Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belg
Qo‘shtirnoq.Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi A.A.Barsov kiritgan. O‘zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi. Yosh kitobxon, L.Tolstoyning quyidagi so‘zlarini doimo esda tut: “Hayot qanchalik yaxshi bo‘lmasin, uning yutuqlari qanchalik katta bo‘lmasin, hech vaqt bu bilan hotirjam bo‘lib qolma, doimo buyuk ishlarga tomon intil…” 2. Sitatalar har vaqt qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi.
“Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar ifodalangan bo‘ladi”. (M.Gorkiy) 3. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni ifoda qiluvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Bu safar Botirovning “jinoyati” o‘n bir yillik qamoq bilan “taqdirlandi”. (T. Malik) Tekintomoq “havaskor” larning holi oxiri voy bo‘ladi. 4. Badiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartinalarning nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi. “Qutlug‘ qon” romani, “Mushtum” jurnali, “Amir Temur”portreti, “Sohibqiron”dramasi 5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi.“O‘zbekiston” mehmonxonasi, “O‘rtoq” fabrikasi, “Bilayn”qo‘shma korxonasi va boshqalar. 6. Transport ( mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi.“Neksiya” rusumli yengil mashina, “Boing” samolyoti, “Otayo‘l” avtobusi, “Kibo” oyoq kiyimi va boshqalar 7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.
“El-yurt hurmati” ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi. Professor Q.G‘.Abdullayev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. 8. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo`shtirnoq ichida beriladi.1995-yil 6-may kuni “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida” Qonun qabul qilindi 9. Sinflar, kurslar, buyruq va qarorlarga qo‘shilib yoziladigan harflar qo‘shtirnoqqa olinadi. 5-“A” sinf, 11-“B” kurs, 95-“B” buyruq, 12-moddaning “G” bandi va boshqalar. 10. Baho ballari qo‘shtirnoqqa olinadi. “besh” baho, “yaxshi” baho.