84
tomonidan e’lon qilib boriladigan kunlik valyutalar kursi. Real valyuta kursi esa ikki
davlat o‘rtasidagi narx o‘zgarishini ham inobatga oladi. Aynan ikki davlat o‘rtasidagi
narx o‘zgarishini inobatga olganligi nuqtai nazaridan real valyuta kursi ikki davlat
o‘rtasidagi savdo hajmining o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi.Fiskal siyosat- budjet
xarajatlarining oshishi yoki kamayishi tashqi savdo hajmiga mamlakatdagi yalpi
talabning o‘sishi yoki qisqarishi orqali ta’sir qiladi. Xususan, budjet xarajatlarining
(transfertlar bilan birga) oshishi yalpi talabni rag‘batlantiradi. Yalpi talabning o‘sishi,
o‘z navbatida, import tovarlariga bo‘lgan talab hajmida ham o‘sishga olib keladi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda budjet xarajatlarning muntazam oshib borayotganligi
kuzatilmoqda. Aytaylik, YAIM daromad sifatida qaralsa, uning tarkibida davlat
xarajatlarining hissasi yildan-yilga ortib bormoqda. Raqamlarga murojaat qilsak,
konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlarining YAIMdagi ulushi 2016 yilda 23,8
foizni
tashkil etgani
holda, hozirgi kunga kelib mazkur ko‘rsatkich 35 foizga
yetganligini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, bu davrda budjet defitsiti ham muttasil
o‘sib borgan.
Dostları ilə paylaş: