1-tajriba. Yog’ tóqima. Yog’ tóqimalarining tuzilishini tablisa va slaydlar
orqali kórib
chiqamiz, keyin esa mikroskopik tuzilishini órganamiz. Preparatda
yog’ hujayralari yirik yumaloq shakldagi bóshliqlar holida kórinadi,
chunki
preparatni tayyorlash jarayonida ulardagi yog’ erib ketdi. Biroq bu hujayralar
doimo yumaloq shaklda ega emas. Agar yog’ hujayralari juda zich joylashib yog’
tóqimasini hosil qilgan bólsa, ularning shakli kóp qirrali bóladi. Yog’
hujayra-
larining yadrolari ovalsimon, tóq binafsha rangli bólib, hujayraning chetki qismida
joylashadi. Preparatda yog’ hujayralarining hammasida ham yadrosi kórinaver-
maydi.
27-rasm. Oq rangli yog’ to’qimaning sxemasi 1-yog’ hujayrasining o’zagi; 2-yog’ tomchisi
erib ketgandan keyin qolgan bo’shliq; 3-biriktiruvchi to’qima.
Chunki hujayralar yirik bólganligi uchun kesmaga yadrolari tushmasligi ham
mumkin. Preparatda kóndalang-targ’il mushak tolalarining tutamlari oralarida yog’
hujayralari tóp-tóp bólib yotadi. Bu tóplamlar biriktiruvchi tóqima
yordamida
ózaro tutashib yog’ tóqimasini hosil qiladi.
2-tajriba. Retikulyar tóqima (limfa tugunidan tayyorlangan). Retikulyar
tóqima retikulyar hujayralar va retikulin tolalarining yig’indisidan iborat bólib,
ózida oraliq amorf moddasini tutmasligi bilan biriktiruvchi tóqimaning boshqa
хillaridan farq qiladi. Prepapatga kichik ob’ektiv ostida
qarab limfa tugunining
yorug’ joylarini-sinuslari topiladi. Sóng katta ob’ektiv ostida retikulyar hujayralar
yulduzsimon shakliga ega ekanligi va bir birlari bilan ósimtalar orqali tutashib
retikulyar tóqimani hosil qilishi kózdan kechiriladi. Bu tóqima
hujayralarining
sitoplazmasi och pushti rangga bóyalgan bólib, yumaloq yoki oval shaklga ega
bólgan yadro atrofida tor хalqacha hosil qilib yotadi. Retikulyar tóqimaning
oralarida limfotsitlar soni ba’zi joylarda juda kóp bólganligi
sababli retikulyar
sintsitiysi aniq kórinishga ega bólmaydi. Preparatda retikulin tolalari kórinmaydi,
ularni kórish uchun kesmani kumush nitrat tuzi bilan impregnatsiya qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: