Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar borasida ham umumjahon e’tirofiga loyiq islohotlar ro‘y bermoqda.
Xususan, mamlakat mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida sohaning normativ huquqiy asoslari takomillashtirildi, jumladan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Qurolliy Kuchlarning tashkiliy tuzilmasi, jangovar tarkibi va shayligi kuchaytirildi. Yurtimizning mudofaa salohiyati mustahkamlandi, bunda kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 2016 yildagi 37 foizdan, 2021 yilga kelib 68 foizgacha o‘sdi, qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlanishi darajasi esa o‘tgan davr mobaynida 5 barobarga oshdi.
Diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarida mutlaqo yangicha yondashuv natijasida nafaqat milliy siyosat, balki mazkur sohada xalqaro maydonda ilgari surilayotgan tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 2018 yilda Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha hisobotdagi «alohida xavotir uyg‘otuvchi» davlatlar ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lsa, muntazam olib borilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida O‘zbekistonning 2021 yildan diniy erkinlik sohasidagi «maxsus kuzatuvdagi davlatlar» ro‘yxatidan ham chiqarilgani demokratik islohotlarning e’tirofi bo‘ldi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlarini faol olib borishga qaratilib, sa’y-harakatlar «jaholatga qarshi ma’rifat» degan g‘oyaga asoslanmoqda.
Mamlakatda millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida chuqur o‘ylangan siyosat natijasida fuqarolar orasida o‘zaro hamjihatlik yanada mustahkamlanib, millatlararo va konfessiyalararo muloqotning mexanizmlari takomillashtirildi hamda fuqarolar erkinliklarini kengaytirishning huquqiy va tashkiliy asoslari mustahkamlanmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil qilindi hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini yanada oshirish maqsadida Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va hamjihatlik sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratilib, 2021 yil yakuniga kelib, do‘stlik jamiyatlari soni