Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini
izohlab baholaydi
.
Uyga vazigani berilishi:
Baholari bilan
tanishadilar.
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish
yuzasidan yo‘riqnoma beradi (7-ilova
).
Topshiriqni yozib
oladilar.
1-ilova
2-ilova
3-ilova
4-ilova
5-ilova
24-mavzu: Trikotаj mаtodаn kiyim konstruktsiyasini qurishning o‘zigа xos
xususiyatlаri.
Reja:
1.Trikotaj buyumlari ishlab chiqarish tarixi
2. Ommabop trikotaj buyumlari assortimenti.
3.Trikotaj matosini loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlari
Tayanch iboralar:
Trikotaj polotnosi, trikotaj buyumlari, tayyorlash
texnologiyasi, bichilgan, yarim muntazam, muntazam, yaxlit bichilgan, eng
o'mizi, o'lcham, shakl, konstruktiv xususiyatlari, konsruksiyalash,
modellashtirish, cho'ziluvchanlik, kirishuvchanlik, qayishqoqlik, texnologik
ishlov berish.
Trikotaj ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari texnik taraqqiyot davrida
to‘quv jihozlarining yuqori samaradorligi va turli tolalarga ishlov berishning keng
imkoniyatlaridan iborat.
Dastlab trikotaj buyumlari assortimenti paypoqlar, qo‘lqoplar va bosh kiyimlari
bilan cheklangan. Trikotaj kiyimlarining (jemper, sviter) deyarli barcha klassik
ko‘rinishi va shakllari XIX asrning ikkinchi yarmida Angliyada dastlab sport
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun erkaklar kiyimi sifatida paydo bo‘lgan.
XX asrning boshida Koko Shanel erkaklar garderobidagi jemper, pulover,
kardiganlardan foydalangan holda ayollar uchun trikotaj kiyimlarni urfga kiritdi.
Keyingi bosqichda bu assortimentda erkaklar, ayollar va bolalar jiletlari, jemperlari
va puloverlari qo‘shilgan. Shundan beri trikotaj kiyimlar zamonaviy inson
garderobida mustahkam o‘rin egallab kelmoqda, bunga sabab trikotajning ajoyib
iste’molchilik sifatlaridan - qulayligi, universalligi, tashqi ko‘rinishi, iste’molchilik
xususiyatlarining turli tumanligi, turli xil qomatga mos kelishidadir. Trikotaj ishlab
chiqarish gazlama to‘qimachiligiga nisbatan 2,5...3 marta unumliroqdir. Bu trikotaj
polotnosining arzon tannarxini ta’minlaydi, bu esa kelgusida kiyimlarni
narxinigina emas, balki dizaynerlik ishlarini tezkorligini ta’minlaydi.
Mahalliy trikotaj kiyimlarida sezilarli darajada o‘zgarish XX asrning 60 - 70
yillarida yuz berdi, bunda an’anaviy ustki trikotaj kiyimlardan (jemper, sviter,
sport kiyimlari, pulover, vodolazka, futbolka va b.) tashqari, avval faqat matodan
tikilgan ko‘ylaklar, ayollar va erkaklar kostyumlari, kurtkalar, paltolar ishlab
chiqarila boshlandi. Quyida ayrim ommabop trikotaj buyumlari assortimentining
qisqacha tavsifi keltirilgan.
Jemper - taqilmasiz yoki taqilmasi oxirigacha yetmaydigan, yengi har xil
uzunlikda, yoqa o‘mizi har xil shaklda bo‘lgan trikotaj kofta. Yoqali va taqilmasi
ko‘krak yarmigacha bo‘lgan jemperlar jemper-polo deyiladi.
Pulover - yoqasiz va taqilmasiz, yengli va V-shakldagi qaytarmali trikotaj
fufayka.
Sviter - yengli va taqilmasiz, yoqasi baland (5sm dan ko‘p), lastik o‘rilishda
to‘qilgan trikotaj fufayka.
Vodolazka - ingichka kalava ipdan (jun, ipak, paxta, aralash tolali)
tayyorlangan yoqasi baland trikotaj sviter.
Futbolka - yoqasi dumaloq o‘yilgan, kalta yoki uzun yoqali trikotaj fufayka.
Trikotaj mahsulotlarini tizimlashda turli klassifikasion belgilar ishlatiladi:
buyumning vazifasi, ishlab chiqarish usuli, tola tarkibi, o‘lcham belgilari va yosh-
jins darajasi, mavsumiy foydalanishi, asosiy va yakuniy ishlov berish turlari,
bichim belgilari.
Trikotaj buyumlari mo‘ljallanishiga ko‘ra quyidagi 5 ta sinfga bo‘linadi:
ustki kiyimlar - jaketlar, jemperlar, sviterlar, palto, yarim- palto, kurtkalar,
kostyumlar, ko‘ylaklar, sarafanlar, yubkalar, shimlar va b.;
ichki kiyimlar - fufaykalar, kalsonlar, pantalonlar, trusilar, kunduzgi va tungi
ko‘ylaklar, pijamalar, kombinasiyalar, pen- yuarlar, erkaklar sorochkasi,
yaktakchalar, bolalar ishtonchalari, shuningdek sport kiyimlari - maykalar,
futbolkalar, cho‘milish kiyimlari, velosport uchun, boks uchun kiyimlar va b.;
paypoqlik kiyimlar - paypoqlar, triko-paypoqlar, oyoq tagliklar va b.;
qo‘lqopli kiyimlar - qo‘lqoplar;
bosh kiyimlar va ro‘mol- sharfli kiyimlar.
Har bir sinfda kiyimlar yosh-jins darajasi bo‘yicha (erkaklar, ayollar, bolalar)
guruhlarga bo‘linadi.
Trikotaj buyumlari assortimentida ustki kiyimlar asosiy o‘rinni egallaydi, ular
mavsumbopligi ya’ni ustki trikotaj kiyim turlari qishki, bahorgi-kuzgi va yozgi
bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Ustki kiyim trikotaj buyumlari asosini ko‘ylaklar, kostyumlar, jaketlar, shimlar,
jiletlar, jemperlar, puloverlar va b. tashkil etadi.(24-rasm)
|