Ijtimoiy-psixologik funksiyalar mehnat jamoasidagi ishlab chiqarish munosabatlarining vakil saylash va asoslash xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Texnologik funksiyalar menejer faoliyatining quyidagi: qarorlar qabul qilish va kommunikatsiyalar turlarini belgilab beradi.
Funksiyalarning hamma uchta guruhi o‘zaro bir-birini to‘ldirib, farmatsevtika menejmentining boshqaruv ta’siri uslublari va usullarini tabaqalashtirish, boshqaruv organlari va alohida menejerlarning mehnatini ixtisoslashtirish imkonini beruvchi yaxlit tizimini yaratadi.
Umumiy funksiyalarni faoliyatning ko‘lami va ahamiyati bo‘yicha nisbati menejmentning iyerarxik pog‘onasiga qarab jiddiy ravishda tabaqalanadi.
Menejment umumiy funksiyalaridan har birini amalga oshirish uchun tashkilotda ma’lum kommunikatsion bog‘lanishlar shakllantiriladi va boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi. Ular menejment umumiy funksiyalarining texnologik negizi bo‘lib hisoblanadi.
Menejment umumiy funksiyalarini amalga oshirishning axloqiy jihatlari uning ijtimoiy-psixologik: vakil saylash va asoslash funksiyalari bilan shakllantiriladi.
Boshqaruv subyektlarini, tashkilotning mavjud resurslaridan samarali foydalanilishi uchun obyektlarga ta’sir o‘tkazish usullari „boshqaruv uslublari“ tushunchasiga kiritiladi.
Boshqaruv uslublari — turli vazifalarni hal etish qoidalari va muolajalaridir.
Tashkilotlarda yuzaga keladigan vaziyatlarning turli-tumanligi boshqaruv uslublarining bir butun arsenali qo‘llanilishini taqozo etadi. Farmatsevtika menejmentida tarkibiga to‘rtta: tashkiliy, ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik uslublar guruhi kiruvchi boshqaruv uslublari tizimidan foydalaniladi
Farmatsevtika menejmentida quyidagi turli ilmiy uslublardan foydalaniladi:
umumiy ilmiy (tizimli tahlil, kompleks yondoshish, dasturiy-maqsadli rejalashtirish);
tahlil qilish-istiqbolni belgilash (ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, tarmoqli rejalashtirish, modellashtirish, iqtisodiy-statistik, ishbilarmonlik o‘yinlari uslublari);
fan sohalaridan metodik usullar (jamiyatshunoslik, ruhshunoslik (psixologiya), estetika, ekologiya va boshqalar).
Farmatsevtika menejmentida ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun modellashtirish — tashkilotlarni boshqarish jarayonlari modellarini tuzish va ularni tadqiqot qilishdan keng foydalaniladi.
Modellashtirish uslubi o‘xshashlik tamoyillariga asoslangan: model qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun eng muhim jihatlarida asl nusxaga monandir.
Model — boshlang‘ich obyektni (asl nusxani) o‘rganish uchun yaratiladigan, uning asosiy va eng muhim elementlari, bog‘lanishlari, munosabatlarini, ularning parametrlari va tavsiflarini taqriban o‘zida mujassamlashtiradigan ideal yoki moddiy obyekt.
Farmatsiyada modellarning quyidagi: konseptual, grafik, iqtisodiy-matematik, axborot turlari eng ko‘p tarqalgan.
Modellashtirish barcha pog‘onadagi menejerlarga, bevosita yoki bilvosita tarzda ularning harakatlarini yo‘naltiruvchi, ko‘pgina masalalarni qulay, nisbatan oddiy va arzon samarali hal qilish asbobini beradi.
Farmatsevtika menejmentida modellashtirishning asosiy elementi tashkilotning maqsadlarini aniq ifodalashdan iborat bo‘lib, u ko‘p jihatdan farmatsevtika tashkiloti faoliyatining muvoffaqiyatlarini belgilab beradi. Demak, har bir menejer o‘zi boshqarayotgan bo‘g‘inning maqsadini to‘g‘ri va aniq ifodalashni bilishi hamda unga erishish vositalarini belgilab olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |