Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


-rasm. Ko‘krak vitachkasini ko‘chirish usullari



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

1-rasm. Ko‘krak vitachkasini ko‘chirish usullari 


2-rasm. Ko‘krak vitachkasini ko‘chirish usullari. 
3-rasm. Vitachkalarni joylashuvi.
Vitachkani fasonga muvofiq yangi holatga ko‘chirish uchun uning 
ko‘chirilish chizig‘i o‘tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko‘krak vitachkaning 
uchidan, ya’ni ko‘krak markazi bilan vitachka ko‘chiriladigan qirqimdagi 
nuqtadan o‘tishi kerak.
 
Ko'krak vitochkasini ko'chirish qoidasi.
Ko'ylak fasoniga binoan ko'krak 
vitochkasi detalning istalgan qirqimida bo'lishi mumkin. Bu vitochkani ko'krak 


chizig‘i bo'ylab old bo'lak o'rtasi, yeng o'mizi qirqimi, yoqa o'mizi qirqimi, yon 
qirqimi tomon va hokazo yo'naltirish mumkin.
Vitochkani fasonga muvofiq, yangi holatga ko'chirish uchun vitachkaning 
ko'chirilish chizig‘i o'tkazilishi kerak. Bu chiziq doim ko'krak vitochkaning 
uchidan, ya'ni ko'krak markazi bilan vitochka ko'chiriladigan qirqimdagi nuhtadan 
o'tishi kerak. Old bo'lak andozasining shabloni belgi chiziq bo‘ylab qirqiladida, 
ko'krak vitochkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitochka tomonlarini bir-biriga 
to‘g‘rilab to‘g‘nag‘ich bilan to'g‘naladi. qirqilgan chiziq bo'ylab xuddi asosiy 
vitochka kengligiga teng yangi vitochka hosil bo‘ladi. Bu vitochka birmuncha 
kalta yoki uzun bo'lishi mumkin, lekin bu vitochka xuddi asosiy vitochka hosil 
qilganidek, hajm hosil qiladi.
Ko'krak vitochkasini yon qirqim chizig‘iga ko'chirish
Yon qirqim chizig‘ida nuhta belgalab olinadi. Nuqtaning o'rni yon chiziqning 
belgacha bo'lgan uzunligining taxminan 1/3 qismida belgilanadi. Bu nuqtani 
ko'krak vitochka uchi bilan birlashtirib, yangi vitochka chizig‘i o'tkaziladi (1-
rasm). Shu belgilangan chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasini, 
uning tomonlarini bir-biriga to‘g‘ri keltirib berkitiladi va elim surtiladi yoki 
to‘g‘nag‘ich bilan to'g‘nab qo'yiladi. Yangi vitochkaning uchi markazdan 3-5 sm 
yon tomon suriladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo'ladi. Bu uchini vitochkaning 
qirqimlari bilan tekis qilib tutashtiriladi (1-rasm, a).

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin