11 foizgacha pasaydi. Umumiy likvidlikning ortishi tijorat banklarining pul bozoridagi
faolligining sezilarli pasayishiga olib keldi. Xususan, 2021 yilning II choragida pul
bozorida o‘rtacha oylik operatsiyalar hajmi I chorakdagi ko‘rsatkichga nisbatan
1,4 barobarga kamaydi. Qisqa muddatli pul resurslari bozorida foiz stavkalarining
pasayishiga qaramay, uzoq muddatli resurslar bozorida vaziyat barqarorligicha saqlanib
qolmoqda. Xususan, iyun oyida milliy valutadagi
depozitlar foiz stavkalarida may
oyiga nisbatan sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Jismoniy shaxslarning milliy valutadagi
depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavkalar
19,5 foiz , yuridik shaxslarniki bo‘yicha
esa
15,8 foiz darajasida shakllandi. Milliy valutadagi depozitlar bo‘yicha real foiz
stavkalarning ijobiy saqlanib qolayotganligi va almashuv kursining joriy tendensiyalari
sharoitida milliy valutadagi muddatli depozitlar hajmi o‘sish dinamikasi iyun oyida ham
davom etdi. Xususan, yil boshidan milliy valutadagi jami muddatli depozitlar
24,3 foizga , jumladan, jismoniy shaxslarning milliy valutadagi muddatli depozitlari
33,3 foizga o‘sdi.
Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarida yil boshiga nisbatan biroz o‘sish
kuzatildi. Bunda, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan
foiz stavkalari
22,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar
bo‘yicha –
20,8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, kreditlar bo‘yicha real foiz
stavkalarining
9-10 foizlik darajada shakllanayotgani hamda yuqori iqtisodiy va
16
investitsion faollik sharoitida asosiy stavkani stavka iqtisodiyotda real foiz
stavkalarining yanada o‘sishiga olib kelishi mumkin. Markaziy bank Boshqaruvining
avvalgi yig‘ilishida ta'kidlanganidek, bank tizimidagi likvidlikni qisqa muddatli tartibga
solish bo‘yicha operatsiyalar hajmlari oshirilishiga qaramasdan, iqtisodiyotga
markazlashgan
manbalardan
yo‘naltirilayotgan
mablag‘larning notekis
taqsimlanishi natijasida pul bozoridagi foiz stavkalarni Markaziy bank foiz
koridoridan