Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya


-rasm. Suyakning embrional rivojlanishi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

 
33-rasm. Suyakning embrional rivojlanishi. 
2-tajriba. 
Tog’ay órnida suyak rivojlanishi (embrion oyog’idan 
tayyorlangan). Embrion taraqqiyoti davomida dastlab bólajak naysimon suyaklar 
órnida gialin tog’ay hosil bóladi. Gialin tog’ay bólajak naysimon suyak shaklida 
bólib, keyinchalik uning diafiz qismida suyaklanish jarayoni boshlanadi. Diafizda 


suyaklanish dastlab tog’ayning ustki pardasi ostidan boshlanadi. Hosil bólgan 
suyak moddasi diafizni хuddi belbog’ singari óraydi. Bu jarayon periхondral 
suyaklanish deyiladi, sóngra periхondral belbog’ órab turgan joyda oziqlanishning 
buzilishi tufayli tog’ayda distrofik ózgarishlar yuz berib, uning emirilishiga olib 
keladi. Emirilayotgan tog’ay órnida ham ichki suyak hosil bóla boshlaydi. Bu 
jarayon endoхondral suyaklanish nomini olgan. 
Tog’ay diafizdan har ikkala epifiz tomon suyaklanib boradi. SHu sababli 
preparatda suyaklanishning turli boskichlarini óz ichiga olgan murakkab jarayonni 
kórish mumkin. Chunonchi, diafiz qismida shakllana boshlagan suyak moddasi
epifizga tomon esa emirilayotgan tog’ay va undan keyin normal tog’ay zonalari 
kórinadi. Shunday kilib, preparatda suyak diafizida hosil bólayotgan suyak 
tósinlarini kórish mumkin. Suyak tósinlari tóq pushti rangga bóyalib, ularning 
chetlariga osteoblast hujayralari yopishib yotadi. Tósinlar ichida osteotsitlar 
joylashgan. Suyak tósinlari orasida mezenxima joylshib, unda kópgina qon 
tomirlarni kórish mumkin. 
34-rasm. Tog’ay modadan suyak hosil bo’lishi 
Tog’ayning yemirilish zonasidan sóng, uning ohaklanish zonasi joylashgan. Bu 
erda suyak tósinlari bilan óralgan tog’ay qoldiqlari kórinadi. Ular tog’ayning 
bazofil bóyaluvchi hujayralararo moddasidan iborat. Sóng pufaksimon hujayralr 
zonasi yotadi. Bu erda tog’ay hujayralari shishib, och bóyaladi, yadrosi esa 
burishib emiriladi. Demak bu zonada tog’ayning emirilishi boshlanadi. Preparatni 
epifizga tomon kóproq siljitsak, tog’ay hujayralari qator-qator bólib tizilib 


yotganini kóramiz. Hujayralarning bu kórinishi ustma-ust yotgan tangachalarni 
eslatadi. Shu sababli bu qatlam hujayralarini ustunchalar zonasi deb ataladi. Bu 
qatlamdan sóng normal tog’ayning keng zonasi kózga tashlanadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin