8-Mavzu Katta Xorazm Qadimgi Xorazm davlati. Qadimgi Xorazm davlati to‘g‘risida tarixiy yozma manbalar. Massagetlar xorazmliklarning ajdodlari. Qo‘yqirilgan qal’a. Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti.Yozuv madaniyati, pul muomalasi, amaliy tasviriy va me’morchilik san’atining rivojlanishi.
9-Mavzu Ahmoniylarning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi va hukmronligi. Gerodotning yozishicha, Kir II Midiyani bosib olgandan so‘ng, uning yo‘lida Vavilon, Baqtriyaga qarshi esa lashkarboshilaridan birini yuboradi. Shunga qaraganda, Kir II Markaziy Osiyo xalqlarining kuch-qudrati va harbiy tayyorgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lgan. Kir II ning Markaziy Osiyoga yurishi haqidagi ayrim ma’lumotlar grek tarixchisi Ktesiyda berilgan. Uning yozishicha, Kir «baqtriyaliklar bilan urushgan va urushda hech qanday tomon ustunlikka erishmagan». Faqatgina baqtriyaliklar Ahamoniylar davlatining ichki siyosiy ahvoli mustahkamlanganligini (Midiya hukmdori Astiagning Kir oldida taslim bo‘lishi) bilganlaridan so‘nggina, Kirga «ixtiyoriy» bo‘ysunganlar Doro I (er.av. 530-522 yy.) tomonidan o‘yib yozilgan «Bexustun» yozuvlari Ahamoniylar davri tarixini o‘rganishdagi muhim manba hisoblanadi.
10-Mavzu Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari. Iskandar (miloddan avvalgi 356-323 yillar) qadimgi dunyoning yirik lashkarboshi va davlat arboblaridan biri. U siyosatda o‘ta ehtiyotkor, o‘ta ayyor va hushyor davlat arbobi edi. U yirik lashkarboshi sifatida antik davr harbiy san’atining rivojlanish tarixida katta iz qoldirdi. Jahongir yangi tipdagi otliq qo‘shin tuzdi, unda jangovor intizom tartib-qoidalarini ishlab chiqdi. Jang qilish usullarini ishlab chiqdi.U tezlik, qat’iylikni jangdagi g‘alabani ta’minlaydigan omillardan deb tushundi.Mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri tahlil qilish, unga to‘g‘ri baho bera bilish, dushmanni yaxshi o‘rganish zarurligini jang qilishning asosi deb bildi. Zarur paytda u ehtiyotkorlik chidam va matonat bilan ish tutdi. U hech qachon hushyorlikni o‘zidan tark etmadi.