Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/48
tarix24.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#116137
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Buxoro davlat universiteti biologiya kafedrasi gistologiya

Topshiriqlar: Atlas yordamida órganilgan preparatlar rasmini albomga 
chizish, ularni izohlash va ma’lum kónikmaga ega bólish. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Yangi hosil bólayotgan suyak tósinlari qanday tuzilishga ega? 
2. Osteoblast hujayralarining joylashish órni. 
3. Osteoklastlar qanday tuzilishga ega? 
4. Suyak moddasida qon tomirlar qaerda joylashgan? 
5. Suyaklanish bosqichlarini tushuntiring. 
18-mashg'ulot. Mavzu: Naysimon suyakning tuzilishi. 
Nazariy tushuncha. Naysimon suyakda anatomik jihatdan diafiz va epifiz 
qismlari tafovut qilinadi. Diafiz qismi naysimon shaklda bólib, devori kompakt 
qismdan tashkil topgan. Kompakt moddasi esa bir biriga zich birlashib ketgan 
suyak plastinkalaridan tashkil topgan. Epifizlar esa tashqi tomonidan yupqa kom-
pakt suyak bilan qoplangan bólib, ichki tomoni g’ovak moddadan tashkil topgan. 
Suyak tashqi tomonidan yupqa biriktiruvchi tóqimali parda bilan, ya’ni suyak usti 
pardasi bilan óralgan. Suyak ichki kanali esa juda yupqa parda (endost) bilan suyak 
kómigidan ajralib turadi. Naysimon suyakning diafizida quyidagi qavatlar: tashqi 
umumiy suyak plastinkalar sistemasi, osteonlar (Gavers) sistemasi va ichki 
umumiy suyak plastinkalari sistemalari tafovut qilinadi. Tashqi suyak plastinkalar 
tizimining qalinligi 4-12 mkm bólib, bir biriga parallel yónalgan bir necha 
plastinkalar yig’indisidan iborat. bu plastinkalar suyakni tashqi tomondan butunlay 
órab turadi, lekin plastinkalarning oхiri bir biri bilan tutashmay, ustma-ust 
joylashib tugaydi. Bu qavatda teshib ótuvchi kanallar joylashib, ular orqali suyak 
usti pardasidan suyak ichiga qarab qon tomirlar ótadi. bu kanallar oziqlantiruvchi 
kanallar bólib, óz devoriga ega bólmaydi va Folkman kanallari deb ataladi. 
Bundan tashqari, suyak usti pardasidan har хil burchak hosil qilib, suyakka 
tomon kollagen tolalar yónaladi, bu tolalar osteonlar qavatiga etib kelishi mumkin. 


Suyak devorining órta qavatini osteonlar hosil qilib, ular kompakt suyakning 
struktura birligi hisoblanadi. Osteonlar ham plastinkalardan iborat bólib, ular 
konsentrikhalqalar sifatida qon tomirlarni órab joylashadi. Osteon markazida qon 
tomir joylashadi. Osteon halqalarini hosil qilgan plastinkalarning ossein tolalari óz 
yónalishiga ega bólgani uchun suyakning bóylama va kóndalang kesmalarida 
plastinkalarni aniq ajratish mumkin. Osteonlar bir-biriga zich tegib yotmaydi, balki 
ular orasida kontsentrik halqa hosil qilmaydigan suyak plastinkalari joylashadi. Bu 
plastinkalar oraliq yoki interstisial plastinkalar deb nomlanadi. Naysimon 
suyakning markazida endost bilan qoplangan suyak kómigi kanali joylashib, u 
bilan osteon tizimi oralig’ida ichki umumiy suyak plastinkalari joylashadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin