Asab tizimi kasalliklarining asosiy simptomlarini tekshirish usullari
Asab-ruhiy rivojlanishni murakkabligi va ko' p darajaliligi katta klinik ahamiyatga ega. Bolani
asab-ruhiy rivojlanishining normadagi bosqichlarini bilish nevrologik buzilishlarni erta diagnostika
qilishga yordam beradi.
Bolani psixik statusini baholashda uni ongiga, vaqtni mo' ljal olishiga, o' zini adekvat tutishiga,
nutq rivojlanishiga, harakat aktivligiga, o' ziga xizmat ko' rsatish qobiliyatiga, ozodaligiga, emosional
reaksiyalariga, intellektiga e' tibor berish kerak. Bolaning asab-ruhiy holati haqidagi kerakli ma'
lumotlarni olishda uning mimikasi, o' zini tutishi - o' yini, impulsivligi, tarbiyasi, harakatlarini
mutanosibligi inobatga olinadi.
Anamnezning xususiyatlari.
Erta yoshdagi bolalarda shikoyatlar bo' lmaydi. Onasi bolani bezovtaligiga uyquning buzilishiga,
rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qolishiga shikoyat qilishi mumkin.
Maktab yoshidagi bola holsizlikka, charchashga, ko' rish qobiliyati pasayishiga, uyquning
buzilishiga, bosh og' rishiga (neyrosirkulyator disfunksiyada, miya ichi bosimini oshishida, meningitda,
miya ichi o' smasida); bosh aylanishiga va holatini yyengillashtirmaydigan qayt qilishga (bosh miyani
organik zararlanishida va gipertenzion sindromda, hamda neyrosirkulyator disfunksiyada); qadam
tashlashidagi buzilishlarga.
Anamnezda tasvirlanishi kerak: xavfli omillarni borligi; asab tizimining shakllanish bosqichlari;
asab kasalliklarining klinik kyechishi darajalari va ko' rinishlari.
Asab tizimi shakllanishiga ta' sir etuvchi omillar.
Homila ichida: homiladorlikdagi patologiyalar; oziqlanishdagi yetishmovchiliklar; kasbiy
zararliklar, zararli odatlar (alkogol, chekish, toksikomaniya va boshqalar), intoksikasiyalar,
homiladorlikdagi onaning infeksion-toksik kasalliklari, dori vositalarini qo' llash, homila gipoksiyasi,
bola tashlash xavfi.
Intranatal: asfiksiya va tug' ruqdagi travma; gemolitik kasallik; jinsiy yo' l bilan o' tadigan
infeksiyalar va boshqalar.
Postnatal (birinchi oylar va yillar): bolaning kasalliklari; kun tartibi va ovqatlantirishni buzilishi;
tarbiya va parvarishni buzilishi.
Harakat sferasi holatini baholash.
Harakatlar spontanligi (o' z-o' zidan), passiv harakatlar, aktiv harakatlar baholanadi.
Harakat aktivligini spontanligi chaqaloqda ikki marotaba baholanadi: nevrologik tekshiruv boshida
va oxirida. Sog' lom chaqaloq oyog' ini bukadi va yozadi, ularni chalishtiradi, yozilgan barmoqlari bilan
atetozsimon koordinasiyalanmagan harakatlar qiladi. Asab tizimining kasalliklarida va mushak
ipotoniyasida spontan harakatlar kamayadi; ochlik, sovuq qotish, og' riq, nam tagliklar - ularni
kuchaytiradi.
Passiv harakatlar bola bo' g' imlarini bukish va yozish yo' li bilan tekshiriladi. Passiv harakatlarni
cheklanishi (amalga oshmasligi) mushak tonusini yuqoriligi yoki bo' g' imlar shikastlanishi bilan bog' liq
bo' lishi mumkin. Passiv harakatlar hajmini ortishi, bo' g' imlar relaksasiyasi mushak tonusini
pasayishidan dalolat beradi.
Aktiv harakatlar bolani sergaklik paytida, u bilan o' ynash yoki yyengil gimnastik mashqlarni
bajarish orqali tekshiriladi. Shu bilan turli mushak va bo' g' imlarda harakatni cheklanishi yoki yo' qligi
aniqlanadi (markaziy nerv tizimi shikastlanishlarida - parez, paralich; mushaklarni, suyaklarni, bo' g'
imlarni anatomik o' zgarishlarida, og' riqlarda).
Bolani tashqi ko' rinishi, o' zini tutishi, bir ikkita oson savolga javob berishi uni somatik va psixik
holati haqida umumiy ma' lumot beradi.
Asab-ruhiy rivojlanishni o' z vaqtida aniq baholash uchun bolani yoshiga mos shartli ravishda 6 ta
bosqich ajratilgan:
I
bosqich - 0-1 oylik;
II
bosqich - 1-3 oylik;
III
bosqich - 3-6 oylik;
IV
bosqich - 6-9 oylik;
V
bosqich - 9-12 oylik;
VI
bosqich - 1-3 yosh.
Shuning uchun 5 ta me' zonni baholagach, sharsiz reflekslar namoyon bo' lishi haqidagi ma'
lumotlarni bolaning yoshi bilan solishtirish zarur.
Normada asab-ruhiy rivojlanishni ko' rsatkichlari keltirilgan yosh bosqichiga mos kelishi kerak. Ba'
8
zan bu me' zonlarni shakllanish ketma-ketligi biroz buzilgan bo' lishi mumkin: ulardan biri 1 bosqichga
oldinlab ketadi, boshqasi — 1 bosqich orqada. Uzoq davom etgan kasallik va tarbiyaning yetishmasligi
barcha ko' rsatkichlarni faqat bitta bosqich orqada qolishiga olib kelishi mumkin, lekin undan ortiq emas.
Asab tizimi uchun bunday kechikish funksional hisoblanadi.
Asab-ruhiy rivojlanishni 2 va undan ortiq bosqichga kechikishi rivojlanishni patologik orqada
qolishini bildiradi va bunda ensefalopatiya tashxisi qo' yiladi. Bolaning normal rivojlanishida barcha
bosqichlar 2 yoshga borib o' z nihoyasiga yetishi kerak. Agar bunday bo' lmasa, unda ikki yoshdan keyin
aniq oligofreniya, gidrosefaliya, epilepsiya kabi tashxislar qo' yiladi.
Oligofreniya - bolaning asab-ruhiy va aqliy rivojlanishini orqada qolishi (tug' ma, aqliy zaiflik).
Oligofreniyani 3 darajasi farqlanadi: debillik, imbesillik va idiopatiya.
Debillik - oligofreniyani yyengil darajasi. Bunday bolalar oddiy maishiy savollarga qiynaladilar,
yomon o' qiydilar.
Imbesillik - oligofreniyani o' rtacha darajasi. Bunday bolalarni fikrlashi primitiv. Nutqni
tushunmaydi, qisqa jumlalarni ayta oladi. Imbesillar agressiv bo' ladi, parvarish va e' tiborga muhtoj.
Idiopatiya - oligofreniyani og' ir darajasi. Bunday bolalar gapira olmaydilar, passiv bo' ladilar,
odamovi va tashqi yordamsiz hayot kechira olmaydilar. Parez, paralichlar, koordinasiyani va
sezuvchanlikni buzilishi kuzatiladi.
Es-hushni buzilish darajasi bemor bola ahvolini og' irlik darajasini baholashda katta ahamiyatga
ega:
1.
Somnolent - karaxtlikni yyengil darajasini bildiradi, umumiy holsizlik, yuqori uyquchanlik,
bu ko' p infeksion kasalliklarning boshlanish davriga xos.
2.
Stupor - bu gangish holati, psixika va harakatni tormozlanishi, odatiy tashqi qo' zg'
atuvchilarga reaksiyaning yo' qligi.
3.
Sopor - holati chuqur uyqu bilan xarakterlanadi, karaxtlik, xotiraning yo' qolishi,
«sezmaslik», harakasizlik yoki maqsadsiz harakatlar, bemorni shovqinli nafasi. Shu bilan birga juda
kuchli qo' zg' atuvchilarga reaksiya saqlanishi mumkin, pay, suyak usti reflekslari susaygan. Infeksion-
toksik jarayonni avjida kuzatiladi.
Koma - es-hushni chuqur buzilish, yo' qotilish holati. Bunda oliy nerv faoliyatining, sezuvchanlik
va harakat faoliyatining buzilishi, chuqur tormozlanish, hamda bosh miya po' stlog' i va asab tizimi pastki
qismlari shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Shu bilan birga hayotiy muhim faoliyatlar buziladi (qon
aylanishi, nafas olish va boshqalar). Saqlanib qolgan vegetativ funksiyalar organizmni yashashini ta'
minlab turadi.
I
darajasi (yengil) - es-hush va ongli harakatni yo' qligi, shox parda va korneal reflekslar
saqlangan.
II
darajasi - es-hushi bo' lmaydi, arefleksiya kuzatiladi (faqat qorachiqni yorug' likka
sezuvchanligi saqlangan, nafas ritmida o' zgarishlari bor).
III
darajasi - barcha reflekslar yo' qligi kuzatiladi, qon aylanishi va nafas olishda buzilishlar,
sianoz va gipotermiya.
Meningial sindrom.
Miya pardalarini zararlanishida yuzaga keladigan (yallig' lanishli va yallig' lanishsiz genezli) klinik
simptomlar meningial sindrom deb ataladi. Meningeal sindrom yallig' lanish genezli, yuqori o' lim xavfi
bor bo' lgan (ayniqsa erta yoshdagi bolalarda), eng og' ir kasalliklardan biri - meningitni (yiringli va
serozli) klinik belgisi hisoblanadi.
Uni ko' proq uchraydigan belgilari quyidagilar:
-
bosh og' rishi (erta yoshdagi bolalarda u bir tonli, bir xildagi yig' i bilan kuzatiladi);
-
ko' ngil aynashi, qusish;
-
kichik bolalarda - katta liqildoqni bo' rtishi, tarangligi va pulsasiyasi -
pediatrlar uchun juda ahamiyatli belgi;
-
umumiy giperesteziya (yuqori sezuvchanlik) - bola terisiga og' riqsiz tegish uni
bezovtalantiradi, yig' lashi, chinqirishi kuzatiladi;
- ensa mushaklari rigidligi;
- Brudzinskiy, Kernig, Flatau, Lesaj ―ilintirmoq‖ simptomlari musbat.
Ensa mushaklari rigidligi ensa mushaklari tonusini ortishi sababli yuzaga keladi va boshni oldinga
egishni imkoni bo' lmaydi.
Brudzinskiy simptomi:
a)
Yuqori - boshni iyak ko' krakka tekkuncha oldinga egilishi ikkala oyoqni tizza va son-chanoq
bo' g' imida bukilishini chaqiradi.
9
b)
O' rta- simfizga bosganda (qovuq soqasiga) oyoqlar tizza va son-chanoq bo' g' imida bukiladi.
v) quyi - bir oyoqni son-chanoq bo' g' imida bukib, tizza bo' g' imida yozganda, ikkinchi oyoqning
ham shu bo' g' imlarida reflektor holda bukilishi kuzatiladi.
Kering simptomi: agar bola oyog' ini tizza va son-chanoq bo' g' imida bukilsa (yotgan holatida),
keyin uni tizza bo' g' imida yozish mumkin emas. Bu refleks miya pardalari, orqa miya shoxchalarini,
piramida tizimi holatini ko' rsatkichi hisoblanadi. 4 oygacha bo' lgan bolalarda fiziologik hisoblanadi, shu
yoshdan chaqirilishi patologik belgi hisoblanadi.
Lesaj ―ilintirmoq‖ simptomi: agar meningial sindrom bilan og' rigan bolani, qo' ltiq ostidan ushlab
ko' tarilsa, u oyog' ini tizza va son-chanoq bo' g' imida bukadi, hamda shu holda ularni ushlab turadi (sog'
lom bola bu sinamada oyoqlarini erkin bukadi va yozadi).
Flatau simptomi - boshni oldinga tez egganda ko' z qorachig' ini kengayishi kuzatiladi.
Meningitda orqa miya suyuqligini o' zgarishlari:
Serozli meningitda orqa miya suyuqligini bosimi sezilarli ortadi. Suyuqlik punksiyada daqiqasiga
40 tomchidan ortiq tezlikda chiqadi (normada 20-40 tom/daq).
Tiniqligi: Serozli meningitda tiniq, yiringli meningitda xira, tuberkulyozli meningitda och sariq
rangda.
Sitoz: Polisitoz (hujayralar sonini ortishi), yiringli meningitda - neytrofilli, serozli meningitda
limfositar.
Oqsil: 0,4 - 1 g/l gacha ortgan (normada 3 oygacha 0,2-0,5 g/l, 4-6 oygacha
0,18-0,36 g/l, 6 oydan kattalarda 0,16-0,24 g/l). Pandi sinamasi yuqori musbat.
Ensefalitik reaksiya. Infeksion kasalliklar va toksikozlarda ensefalitning og' ir bo'lmagan, o'tadigan
simptomlari kuzatiladi. Ko'p hollarda bu reaksiya tirishishlar, katta yoshdagi bolalarda yuqori tana
harorati fonida turli illyuziya, galyusinatsiyalar bilan birga keladi. Intoksikasiya kamaytirilganda bu
simptomlar mustaqil ravishda o'tadi.
Gipertenzion - gidrosefal sindromning asosiy simptomlari.
Kasallik asosida bosh miyadagi suyuqlik saqlovchi bo'shliqlar kattalashuvi va orqa miya
suyuqligining bosimi ortishi yotadi. Meningizm simptomlari bilan xarakterlanadi (ensa mushaklari
regidligi,
Brudzinskiy yuqori refleksi), qusish, liqildoqni bo'rtishi.
Tug' ma
gidrosefaliyada
tug' ilgandagi bosh o'lchami o'zgarishsiz yoki biroz katta bo'ladi. O'lchamlarni sezilarli kattalashuvi
va boshqa belgilar (sharsimon bosh, kalla suyaklari choklarini ochilishi, katta liqildoqning o'lchamlari
kattalashishi, bosh terisini yupqalashuvi, yarim ochiq, botiq ko'zlar, katta bo'rtib turgan peshona,
shalpangquloqlar) hayotining birinchi haftalaridan rivojlanadi.
Mikrosefaliya — bosh suyagini kichikligi. Bunday bolada boshning yuz qismi, miya qismidan
katta. Liqildoqlar va choklar ko' pincha berk. Kelajakda yuz qismi miya qismidan kattalashib boraveradi,
bosh tepaga qarab kichraygan. Kichik va tor peshona, katta quloqlar past joylashgan. Ko' pincha aqliy
rivojlanish past darajada. Kam hollarda mikrosefaliya orttirilgan xarakterda bo' lishi mumkin.
Xulosa
Agar bolakay yil davomida ko‘p va uzoq vaqt davomida kasalliklarga chalingan bo‘lsa, u holda bolani
pediatr, gastroenterolog, immunolog, LOR va stomatolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Ularga uchrashdan
avval esa ayrim taxlillarni oldindan topshirib tayyorlab qo‘yishingiz mumkin. Bular disbakteriozni
aniqlash uchun axlat, immun va interferon holatini aniqlash uchun qon taxlili.
Shifokorlar taxlillar asosida maxsus taxlillarni ham buyurishi mumkin. Masalan yo‘tal bosilmasligi
holatida mikoplazma, pnevmocistni aniqlash uchun taxlil topshirishlar buyuriladi (qon, og‘iz
bo‘shlig‘idan surtmalar), og‘iz bo‘shlig‘idan surtmalar surunkali tonzillitlarda topshirish buyuriladi.
Surunkali kasalliklarga alohida e‘tibor berib, ularni davolashga astoydil yondashish lozim. Bolada
surunkali kasallikning mavjudligi uning organizmining himoya vazifalari sust bo‘lishiga va tez-tez
shamollashlarga sabab bo‘lishi mumkin. Surunkali gaymoritlar, tonzillitlar, adenoidlar, atipik infeksiyalar
(mikoplazma, pnevmocist, xlamidiya, gijjalar) bolaning immunitetiga salbiy ta‘sirini ko‘rsatadi. Oddiy
bo‘lib ko‘ringan kariesli tishlar ham bolaning immunitetining pastligiga va tez-tez shamollashlarga sabab
bo‘lishi mumkin. Har tomonlama tekshiruvlardan so‘ng surunkali infeksiyaning koni topilsa va u bartaraf
etilsa, bola keyingi yilda bu qadar tez-tez kasal bo‘lavermaydi.
10
Bola immunitetining umumiy holatiga ichak florasining ahamiyati nihoyat kattadir. Chunki aynan
ichaklarda immunoglobulin va immunkomponent hujayralarning hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi. Bola
tanasiga kirgan foydali moddalar, foydali oziq-ovqatlar aynan ichakda so‘riladi. Shu bilan birga aynan
shu yerda bir necha milliard immunokomponent limfoid hujayralar yashaydi, ular doimiy ravishda
bizning sog‘ligimizni himoya qilish uchun shay turadilar. Shlaklari ko‘p ichaklar ham immunitetning
pastligiga sabab bo‘lishi mumkin, chunki normal ichak bajaradigan, foydali moddalarni so‘rish qobiliyati
unda sust bo‘ladi.
IMMUNITET – nima u?
Ichaklar joyida bo‘lishi va normal ravishda o‘z vazifasini bajarishi uchun bola
ko‘proq gazsiz mineral suv, sut-qatiq mahsulotlari hamda klechatkaga boy mahsulotlarni yetarli darajada
iste‘mol qilishi lozim. Agarda immunitetning pastligiga disbakterioz sabab bo‘lsa, u holda shifokor
buyurgan taxlilni amalga oshirib, aynan qaysi bakteriyalar yetishmasligi aniqlangandan so‘ng, bolaga xos
davolash kursini o‘tkazish lozim.
Bola immunitetini oshirishda ichaklar uchun foydali bo‘lgan suli qaynatmasini ichish ijobiy natija beradi.
Ushbu muolajani yozda bajarish lozim. 6 oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga bunday qaynatmani 1
choy qoshiq, bir yoshdan – bir oshqoshiq, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 osh qoshiq, 5
yoshdan so‘ng esa – 100 ml. berish tavsiya etiladi. Suli qaynatmasi quyidagicha tayyorlanadi: yarim
stakan yuvilgan suli (suli yormasi emas) ustiga 1,5 litr fil'trlangan suv quyiladi (sirlangan idishda).
Ertalab 1,5 soat davomida, past olovda yopiq qopqoqli holatda qaynatiladi. Shunday holatda sulining
ustki qatlamida mavjud B guruhi vitaminlari suvga o‘tadi. So‘ng ushbu qaynatma tindirilib, suvi siqib
olinadi.
Ushbu qaynatmani ikki kungagina tayyorlash kerak va u muzlatgichda saqlanishi lozim. Qaynatma bolaga
ovqatdan oldin berilishi lozim. Uning mazasi deyarli yomon emas va bolajon uni bir zumda ichib quyadi
deb o‘ylaymiz. Faqat unutmang suli bolaning ichini bo‘shashtiradi. Shu sababli ushbu qaynatmani
berishdan avval bolangizning shifokori bilan maslahat qilganingiz ma‘qul, ehtimol u sizning
farzandingizga mos miqdorni belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |