9-10 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. Yil so‘ngigacha inflatsiya
prognoziga pul-kredit sharoitlarining nisbatan qat'iy saqlanib qolishi, pul-kredit
instrumentlari to‘plamiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, valuta bozorida kuzatilayotgan
barqaror tendensiyalar, tegishli vazirlik va idoralar bilan inflatsiyaning nomonetar
omillari ta'sirini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni jadallashtirish orqali
erishiladi. Moliyaviy rag‘batlantirishlar ta'sirida yalpi talabning tez sur'atlarda tiklanishi
fonida taklif hajmlarining unga mutanosib tarzda shakllanishi uchun ma'lum vaqt talab
qilishi narxlarga bosimni yuzaga keltirishi mumkin. Iqtisodiyotda sezilgan inflatsiya va
inflyatsion kutilmalar darajasining yuqori qolayotgani hamda ularning asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari narxlari o‘zgarishiga ta'sirchanligining yuqoriligi inflyatsion vaziyatni
yanada kuchaytirishi mumkin. Kelgusi oylarda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning
o‘zgarishi sharoitida dori-darmonlar, tibbiy xizmatlar va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari
narxlari keskin oshishining
oldini olish, karantin bilan bog‘liq cheklovlarning umumiy
ovqatlanish, transport va yetkazib berish xizmatlari sohalaridagi narxlarga ta'sirini
kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi. Go‘sht mahsulotlari
va qoramollar importi hajmining oshib borishiga qaramay ichki bozorlarda go‘sht
mahsulotlari narxlarining o‘sish dinamikasining saqlanib qolishi
, hududlarda chorva uchun zaruriy ozuqa bazasini ko‘paytirish va mahalliy ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali ushbu mahsulotlarning barqaror taklifini shakllantirish bo‘yicha
tizimli ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Shuningdek, iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning
samaralari qayta taqsimlanishi , ularning ichki bozordagi narxlarga ta'sirini minimallashtirishga xizmat
qiladi. Markaziy bank tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta'sirida yuzaga keladigan
inflyatsion omillar va xatarlarni sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni bartaraf etish
bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib boradi.