Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


Bolalar kiyimiga eniga tikish haqqi qo'yish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Bolalar kiyimiga eniga tikish haqqi qo'yish 
Matoning choziluvchanlik guruhi Matoning eniga choziluvchanligi (% 
hisobida) 
Tikish 
haqi 
(sm hisobida) 

0 dan 40 gacha 
+2 
II 
40 dan 100 gacha 

III 
100 dan ortiq 
-2 
Yosh bolalar kiyimining eniga tikish haqqi ko'proq beriladi.I-guruh
cho'ziluvchan polotnolarga asosan rashel va rashel-vertel matolar, aylanafangli
dastgohlarida to'qimasi presslangan matolar kiradi. 
II-guruhga tekisfangli va aylanafangli dastgohlarida tabiiy tolalardan 
to'qilgan barcha matolar mansub. 


III-guruhga ajurli matolar hamda tekisfangli va aylanafangli mashinalarida 
sintetik ipdan to'qilgan ko'pgina matolar mansub.
Trikotaj matoning cho'ziluvchanlik guruhini aniqlash uchun standartlar 
asosida sinovdan o'tkazish lozim. 
Tortilish trikotaj matosining yana bir muhim xususiyatlaridan bo'lib,
buyumni loyihalashda albatta hisobga olinishi zarur. Trikotajning tortilishi
deb, bichish yoki tikish paytida mato bo'yiga va eniga nisbattan o'zgarishi
tushuniladi. 
Tayyor mahsulot uzunligiga quyidagi tortilish haqi qo'yiladi: 
Mato
Chok haqi (%)
Taralgan yarim junli
3
Rashalli
2
Silliq junli
3
Silliq xlorinli
4
Qayishqoq paxta lavsanli
5
Kapronli
1
Viskozali
2
 Sun'iy ipak
2
Tortilish trikotaj matosining yana bir muhim xususiyatlaridan bo'lib, buyumni 
loyihalashda buni albatta hisobga olish zarur. Trikotajning tortilishi dab, bichish 
yoki tikish paytida mato bo'yiga va eniga nisbatan o'zgarishi tushuniladi. 
Trikotaj matolarini ishlab chiqarish jarayonida mexanik ta'sir ostida tortilish 
paydo bo'lishi mumkin. Shuningdek, namlab isitib ishlov berish ta'sirida, 
trikotajga bezak berish jarayonida tortilish vujudga keladi. 
Trikotaj matoning qalinligi buyum konstruksiyasiga ta'sir etadi. Trikotaj ich 
kiyimlar uchun tolasining turi yoki to'qilishiga qarab qalinligi 0,36 mm dan 0,92 
mm gacha bo'ladi. Ustki trikotaj kiyimlar uchun matoning qalinligi 3 mm dan 
ortiq bo'lganda konstruksiyalashda tikish haqqi qalinligidan kelib chiqqan holda 
qo'yiladi, aks holda buyum kengligi bo'yicha torayadi. 
Trikotaj buyumlarni loyihalashda matoning kengligini ham inobatga olish 
zarur. Matolar kengligining turli xilligi ham konstruksiyalashda qiyinchiliklar 
tug'diradi. Shuning uchun matoning kengligiga moslashtirib bir xildagi buyumlar 
uchun ayrim detallar bir necha xilda konstruksiyalashtiriladi. 
Chetlarining buralishi trikotaj matolarining salbiy xususiyatlaridan biridir. 
Buralish darajasi tolaning turiga, o'rilish va to'qilish zichligiga bog'liq. Bunday 
trikotaj buyumlarni konstruksiyalashda detallar sonining kamligi va ular 
shakllarining oddiyligiga erishish zarur. 


Trikotaj polotnodan kiyim ishlab chiqarish nisbatan oson bo‘lgani bilan, uni 
konstruksiyalash uchun polotnoning xususiyatlarini inobatga olgan holda bir qator 
qoidalarga rioya qilinadi. 
Trikotaj 
buyumlarini 
konstruksiyalash 
va 
modellashtirish 
jarayonida 
polotnolarning cho‘ziluvchanlik, kirishuvchanlik, egiluvchanlik, tortiluvchanlik, 
buriluvchanlik, qalinlik ko‘rsat- kichlari e’tiborga olinadi. 
Cho‘ziluvchanlik trikotaj polotnolarni xususiyatlaridan biridir. Kuchli ta’sir 
ostida trikotaj polotno cho‘ziladi va deformasiyalanadi, lekin ta’sir o‘tgandan 
so‘ng u to‘liq yoki qisman o‘z shaklini tiklaydi. Trikotajda egiluvchan 
defformasiya qancha ko‘p bo‘lsa, buyum gavdaga shuncha mos tushadi va o‘zining 
asl holatini saqlab qoladi. Trikotajda qoldiq defformasiya qancha ko‘p bo‘lsa 
buyum shuncha tez foydalanish davrida asl holatini yoqatadi va yaroqsiz holga 
keladi. 
Cho‘ziluvchanlik va qayishqoqlik xususiyatlari trikotaj polotnoning to‘qilishiga 
va iplarning tolali tarkibiga bog‘liq. Jun, kapron, tabiiy ipak, paxta, viskoza tolalar 
qayishqoqlik xususiyatiga ega. 
Kopgina trikotaj polotnolar bo‘ylama va enlama cho‘ziluvchan bo‘ladi. Eniga 
cho‘ziluvchanlik darajasiga ko‘ra ular 3 guruhga bo‘linadi: kam, o‘rtacha va juda 
cho‘ziluchan polotnolar. Trikotaj polotnolarning cho‘ziluvchan darajasi 1- jadvalda 
keltirilgan. 
1-jadval 
Trikotaj polotnolarning cho‘ziluvchan darajasi
Trikotaj polotnoning cho‘ziluvchanlik 
guruhi
Trikotaj polotnoning eniga 
cho‘ziluvchanligi (% hisobida)
1
0 dan 40 gacha
2
40 dan 100 gacha
3
100 dan ortiq


6-ilova 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin