Burchak o'lchash asboblari Reja


To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi



Yüklə 5,8 Mb.
səhifə7/65
tarix26.11.2023
ölçüsü5,8 Mb.
#135079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Burchak o\'lchash asboblari

To‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi. Bu sistema analitik geometriyadagi kabi ikkiga bo‘linadi: a) tekislikdagi koordinatalar, b) fazoviy koordinatalar. Agar joy kichik bo‘lib, yerning sfera ekanligi hisobga olinmay, u tekislikda tasvirlansa, to‘g‘ri burchakli yassi Dekart sistemasi koordinatalari qo‘llaniladi. Bunda meridian yo‘nalishi x deb qabul qilinib, y ning qiymati o‘qdan sharqqa tomon musbat, o‘qdan g‘arbga tomon manfiy ishorada olinadi. x o‘qqa perpendikulyar ekvator yo‘nalishi y o‘q bo‘lib, x qiymatlari y o‘qdan shimolga tomon musbat, janubga tomon manfiy ishora bilan olinadi. Ikki o‘q kesishgan O nuqta koordinatalar boshi bo‘ladi. A nuqtaning o‘rni koordinatalari (-3, +4) bo‘yicha 2.1-shakldagi kabi ko‘rsatiladi. Ikki o‘qning kesishuvidan hosil bo‘lgan choraklar nomeri shimoli-sharq choragidan boshlab, o‘ngga tomon shakldagi kabi oshib boradi.

2.1-shakl. 2.2-shakl.
Injenerlik ishlarida o‘qlari ixtiyoriy qabul qilingan koordinatalar sistemasi ham ishlatiladi. U xususiy koordinatalar sistemasi deyiladi.
Nuqta o‘rni fazoga nisbat berib (uch o‘qli qilib) belgilansa, fazoviy koordinatalar sistemasi deyiladi. Masalan, kosmik geodeziyada yuldoshlar o‘rnini aniqlashda fazoviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunda koordinatalar boshi sifatida yer ellipsoidining markazi olinadi. Yerning qutbiy aylanish o‘qi z o‘qi deb, ekvator tekisligining bosh meridian bilan kesishgan nuqtasi x o‘qi, x o‘qiga perpendikulyar yo‘nalish y o‘qi deb qabul qilinadi. Bu sitema geodeziyada kam qo‘llaniladi.
Astronomik koordinatalar sistemasi. Bu sistema astronomiya, geografiya, geofizika kabi fanlarda ko‘p qo‘llaniladigan koordinatalar sistemasi bo‘lib, unda shovun chiziq yo‘nalishi va sfera yuzasi-sathiy yuza asos qilib olinadi. Nuqta o‘rni bosh meridian va ekvatorga nisbatan aniqlanadi. London yaqinidagi Grinvichdan o‘tgan meridian dunyo bo‘yicha bosh meridian deb qabul qilingan. Shunga ko‘ra x o‘qi sifatida bosh meridian yo‘nalishi, y o‘qi sifatida esa ekvator yo‘nalishi qabul qilingan. Bu o‘qlar kesishgan nuqta (Gviney ko‘rfazida) koordinatalar boshi bo‘ladi. Berilgan nuqtadagi shovun chiziq yo‘nalishi bilan ekvator tekisligi orasidagi vertikal burchak nuqtaning astronomik yoki geografik kengligi deyiladi va harfi bilan belgilanadi. Kenglik ekvatordan shimolda bo‘lsa, shimoliy, janubda bo‘lsa, janubiy deyilib, qiymati ekvatordan qutblarga tomon 0 dan 90 gacha bo‘ladi (2.2-shakl).
Berilgan nuqtadan shovun chiziq bo‘yicha o‘tib, yerning aylanish o‘qiga parallel bo‘lgan tekislik astronomik meridian deyiladi. Nuqta astronomik meridiani bilan bosh meridian tekisligi orasidagi ikki yoqli burchak astronomik uzoqlik deyiladi va harfi bilan belgilanadi. Uzoqlik bosh meridiandan ikki tomonga, ya’ni sharqqa va g‘arbga 0 dan 180 gacha o‘sib boradi, bular sharqiy yoki g‘arbiy uzoqlik deyiladi. Kenglik va uzoqlik nuqtaning geografik koordinatalari deyiladi. Bu koordinatalarning qiymatlari astronomik kuzatish orqali aniqlanadi.

Yüklə 5,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin