlari soni 56 tani tashkil qilib, deyarli 8 barobarga ortdi.
Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda joylardagi tizimli muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida quyi palata majlislarida hukumat a’zolarining deputatlar savollariga javoblarini eshitish – «hukumat soati» instituti joriy qilindi. Xususan, 2018–2021 yillarda 30 marotaba «hukumat soati» o‘tkazilib, ularda hukumatning 41 nafar a’zosi deputatlar savollariga javob berdi. Eng muhimi, 2021 yildan boshlab o‘tkazilgan «hukumat soati» tadbirlari Qonunchilik palatasining «Youtube» hamda «Facebook»dagi rasmiy sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.
Shu o‘rinda, 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini ta’kidlab o‘tish joiz. 2017–2021 yillarda Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5 mln. 780 mingdan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi, shundan 3 mln. 288 mingdan ortig‘i qanoatlantirildi. Murojaatlarning to‘liq, o‘z vaqtida va qonuniy o‘rganib chiqilishi natijasida ularni qanoatlantirish darajasi ham yil sayin oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 47,5 foiz, 2018 yilda – 53,9, 2019 yilda – 60,9, 2020 yilda 60,4 foiz bo‘lsa, 2021 yilda 86,7 foizni tashkil etdi.
Bugun, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘nalishidagi tub o‘zgarishlar xalqimiz hayotida o‘z aksini topmoqda.

Yüklə 409,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin