MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA HARAJATLARI HISOBI. TAYYOR MAHSULOT VA UNING SOTILISHINI HISOBGA OLISH. REJA:
Mehnat va ish haqi hisob
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning turkumlanishi, ularni baholash tartibi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning dastlabki, sintetik va analitik hisobi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lami sotishning hisobi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan moliyaviy natijalarni aniqlash.
ISH VA MEHNAT HAQI HISOBI Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:
1. Ishchilar — ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va boshqa sohalarda band boiganlar.
2. Xizmatchilar — rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar.
Shuning bilan birga yirik korxonalarda xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linishlari maqsadga muvofiq:
1. Ishchilar.
2. Mavsumiy va vaqtincha ishchilar. Mavsumiy ishchilar — bu ma’lum mavsumiy ishlarga jalb qilingan, vaqtincha ishchilar — ayrim ishlami qisqa vaqtda bajaruvchi ishchilardir.
3. Injener-texnik xodimlar — bosh va katta mutaxassislar — agronom, vetvrach, iqtisodchi va boshqalar.
4. Xizmatchilar — xo‘jalik rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha muovini, hisob xodimlari, ombor mudiri, kotiba va boshqalar.
5. Kichik xizmat xodimlari — farrosh, qorovul va boshqalar. Bundan tashqari xodimlar xo‘jalikda qaysi ishni bajarishiga qarab: — asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar; — asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan (uy-joy, kom- munal-xo‘jalik, savdo, tibbiyot, maktabgacha ta’lim va boshqa- larda) xodimlarga bo‘linadi. Xodimlar hisob va hisobot talablaridan kelib chiqib ayrim boshqa guruhlarga ham bo‘linishi mumkin. Xo‘jaliklar yuqoridagi guruhlanishidan kelib chiqib xodimlar- ning shaxsiy tarkibi hisobini yuritadi, yuqori tashkilotlarga xodimlar tarkibi holati bo‘yicha taqdim etiladigan hisobotlami tuzadi. Xodimlarning hisobi ulaming har biri bo‘yicha yuritiladigan shaxsiy kartochkasi, shaxsiy tarkib qaydnomasi, shaxsiy ish (delo)larida olib boriladi va ular bo‘yicha bo‘ladigan o‘zgarishlar kiritib boriladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida mehnat haqini tashkil etish quyidagilami o‘z ichiga oladi: mehnatni normalash, tarif tizimi, mehnat haqining shakl va tizimlari. Mehnatni normalash — amaldagi vaqt normalari hamda xizmat ko‘rsatish va ish bajarish normalari.