PERU
Rasmiy nomlanishi Peru respublikasi
Mustaqillik sanasi 1821- yil 28- iyul (Ispaniya mustamlkasi bo’lgan) Rasmiy tili Ispan va Kechua
Poytaxti Lima
Yirik shaharlari Lima
Boshqaruv shakli Prezident respublikasi
Maydoni 1,285 mln km.kv. (dunyoda 19o’rinda)
Aholi soni 27,56 mln kishi (dunyoda 39-o’rinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 21,4 kishi
Pul birligi Yangi sol (PEN kod 604)
Geografik joylashishi. Peru Respublikasi — Janubiy Amerikada joylashgan davlat bo’lib, shimoli-g‘arbda — Ekvador, shimolda – Kolumbiya, sharqda —
36
Braziliya, janubi-sharqda — Boliviya bilan chegaradosh. G’arbiy tomondan — Tinch okean sohillari yuvib turadi. G’arbda Tinch okeani sohillari bo’ylab qirg’oq (Kosta) vodiylari yoyilgan. Shimolda — And tog’ tizmalari tepaligi va 6768 m keladigan — Uaskaran tog’lari bo’y cho’zadi. And tepaliklarining g’arbiy qism etaklarida ora-orada ko’chatlar va kaktuslar shimol va sharqda esa — yuqori tog’ tropik o’rmonlari, janubi-sharqiy qismda esa — yarim cho’llar yoyilgandir. And etaklarining sharqiy qismi va Selva vodiylarida — hamisha yashil nam o’rmonlar yoyilgan. Mamlakatning janubiy qismida — 15 ga yaqin tinib turgan va amaldagi vulqonli tog’lar mavjud bo’lib, ulardan eng balandi — Misti vulqonli tog`i hi- soblanadi (5822 m). 3500 m dan baland bo’lgan tog’ etaklari quruq baland tog’ dashtlari bilan, pastki qismlarida esa - g’arbiy etaklarda quruq tog’ o’rmonlari, sharqiy qismida esa tropik o’rmonlarni tashkil etuvchi hamisha yashil ko’chatlar va daraxtlar bilan qoplangan.
Mamlakatda — mis, temir, stink, qo’rgoshin, kumush, oltin, simob, vismut, molibden, sera, surma va barit konlari topilgan. Peru hududidagi iqlim sharoitlari o’ta har xildir. Sohil bo’ylarida havo harorati yil bo`yi: +16° C, +25° C da turadi. Tog’li hududlarda iqlim mo’tadil bo’lib, qish (iyun oyidan oktyabr oylariga qadar) faslida o’rtacha: +4° C,+6° C ni, yoz oyida: + 16° C dan +17° C gacha, vodiylarda:
+24° C ni tashkil etadi. 3500 m baland bo’lgan joylarda tog’ iqlimi aniq namoyon bo’lgan “puna” zonalari boshlanib, havo harorati qish faslida: - 0° C dan - 7° C gacha, yoz faslida esa: +3° C dan - 7° C buladi. Selvaning adirli hududlarida havo harorati, yozda: +18° C dan 27° C gacha, qish faslida: +16° C dan +26° C gacha bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |