Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg
SODDA GAPLAR VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI 1.Darak gaplar mazmuniga ko‘ra xabar beruvchi, tinch ohang bilan aytiluvchi gaplardir va bu xil gaplar oxirida nuqta qo‘yiladi.
Valijondan salom. Oydin kecha. Havo sof va salqin. His-hayajon ifodalangan darak gaplardan keyin undov belgisi yoki ko‘p nuqta qo‘yilishi mumkin.
Minglab gulistondan afzaldir bu joy.
2. So‘roq gaplar biron narsa, voqea hodisa to‘g‘risida xabar berishni so‘ragan gaplardir. Bu xil gaplar so‘roq olmoshlari, yuklamalari ohangi orqali tuziladi va ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi:
Sinovlarga qanday tayyorlanayapsiz? Zarur – zarur adabiyotlarni? Agar so‘roq gap qo‘shimcha mazmun ifodalasa, undan so‘ng undov belgisi, so‘roq belgisidan tashqari, ko‘p nuqta va boshqa belgilar qo‘yiladi:
Kurashadi ikki to‘lqin qarab turaymi!? Nahotki daryolar teskari oqar?! Siz bu ishga qanday qilib qo‘l urdingiz!?
3. Undov gaplar mazmuniga ko‘ra ikki guruhni tashkil etadi:
mazmunidan buyruq, iltimos, tashbiq, maslahat, tilak – orzu, kinoya, do‘q ma’nolari anglashilgan undov gaplar (bunday gaplarni buyruq gaplar ham deyiladi);
faqat his-hayajon anglatuvchi undov gaplar birinchi turdagi undov gaplarning kesimi buyruq fe’li yoki shart fe’llari bilan ifodalanadi. Bu xil gaplardan so‘ng ko‘proq undov belgisi, ba’zan mazmuniga qarab ko‘p nuqta, undov belgisi bilan ko‘p nuqta, ba’zan birdan ortiq undov belgisi qo‘yiladi. Undov gaplarning ikkinchi turi sof his-hayajon bildiruvchi gaplardir. Bu turdagi undov gaplar, undov so‘zlar, nisbiy olmoshlar, ohang va bu vositalarning birlashishi bilan ifodalanadi:
Ey bola paqir–ey! Eshikka tomon yurar ekan: essiz, essiz, ey bechora!...-dedi o‘zicha. O‘h u kapshanchilar qishlog‘i shunaqa chiroylimi! Bu qanday bedodlik, bu qanday zulm!!! Bu qanday adolatsizlikki, bola onasiz qolsa! Qanday quvonch!