Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish


TINISH BELGILARINI QO‘LLASH QOIDALARI



Yüklə 146,26 Kb.
səhifə14/23
tarix26.11.2023
ölçüsü146,26 Kb.
#135796
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg

TINISH BELGILARINI QO‘LLASH QOIDALARI.Ma’lum bir maqsad, fikr og‘zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi.Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko‘rsatishda qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir. So‘zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz:

Bahor keldi. Bahor keldi! Bahor keldi? Bu uch gapdagi habar, his-hayajon, so‘roq mazmuni gaplardan so‘ng qo‘yilgan tinish belgilari orqali bilinadi. Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko‘ra qo‘llanadi.
1. Mazmun jihatdan. Ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun tugallangan bo‘lsa, nuqta, undov, so‘roq belgisi, uch nuqta qo‘yiladi:

- O‘zimiz institut ochayapmiz, bilib qo‘y...

- Institut?

- Institut!
O‘zgalarning gapi bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinadi: “Ertaga sinovlar boshlanadi”-dedi o‘qituvchimiz. Gaplar orasidagi mazmun munsoabatlari qo‘shma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi. Tugallanmagan yoki izoh talab qilgan tushunchalar ko‘p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi. 2. Grammatik qurilish. Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko‘ra qo‘llanadi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi. Ayrim ergash gaplar o‘z tuzilishiga ko‘ra vergul bilan ajratiladi: Yo‘lchi, qancha aqchasi bo‘lsa ham, berishga tayyor edi. Bu jumladagi qancha aqchasi bo‘lsa ham, ergash gap bo‘lgani uchun bosh gap orasida to‘xtalish (pauza) bo‘lmasa ham, undan so‘ng vergul qo‘yiladi. 3. Ohang jihatdan. Ohang fikr maqsadning og‘zaki nutqdagi asosidir. Har bir tinish belgisi o‘ziga hos ohangga ega bo‘ladi. Undov, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta va nuqta, tire tugallangan ohang bilan nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs kichik to‘xtalish bilan, ajratilgan ohang bilan nuqtali vergul, ikki nuqta, tire izoh ohangi bilan; vergul, nuqtali vergul kichik to‘xtalish ohangi bilan talaffuz qilinadi. Ayrim tinish belgilari ohang talabi bilangina qo‘yiladi.
Qush mag‘rur – qanoti bo‘lgani uchun,
Tog‘ mag‘rur – savlati bo‘lgani uchun
Bu jumlada tire ohang talabi bilan, birinchi gaplarning ma’nosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qo‘yilgan.
Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo‘ladi. Bu jumlada kesim egaga bo‘ladi bog‘lamasi bilan birikkani uchun egadan so‘ng tire qo‘yilmasligi kerak edi. Ammo ega mantiqiy urg‘u olgani uchun undan so‘ng tire qo‘yilgan.

Yüklə 146,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin