Buxoro davlat pedagogika instituti


-Mavzu Avesto - Vatanimiz tarixini O‘rganishda muhim manba



Yüklə 66,58 Kb.
səhifə3/16
tarix08.11.2023
ölçüsü66,58 Kb.
#131282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'zbekiston tarixi 1kurs Kechki fan dasturi 21.10.2023.

6-Mavzu Avesto - Vatanimiz tarixini O‘rganishda muhim manba.
Zardushtiylik ta’limoti, uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni. Yozuv madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki diniy qarashlar. O‘rta Osiyo shaharlarining jahon shaharsozlik madaniyatida tutgan o‘rni. “Avesto”. “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”. “Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi.“Avesto”ning insonning ma’naviy hayotini shakllantirishdagi o‘rni. Azaliy milliy ma’naviyatimiz Navro‘z misolida. Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p yillik milliy qiyofamiz, oliyjanob urf- odatlarimizning betakror ifodasi ekanligi.
7-Mavzu O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.Qadimgi Baqtriya va Sog'diyona.
Davlatchilik tushunchasi. Davlat tuzilmalarining shakllanish shartsharoitlari va omillari. Ilk shaharlar va davlatchilik taraqqiyoti o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik. Ilk shaharlar dastlabki davlatlarning asosi.Vatanimiz hududlarida dastlabki boshqaruv tizimining shakllanishi. Mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, mahsulot ayirboshlash, xususiy mulk va turli ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelishi. O‘lkamiz hududlarida dast­labki davlatlarning tashkil topishi. Ilk davlatchilik shakllari xususidagi munozaralar. Qadimgi Xorazm davlati. Xorazm haqidagi yozma va arxeologik ma’lumotlar, hududiy chegaralari masalalari. “Katta Xorazm”. Xorazm davlati O‘zbek davlatchiligining qadimiy poydevori ekanligi. Qal’aliqir, Ko‘zaliqir va boshqa yodgorliklar. Xorazm davlatda ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot.Qadimgi Baqtriya davlati. Yozma va arxeologik ma’lumotlar. Baqtriyaning hududiy chegaralari.Baqtriya, Qiziltepa va boshqa shaharlar. Ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot. Tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalar. Sug‘d (Sug‘diyona) va uning hududi. Sug‘d arxeologik va yozma manbalarda. Ko‘ktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.

Yüklə 66,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin