Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


Kombinezon asosining to‘r qismi



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Kombinezon asosining to‘r qismi 
To‘r qismi kombinezon loyihasining bo‘y va eni bo‘ylab asosiy o‘lchamlarinin 
belgilab beradi. 
Tog‘ri to‘rtburchak chizib burchak uchiga Bn harifi qo‘yiladi. 
Yeng o‘mizining chuqurligi (uzunligi). Bn nuqtadan pastga 15,7 sm 
(KYaA:3+5=15,7 sm) uzunlikda chiziq chizib K nuqta qo‘yiladi. K nuqtadan 
o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi. 
Bel chizig‘i. Bn nuqtadan pastga 28 sm (orqaning belgacha uzunligi ) o‘lchab Bl 
nuqta qo‘yiladi.Bl nuqtadan o‘ngga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi. 
Orqaning kengligi. K nuqtadan o‘ngga 13,7 sm (KYa:3+3=32:3+3=13,7 sm 
barcha razmerlar uchun 3 sn qo‘shiladi) o‘lchab, K1nuqta qo‘yiladi.K1 nuqtadan 
yuqoriga tik chiziq bilan kesishgan nuqtasi Bn1 bilan belgilanadi. 
Yeng o‘mizining kengligi. K1 nuqtadan o‘ngga 10 sm (KYaA:4+2=32:4+2=10 
sm) o‘lchab K2 nuqta qo‘yiladi. 
Kombinezonning ko‘krak bo‘yicha kengligi. K nuqtadan o‘ngga 38 sm 
(KYaA+6=32+6=38 sm, barcha razmerlar uchun 6 sm qo‘shiladi) o‘lchab K3 
nuqta qo‘yiladi. K3 nuqtadan yuqoriga va pastga to‘g‘richiziq chizilib, uning 
yuqori gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtasi Sh bilan, bel chizig‘I bilan 
kesishgan Bl1 bilan belgilanadi. 
Yon chiziq. K1 nuqta bilan K2 nuqta oralig‘i teng 2 qismga bo‘linadi. Bo‘lish 
nuqtasi K4 bilan belgilanadi. K4 nuqta dan pastga ixtiyoriy uzunlikda to‘g‘ri chiziq 
tushiriladi. Uning bel chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi Bl
2
bilan belgilanadi. 
Kombinezon orqasini chizish (1-rasm) 
Orqaning yoqa o‘mizi. Bn nuqtadan o‘ngga 5,2 sm (BnYaA:3+0,5= 13:3+0,5=5,2 
sm) o‘lchab, 5,2 raqami qo‘yiladi. 5,2 nuqtasidan 2 sm yuqoriga Bn1 nuqta 
qo‘yiladi. Sh1 nuqta Bn nuqtaga botiq egri chiziq bilan tutashtiriladi.
Yelka qiyaligi. P nuqtadan 2 sm pastga 2 raqami qo‘yiladi. 
Yelka chizig‘i. Bn1 nuqtadan chap yelka qiyaligidagi 2 nuqtasi orqali 10 sm (yelka 
kengligiga yelka chokini sal burab tikish uchun 1 sm qo‘shiladi, ya’ni 9+1= 10 sm) 
uzunlikda chiziq chizib,uchiga P
2
nuqta qo‘yiladi.
Yeng o‘mizi chizig‘i. K1nuqtadan, burchakni o‘rtasidan bo‘ladigan qilib , 2 sm 
uzunlikda chiziq chiqarilib, uchiga 2 raqm qo‘yiladi. P2
nuqta PK1 chizig‘iga 
urinib 2 nuqtasi orqali o‘tadigan chiziq yordamida K4nuqtaga tutashtiriladi. 
K o m b i n e z o n s h i m i n i n g o rqa ya r m i n i ch i z i sh 
To‘g‘ri burchak chizib, burchak uchiga A harfi qo‘yiladi (2-rasm, b). 
Shim u z u n l i g i . A nuqtadan pastga 60 sm uzunlikda (shimning o'lchab 
olingan uzunligi) chiziq chizilib, uchiga N nuqta qo‘yiladi. N nuqtadan chapga 
ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq chiziladi. 
Og‘ c h i z i g ‘ i . A nuqtadan pastga 20 sm (son yarim aylanasining 1/
2
qismiga 
barcha razmerlar uchun 3 sm qo‘shiladi, ya’ni 34:2 + 3 = 20 sm) o'lchab, L nuqta 
qo‘yiladi. L nuqtadan chapga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq chiziladi. 
S h i m n i n g o g ‘ c h i z i g i b o ‘ y i c h a k e n g l i g i . L nuqtadan chapga 22 


sm (son yarim aylanasining 1/
2
qismiga barcha razmerlar uchun 5 sm qo'shiladi, 
ya’ni 34:2 + 5 = 22 o'lchab, L1 nuqta qo‘yiladi. L1 nuqtadan yuqoriga gorizontal 
chiziq bilan kesishguncha, pastga esa pocha chizig‘i, ya’ni pastki gorizontal chiziq 
bilan kesishguncha to‘g‘ri chiziq chiziladi, uning pastki gorizontal chiziq bilan 
kesishgan nuqtasi N, bilan belgilanadi. L nuqtadan chapga 6,5 sm (LL1 
chizig‘ining 1/
4
qismiga barcha razmerlar uchun 1 sm ko‘shiladi, ya’ni 22:4+1=6,5 
sm) o‘lchab, L2 • nuqta qo‘yiladi. 
Yo r d a m ch i c h i z i q l a r . L L 1 chiziqlari oraligi teng ikki qismga 
bo‘linadi. Bo‘lish nuqtasi orqal yuqoriga va pastga tug‘ri chiziq chizilib, uning 
yuqori gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtasi T bilan pastki gorizontal chiziq 
bilan kesishgan nuqtasi N
2
bilan belgilanadi. 
Bel c h i z i g ‘ i . Vertikal chiziq T nuqtadan yuqoriga 2 sm uzaytirilib, chiziq 
uchiga T1 nuqta qo‘yiladi. T nuqtadan o‘ngga 16 sm (bel yarim aylanasining 1/
2
qismi, ya’ni 32:2=16 sm) o‘lchabi, T
2
nuqta qo‘yiladi, so‘ngra T
2
nuqta T1 nuqtaga 
tutashtiriladi, bel chiziri T1 nuqtadan chapga 5 sm uzaytirilib, chiziq uchiga T
3
nuqta qo‘yiladi. 
O ‘ t i r i s h c h i z i g ‘ i . L1 nuqtadan 1 sm yuqoriga va 1 sm chapga 1 raqamlari 
qo‘yiladi. T
3
nutta 1 nuqtasiga punktir chiziq yordamida tutashtiriladi. Punktir 
chiziq teng ikki qiemga bo‘linib bo‘lish nuqtasidan 0,5 sm chapga 0,5 raqami 
qo‘yiladi. L
2
nuqtadan 0,5 sm pastga L
3
nuqta qo‘yiladi. O‘tirish chizig‘i T
3
, 0,5, 
1,1 va Lz nuqtalari orkali chiziladi. 
T i z z a chizig‘i.
LN teng ikki qismga bo‘linib nuqtasidan 2 sm yuqoriga V 
qo‘yiladi. V nuqtadan chapga ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq; chiziladi. 
P o c h a k e n g l i g i . N
2
nuqtadan ung va chapga 9 sm (pocha kengligiga 2 sm 
qo‘shib 2 ga bo‘linadi, ya’ni (16 + 2):2 = 9 sm) o‘lchabi, N
3
va N
4
nuqtalar 
qo‘yiladi. 
Yo n cho k. T
2
va N
3
nuqtalar o‘z aro tutashtiriladi. 
I c h k i c h o k . L3 va N
4
nuqtalar o‘zaro tutashtirilib, hosil bo‘lgan chiziqning 
tizza chizig‘i bilan kesishgan nuqtasi (V1 nuqta) dan 2 sm o‘ngga 2 raqami 
qo‘yiladi. L
3
, 2 va N
4
nuqtalar o‘zaro tutashtiriladi, natijada ichki chok tushadigan 
chiziq hosil bo‘ladi. 




Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin