Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə21/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

Ikki nuqtaning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda ikki nuqta qo‘yiladi:

  1. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa: Shoazim o‘ng‘aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko‘ngliga bahs sig‘mas edi.(P.Q.)

  2. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa: Uning otasi bir yilda bog‘ni juda yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go‘zal gulzorlar yaratdi, turli-tuman payvandlar qildi.

  3. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini to‘ldirib kelsa: Bildi ota: foydasizdir qiynamoq. (H.H) Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.


Tirening ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda tire qo‘yiladi:


  1. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lganda: Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir (Maqol)

  2. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gaplarning tarkibidagi birinchi sodda gapning mazmuni ikkinchi sodda gapning mazmuniga o‘xshatilsa: Vaqting ketdi – vaxting ketdi. (Maqol)

  3. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi birinchi sodda gap ikkinchi sodda gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini yoki shartini bildirsa: Yurt tinch - sen tinch. (Maqol)

ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanish yo‘llari va tinish belgilari bilan ajratilishini uch qismga bo‘lish mumkin:
I.Ergash gaplarning tobe bog‘lovchilari orqali bosh gapga bog‘lanishi va vergul bilan ajratilishi.
1.Agar ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, chunki, go‘yo bog‘lovchilari orqali bog‘lansa, vergul shu bog‘lovchilardan oldin qo‘yiladi:
Har kun ortar ko‘zlarimda nur,
Shuning uchun yo‘q aslo g‘amim (H.O)
2.Ergash gap bosh gapga –ki bog‘lovchisi orqali bog‘lansa, vergul shu bog‘lovchidan so‘ng qo‘yiladi: Bu xonaga shunday jimlik cho‘kkanki, go‘yo unda hayot butunlay yo‘q.
3.Ergash gap bosh gapga bog‘lovchi sifatida qo‘llangan deb orqali bog‘lansa , vergul shu so‘zdan keyin qo‘yiladi: Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha berida to‘xtatdi.
II. Agar ergash gapning kesimi ravishdosh yoki shart fe’li orqali ifodalansa, vergul kesim vazifasidagi ana shu fe’l shakllaridan keyin qo‘yiladi: Gulnor bu yerga kelsa, Nuri darhol biron yumush qildirar edi. Daryo qancha chuqur bo‘lsa, u shuncha sekin oqadi.
III.Ergash gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalanishi mumkin, bunda sifatdosh uchun, sari, sayin, chog‘, payt kabi so‘zlar bilan birikadi. Bu holda vergul ergash gapning sifatdosh bilan ifodalangan kesimiga qo‘shilib kelayotgan ana shu vositalardan so‘ng qo‘yiladi: Hammamiz dalaga yo‘l olgan chog‘da, katta to‘y tusini oladi qishloq.
Ba’zan sifatdosh o‘rin-payt yoki chiqish kelishigi qo‘shimchalarini ham olib keladi. Bunda vergul kelishik qo‘shimchasini olgan sifatdoshdan keyin qo‘yiladi: Nuri gapga e’tibor qilmaganidan, Yormat endi qiziga qarab so‘zlay boshladi.

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin