Shim konstruktsiyasini modellash.
-
Shim asos konstruktsiyasi chizmasida amalga oshiriladi. Buning uchun
shim old va ort bo‘laklari konturlari asos konstruktsiyadan qog‘ozga alohida-
alohida qilib ko‘chiriladi. Chizmadan asosiy konstruktiv chiziqlar, kertiklar shim
buklov chiziqlari ham ko‘chiriladi. Shim old bo‘lagini modellash bosqichlari:
-
shimning bo‘ksa chizig‘i va og‘ chizig‘i bo‘yicha kengligini aniqlash;
-
shimning uzunligi va pochasi kengligini aniqlash;
-
taxlamalarni modellash;
-
cho‘ntaklarni modellash.
Klassik uslubdagi qiz bolalar bolalar shimiga qomat bo‘ksa va bel
uchastkalari bo‘yicha yopishib turishi, tizzadan pastki qismining boldiriga tegib
turishi xosdir. Ba’zi hollarda klassik shim old bo‘lakda taxlamalar hisobiga
bemalolroq turishi mumkin (2-rasm).
2-rasm. Klassik uslubdagi shimining tashqi ko‘rinishi
3-rasm.Asosiy andoza chizmasiga fason chiziqlarini kiritish va uni modellashtirish.
Modellashtirish.
Biz tanlagan shim bichimi 3-rasmda tasvirlangan. Bu shimning
andozasini hosil qilish uchun asosiy andoza chizmasiga yon chizig‘I bo‘yicha
shimning tizza chizig‘idan boshlab, bo‘ksa chizig‘igacha va bel chizig‘igacha 2 sm
kengaytirib, chiziq chizib boramiz. Bel chizig‘ida 3+3 sm tepaga ko‘taramiz va bel
chizig‘I bo‘yicha ham ravon chiziq chizib, bel qismining o‘lchami bo‘yicha chiziq
tortib, bel nuqtasiga tutashtiriladi (bu qo‘shimcha bel qismiga rezina tasma qo‘yish
uchun kerak bo‘ladi). Poycha qismi o‘tirish chizig‘idan boshlab toraytiriladi.
Model eskizi
Asosiy
andoza
chizmasiga
model
chiziqlarini kiritish
Dostları ilə paylaş: |