Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblashish. Kumulyativ usul (yillar yigi usuli)da xar yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga kadar kolgan a» tizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobot tugagunicha kolgan to‘liq yillar yigindisini amortizatsiya muddatini belgilaydi: yillarning tartib soniga bulib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljal asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yigindisi quyidagicha bo‘ladi
5+4+3+2+1=15 yil. (ming so‘m hisobida)
Kumulyativ usuld amortizatsiya hisoblash jadvali
| | | | |
| | | | |
Yillar
|
Balans qiymati
|
Iillik amortizatsiya summasi
|
Jamgarilgan amortizatsiya
|
qoldik kiymati
|
1-yil
|
5000
|
(5/15*4800)=1600
|
1600
|
3400
|
2-yil
|
5000
|
(4/15*4800)=1280
|
2880
|
2120
|
3-yil
|
5000
|
(3/15*4800)=9600
|
3840
|
1160
|
4-yil
|
5000
|
(2/15*4800)=6400
|
4480
|
5200
|
5-yil
|
5000
|
(1/15*4800)=3200
|
4800
|
200
|
Jadvallardan kurinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashishning oxirgi ikki usu.i asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajrat> lari ob’ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan or bo‘ladi Ushbu usullar ishlab chiqarishga taallukli asosiy vositalarni hisoblashish uchun qo‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraletfoydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bulmaydi. Keyingi yilda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab utkazilgan hisobot davgri buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning ayrim ob’ekt bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamgarish yuli bilan yoki ob’ektlarga dastlabki qiymatini kamaytirish yuli buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasg quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
0211-«Erni obodonlashtirishning eskirishi»;
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarkie eskirishi»;
0220-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalarning eskirishi»;
0230-«Mashina va jixozlarning eskirishi»;
0240-«Mebel va ofis jixozlarining eskirishi»;
0250-«Kompyuter jixozlari va hisoblashish texnikasining eskirishi»;
0260-«Transport vositalarining eskirishi»;
0270-«Ish xayvonlarining eskirishi»;
0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi»;
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»;
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarga hisoblangan va xissa lanayotgan eskirish summalari ko‘rsatiladi. hisobvaraqlarning debetida asosiy vosita:-hisobdan chiqarish paytida unga hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilki aks ettiriladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summala: xarajatlarga o‘tkaziladi.
Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazilganida quyidagicha yozuv
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
K-t Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Agar da eskirish davr xarajatlariga o‘tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlar»
K-T Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
♦ Nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruxlarga bulib, ularni hisobga
olishni tashkil qilish;
Nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga doir me’yoriy xujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
Korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi ozalariga va me’yoriy xujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash;
Mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish;
Eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni soddalashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: |