Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

 
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 may 2020 yildagi “2020-2025 yillarga 
mo'jallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi 
Farmoni 
 


11 
Pul-kredit siyosatining nominal mo‘ljalsiz rejimida markaziy banklar tomonidan aniq 
bir maqsadli nominal ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha majburiyat olinmaydi. Bunda 
uzoq muddatli maqsadlar sifatida iqtisodiy o‘sish sur’ati, yuqori bandlik va 
inflyatsiyaning past darajasi kabi maqsadlar belgilanib, oraliq mo‘ljallar esa keng 
jamoatchilikka 
oshkor 
etilmaydi.Makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning 
maqsadli 
parametrlariga erishishda markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatining turli 
miqdoriy mo‘ljallaridan foydalaniladi.Inflyatsiya darajasi past va kam o‘zgaruvchan 
xarakterga ega bo‘lgan hamda pul-kredit siyosati choralarining natijasi uzoq muddat 
talab qiladigan mamlakatlarda mazkur rejimdan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank 
tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit 
instrumentlari 
ushbu 
inflyatsiyaning 
maqsadli 
ko‘rsatkichiga 
erishishga 
yo‘naltiriladi.Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina 
rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. 
Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion 
davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda 
barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi. 
Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy 
qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya, 
Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, 
Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur 
rejimidan foydalaniladilar. MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada 
inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi 
markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga 
o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan.Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion 
targetlash rejimining tanlanilishi ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta 
kursi yoki pul agregatlarini targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan 
izohlanadi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy 
yo‘nalishlari, shuningdek inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha 
majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning 
shakllanishiga xizmat qiladi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha 
maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi 
talab 
qilinadi. 
Bunda 
makroiqtisodiy 
sharoitlarning 
o‘zgarishlariga tezkor 
moslashuvchanlik imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki 
muammolarga e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi. Mazkur rejimda markaziy bank 
faoliyati shaffofligining oshishi aholining inflyatsiya kutilmalarini pasayishiga hamda 
markaziy bankka bo‘lgan ishonchi mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, 
ushbu rejimga o‘tish va uni samarali amalga oshirish mamlakatda muhim tashkiliy-
huquqiy va makroiqtisodiy sharoitlar majmuini talab qiladi. Xususan, past va barqaror 
inflyatsiya darajasiga erishish vazifasi markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga 
oshirishdagi nafaqat rasman balki amalda ham bosh maqsadi bo‘lishi kerak. Markaziy 
bank oraliq mo‘ljal sifatida xizmat qiluvchi narxlar dinamikasidagi o‘zgarishlar 
prognozi asosida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish yuzasidan 
majburiyat oladi. Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (iqtisodiy o‘sish, pul massasi, 
ayirboshlash kursi va boshqalar) bo‘yicha maqsadli mo‘ljallar rasmiy ravishda qabul 


12 
qilinmaydi. Bunda markaziy bank amaldagi inflyatsiya darajasi va kutilayotgan narxlar 
dinamikasiga baho berishda ishonchli tahliliy va prognozlashtirish bazasiga ega bo‘lishi 
talab etiladi. Tahlillarning sifatli bo‘lishi ko‘p jihatdan, ichki bozordagi narxlarning real 
dinamikasini o‘zida aks ettiruvchi ishonchli va batafsil statistik ma’lumotlarning 
mavjudligini talab etadi.Inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi ko‘p jihatdan, 
markaziy bankning inflyatsiya bo‘yicha miqdoriy mo‘ljallarni belgilash va pul-kredit 
instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‘liq. Shuningdek, bu rejimni 
qo‘llashda fiskal siyosatning pul-kredit siyosatidan ustunlik qilmasligi, ya’ni pul-kredit 
siyosatining soliq-byudjet sohasidagi maqsadlarga qaratilmasligi talab etiladi. 
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda 
aholi va biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari muhim ahamiyat kasb etishi tufayli 
olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga jamiyatning ishonchini mustahkamlash dolzarb 
vazifalardan biri hisoblanadi.Bunda markaziy bank faoliyatining shaffofligi hamda aholi 
bilan muloqot tizimining kuchaytirilishi yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlashga 
xizmat qiladi. Xususan, markaziy bank doimiy ravishda statistik ma’lumotlarni chop 
etib, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida 
jamiyat va iqtisodiyotning real sektori ishtirokchilarini xabardor qilib boradi.Inflyatsion 
targetlash rejimida markaziy bankning foiz stavkasi pul-kredit siyosatining asosiy 
instrumenti bo‘lganligi uchun mazkur rejimning natijadorligi mamlakatdagi moliya 
institutlari va bozorlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq hisoblanadi.Bunda, 
markaziy bank pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi va dinamikasiga likvidlikni 
taqdim etish yoki likvidlikni qaytarib olish operatsiyalari orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur holatda, markaziy bank tomonidan belgilanadigan inflyatsiya o‘zgarishining 
oraliq intervali amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy bank tomonidan 
asosiy e’tibor maqsadli ko‘rsatkichlarning mazkur interval doirasida bo‘lishini 
ta’minlashga qaratiladi. Ushbu parametrlar bajarilmagan holatlarda markaziy bank 
tomonidan tafovutlarning sabablariga tushuntirish berilishi va keyingi davrda amalga 
oshirilishi lozim bo‘lgan choralar xususida aniq pozitsiya shakllantirilishi lozim. Shu 
bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasida inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanilishining
tahlili mazkur rejimni amaliyotga joriy etish jarayonida qator muammoli holatlar 
mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida 
inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga egaligi hamda ularning 
markaziy bank nazorati doirasidan tashqarida ekanligi pul-kredit siyosati instrumentlarini 
qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi. Shuningdek, maqsadli ko‘rsatkich 
sifatida haqiqiy vaziyatni o‘zida aks ettiruvchi narxlar indeksining tanlanishi ham 
inflyatsion targetlash rejimini qo‘llashning yana bir muhim talablaridan hisoblanadi. Ayrim 
mamlakatlarda iste’mol baholari indeksi (IBI) o‘rniga jahon bozorlaridagi narxlar 
o‘zgarishi, ma’muriy o‘rnatiladigan narxlar, mavsumiylik kabi qator omillarni istisno 
etuvchi indekslardan foydalaniladi. O‘zgartirilgan ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi rasmiy 
IBI yoki YaIM deflyatori bilan tafovutlarning kelib chiqishi xatarlarini oshiradi. 
Barqaror iqtisodiy rivojlanish va makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish usullarining 
bozor instrumentlaridan foydalanish asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilishi munosabati 
bilan ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining bosh 
maqsadi sifatida belgilandi.Bunda inflyatsiya sur’atini pasaytirish va uni past darajada 
saqlab turish o‘rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni 


13 
ta’minlashda asosiy shart sifatida qaraladi.Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi 
pul-kredit siyosatining tamoyil va usullarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlashga 
qaratish uchun zarur bo‘lgan asosni yaratadi. O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda narxlar 
barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlash samarali usul hisoblanadi.O‘zbekiston 
sharoitida inflyatsion targetlash rejimining tanlanishi qator sabablar bilan izohlanadi. 
Birinchidan, bugungi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatining ta’sirchan 
rejimi sifatida o‘zini namoyon qilib, o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini 
ta’minlash maqsadiga eng muvofiq keluvchi rejim hisoblanadi. Ikkinchidan, monetar 
agregatlar yoki valyuta almashuv kursini targetlash kabi rejimlarning amaliyotga 
qo‘llanilishi tajribasi ularning O‘zbekiston sharoiti va zamonaviy talablarga mos 
kelmasligini ko‘rsatmoqda. Xususan, valyuta almashuv kursini targetlash rejimida 
kursning doimiy tarzda maqsadli darajada saqlab turilishi xalqaro rezervlarni sezilarli 
darajada kamaytirib, valyuta inqirozining kelib chiqish xatarini oshiradi. Valyuta 
almashuv kursini targetlash rejimida valyuta kursini mos ravishda o‘zgartirish orqali 
tashqi salbiy ta’sirlarni mo‘tadillashtirish imkoniyati cheklanadi. Bundan tashqari, 
mazkur rejimda Markaziy bankning asosiy e’tibori faqatgina valyuta almashuv 
kursining maqsadli darajasini ta’minlashga qaratilishi tufayli ichki maqsadlarga 
qaratilgan mustaqil pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati cheklanadi. Boshqa 
tomondan, iqtisodiyotni liberallashtirish va tarkibiy o‘zgartirish, shuningdek, xufyona 
iqtisodiyotning sezilarli darajada mavjud bo‘lishi sharoitlarida pul agregatlarining 
keskin o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. 
5
Bu esa, o‘z navbatida, monetar targetlash rejimi 
doirasida maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘rnatish va unga erishish vazifasini 
murakkablashtiradi. 
Shu bilan birga, pul agregatlari va inflyatsiya orasidagi barqaror 
bog‘liqlikning 
pasayishi 
monetar 
targetlash 
rejimi 
samaradorligini 
kamaytiradi.Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan 
chora-tadbirlar hamda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadlarning 
belgilanishi inflyatsion targetlashga o‘tish uchun tayanch shart-sharoitlar yaratadi. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin