investitsion talab o‘sishining
asosiy drayveri bo‘lib xizmat qildi. Birinchi yarim yillikda
asosiy kapitalga yo‘naltirilgan markazlashmagan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga
nisbatan 15 foizga oshdi. Umuman olganda, yanvar-iyun oylarida tijorat banklari
tomonidan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
1,4 barobarga ko‘p kreditlar ajratildi
va iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i yil boshiga nisbatan 8,7 foizga o‘sdi. Shu
bilan birga, joriy yilning fevral oyida davlat sektorida ish haqlarining oshirilishi, I yarim
yillikda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan barqaror bo‘lgani hisobiga
xususiy sektorda ham iqtisodiy faollikning yaxshilanishi aholi daromadlarini
tiklanishiga xizmat qildi. Xususan,
I yarim yillikda aholining real daromadlari 10,8 foizga oshib , iste'mol talabini rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi.
Asosiy eksport tovar pozitsiyalari bo‘yicha tashqi konyunkturaning yaxshilanib borishi
fonida
eksport tushumlari hamda
transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi yilning
dastlabki olti oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
1,4 barobarga o‘sdi.
Tashqi inflyatsion vaziyat keskinligicha saqlanib qolmoqda. Xususan, 2021 yil boshidan
Xitoydan tashqari boshqa asosiy savdo hamkorlarda inflatsiya darajasining Markaziy
bank target ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lishi, ushbu davlatlarda asosiy stavkani
oshirish va pul-kredit siyosatini qat'iylashtirish bo‘yicha ta'sirchan choralar ko‘rilishiga
sabab bo‘lmoqda.
Inflatsiya va inflyatsion kutilmalar 2021 yilning
iyun oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflatsiya darajasi may oyida kuzatilgani
kabi
10,9 foizni tashkil etib, so‘nggi 4-5 oydan beri deyarli o‘zgarishsiz shakllanmoqda.
Iyun oyi yakunlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining yillik o‘sishi