Jadval №1
Jurnal sahifalarida tarixiy yodgorliklar tarixi
masalalarga oid maqolalar
T/r
|
Maqola nomi
|
Muallifi
|
Jurnal soni
|
1.
|
Ahmad Donishning uyi qayerda
|
S.Qurbonov
|
2006 yil 4-son
1- 6 betlar
|
2.
|
Islomiy unvon olgan qal`a
|
H. Asadov
|
2008 yil 2-son 37-38 betlar
|
3.
|
Malaviy Sharif madrasasi
|
A. Jumanazar
|
2009 yil 1-son 49-50 betlar
|
4.
|
Moziyning noyob gavhari (Mozori Sharif )
|
I.Muhsinov,
M.Muhsinova
|
2009 yil 2-son 48 bet
|
5.
|
Zavol bilmas qadriyat
( I.Somoniy maqbarasi)
|
X. Rahimov
|
2010 yil 2-son 34-35 betlar
|
6.
|
Arslon xon minorasi
|
G`. Karimiy
|
2010 yil 3-son 24-28 betlar
|
7.
|
Shohi Zinda
|
A.Ibrohimov
|
2010 yil 4-son 11 betlar
|
8.
|
Nodir Devonbegi
|
I.Muhsinov,
M.Muhsinova
|
2011 yil 3 44-45 betlar
|
9.
|
Buxoro tarixi yoki uning yoshi xususida
|
U. Rashidov
|
2011 yil 3-son 42-43 betlar
|
10.
|
Yangibozor Toshmachiti tarixi
|
Q. Jumayev
|
2012 yil 1-son 38-39 betlar
|
11.
|
Ko`hna Buxoro Chorbog`lari
|
R. Qilichev
|
2014 yil 4-son 52-53 betlar
|
12.
|
Xo`ja Peshko` xonaqosi
|
I. Muhsinov ,M. Muhsinova M
|
2015 yil 4-son 43-44 betlar
|
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki Buxoro vohasi tarixiy yodgorliklarga juda boy vohalardan biridir. Uning boy tarixini o`rganish yo`lida ko`pgina tadqiqot olib borilgan bo`lsada, vohasi tarixi qadim o’tmish zarvaraqlariga borib taqalganligi, haliyam o`z yechimini topmagan masalalar juda ko`pligini ta’kidlashimiz mumkin. Voha tarixini o’rganish va kelajak avlod vakillariga o’rgatib borish tarixiy taraqqiyotning muhim shartidir.
Shu o’rinda “Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida davrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalari bilan bir qatorda, tarixiy yodgorliklarga oid ma’lumotlar ham keltirilgan bo’lib, biz yuqorigi ushbu yo’nalishdagi maqolalarni ayrimlarini tahlil qildik. Ushbu maqolalar O`zbekiston tarixi xususan, Buxoro vohasining tarixini o’rganib kelajak avlodga yetkazishda o’z davrining asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qila oladi.
2.2 “Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida etnografik masalalarining yoritilishi
Dunyoda har qanday xalq bordirki, uning o’z o’tmishi, o’z tarixi mavjud. Xalqimizning tarixni o’rganish, turmush tarzi bilan tanishish, an`anaviy hunarmanchilik, urf-odat va an’nalarni tadqiqot etishda jonbozlik ko’rsatayotgan etnograf tarixchilarning eng asosiy vazifalaridir biridir. Biz ana shu tarixchi olimlarimiz qilgan ilmiy tadqiqot ishlarining qanchalik ahamiyatga ega ekanligini “Buxoro mavjlari” jurnali sahifalarida chop etilgan etnografik tadqiqotlar orqali o’rganishni maqsad qilidik.
XX asr boshlarida siyosiy- iqtisodiy bo`xronlarga qaramay, Buxoroda asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan xalq amaliy san`ati yashashni davom ettirdi. Uning boy va xilma-xil turlari hamda shakllari orasida Buxoro naqqoshligi va miniatyurasini alohida ta`kidlash mumkin. Bu hunarni yangi yuz yillikga opichlab olib chiqqan serqirra xalq ustalari Nabijon Hafizov va Sadriddin Pochchayevlar ekanligi barchamizga ma`lum. Mana shunday xalq amaliy san`atda o`zini ko`rsata olgan Sadriddin Pochchayev haqida maqola yozgan Q.Jumayev quyidagilarni keltiradi: “Sadriddin Pochchayev Buxoro amiri Abdulahadxon (1885- 1910) hamda Mir Sayid Olimxon (1911-1920) hukumronligi davrida saroy zavgari sifatida Arkoni davlatdagi maxsus saroy hunarmandlari shug’ullanadigan joyda faoliyat ko`rsatadi. Bu yerda ko`plab ustalar qatori mohir zargar Sadriddin Pochchayev ham zargarlik zebi- ziynatlari va saroy buyumlarini yasaydi, maxsus yerto`lada kumush va oltindan Buxoro tangalarini zarb qilishda ishtirok etadi. 1920-1924 yillarda tashkil etilgan hunarmandlar shirkatida faolyat ko`rsatadi. Yangi shakldagi predmetlar sigaret quttichasi, tamakidon, sandiqcha va boshqa turli xil buyumlar yasaydi. Ammo qimmatbaho metallar: oltin, kumush va toshlar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga o`tgach, zargarlar taqib ostiga olingach, Sadriddin Pochchayev o`zi uchun yangi hunar - miniatyuralar chizishga kirishadi. Musavvir bu sohada ham sezilarli yutuqlarga erishadi. Sadriddin Pochchayevning miniatyurachi usta sifatida ilk ishi Buxoro so`nggi amirining buyurtmasi, hind traktati “Lazzatil niso” qo`lyozmasiga ishlangan illiyustratsiya-miniatyuralari hisoblanadi. 50 dan ortiq miniatyuradan iborat bu qo`lyozma Buxoro davlat badiiy me`morchilik muzey qo`riqxonasi fondida saqlanmoqda7574.
XIX-XX asr boshlaridagi o`zbek miniatyurasining so`nggi vakili hisoblangan Sadriddin Pochchayevning 28 dona alohida qog`ozga chizilgan miniatyura asarlari Buxorodagi Kamoliddin Behzod nomidagi “ San`at muzeyi”da saqlanmoqda.
Olim ushbu miniatyuralarni 4 guruhga bo`lish mumkin ta’kidlab o’tadi. 1.Me`moriy yodgorliklar tasviri. 2. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan miniatyuralar. 3.Qo`lyozma kitoblarga ishlangan miniatyuralar . 4. Zamonaviy mavzuda chizilgan miniatyuralar. Sadriddin Pochchayev 1920-1930 yillarda chizgan ushbu miniatyuralarning birinchilari Eron va Hindiston miniatyuralaridan nusxa ko`chirib yaratilganligidir. “Tusdagi maqbara”1925 y, “Eron arxitektura yodgorliklari” 1925 y, “ Varshava me`moray obidalari” 1926 y, “ Turkiya me`moriy yodgorliklari”, “Turkiyadagi masjid “ 1927 y va “ Ka`ba masjidi“ 1927 y shular jumlasidandir. Maqoladi ushbu mashqlardan keyin Sadriddin Pochchayev Buxoro yodgorliklarini naturadan chizishga jazm qiladi ta’kidlanadi. Muallif uning “Ismoil Samoniy maqbarasi” 1929 y, “Chor Minor” 1929 y va boshqa kabilardan tashqari ijodkor miniatyurachi rassom kitob miniatyurasiga ham kirishib, “Lazzatil niso “ illiyusturasidan tashqari u Abdurahmon Jomiyning “ Yusuf va Zulayho “ dostoniga, Alisher Navoiyning “Farxod va Shirin” dostoniga , “To`tinoma” qo`lyozmasiga miniatyuralar ishlagan, an`anaviy O`rta Osiyo kitob miniatyurasini XX asrga olib o`tgan xassos musavvir sifatida san` at tarixiga kirdi.”7675 – deb, Sadriddin Pochchayevni ulug`laydi. Ushbu maqola juda ham qiziqarli yozilganligi va aniq faktlar bilan boyitilganligini hisobga olgan holda Buxoro miniatyurasi tarixidan joy oldi.
Kitobat san`atida qolaversa, manbalarni ko`chirganda xattotlik san`ati muhim rol o`ynaydi. Xattotlar faoliyatlari davomida ya`ni kitoblarni ko`chirganda, maxsus yozish usullaridan foydalanganlar. Mana shunday maxsus yozuv turlarini o`z maqolalari orqali ochib berishni maqsad qilgan tadqiqotchimiz H.Jo`rayevdir76. Uning birgina : “Mashhur xattotlar xatlarining chiroyli va jozibador bo`lishi uchun arab harflarini har biriga oro berishda harakat qilganlar. Arab harfi bilan yoziladigan 36 xat shakli mavjud. Bu husnixatlar kaligrafiya nomi bilan shuhrat topgan. Ajdodlarimiz tasarrufida bo`lgan o`lkada xususan, Sharq mamlakatlarida “Buxoro xattotlik maktabi”, “Xorazm xattotlik maktabi”,”Farg`ona(Qo`qon) xattotlik maktabi” “Samarqand xattotlik maktabi” va “Toshkent xattotlik maktabi” kabi bir necha yirik sa`nat markazlari mavjud bo`lgan. Ularda husnixat sa`natining quyidagi uslublari mavjud:
Ko’fiy xati - al- xat-ul-ko’fiy. Ko’fa shahrida VII asrda ijod etilgani uchun “ko’fiy” deyilgan. Qur’on nusxasi dastlab ko’fa harflarida ko’chirilgan.Muhaqqaq xati- klassik oltilikka kiruvchi arab yozuv turlardan biri, bu yozuv turida harflarning ko`proq qismi tekisdir. Tikka chiziqli harflar juda uzun yoziladi. O`ramlarning uchi ingichka bo`lib tugaydi. Rayhoniy xati – muhaqqaqdan kelib chiqqan. Muhaqqaq va Rayhoniy xatlarining ixtirochisi Ibn Bavvob bo`lgan. Rayhoniy chiroyli yozuv uslubi bo`lib, aylanma shakli harflar “suls” xatiga qaraganda yotiqroq, “vov”, “re”, “mim” harflari cho`ziqroq yoziladi.
Suls – bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi demakdir. Mazkur yozuv ulubi harflar buramaning to`g`ri chiziq qismiga nisbatan o`n uch yoki yigirma oltini tashkil etadi. Bu yozuvda “alif”, “dol” va “lom” harflari “gajakli” bo`ladi. Boshlanishida strelkaning yarmiga o`xshash tugaydi. To`rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloqdir. Riqo` xati – harflar bir-biriga qurama qilib yoziladigan yozuv turidir. Bu yozuv Turkiyada Usmoniylar xalifaligi davrida keng iste’molga bo’lgan. Riqo’ xati oddiy maktublarni tez bitishda qo’llanilgan. Divoniy xati – devonxona, daftardor, kotiblarning bir turli shikasta xati. Bu yozuv “gajak” qilib yozilgani uchun ham o’qilishi ancha mushkuldir
Nasx xati – xattotlar tomonidan keng qo’llanilgani uchun ham shunday nom olgan. Nasxning arab tilidagi ma’nosi o’chirish, bekor qilish bo’lib, bu xat turi ijod qilinishi bilan boshqa xat turlari mansix qilinib, chetga chiqarilgan.”77 izlanishlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Inson ko`nglining nozik nuqtalaridan toshib chiqadigan ko’ngil bitiklari husnixatimizda aks etadi. Uning qachalik samimiy, beg’ubor, ishonchli bo’lishi o’zimizga bog’liq. Shu bois farzandlarimizning husnixati chiroyli bo’lishi faqat o`qituvchilarning emas, balki ota-onalarning ham muhim vazifalari sirasiga kiradi. Maqola so`nggida keltirgan bu fikrlaridan muallifning tarixni hozirgi zamon bilan bog`laganligini ko`rishimiz mumkin.
Qadimgi svilizatsiya o`choqlaridan biri bo`lgan Buxoro shahrida qachondan boshlab qog`oz sanoati vujudga kelgan degan savolga javob topishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan tadqiqotchimiz R.Qilichev “Buxoroda qog`oz sanoati tarixidan” sarlavhasi ostida maqola yozib, quyidagicha ta`riflaydi :” Markaziy Osiyoda shu jumladan, Buxoro shahrida XIX asrda ancha rivoj topgan hunar sohalaridan biri qog`oz tayyorlash bo`lgan. Ammo biz ko`rgan manbalarda Buxoroda qachondan boshlab qog`oz tayyorlana boshlanganligi haqida biron bir ma`lumot uchramaydi. Faqat V.Vyatkin tadqiqotida Buxoroda qog`oz tayyorlash 1252-1253 yillar oralig`ida paydo bo`lganligi va shoyi qog`oz tayyorlanganligi haqida manbasida qayd qilingan. A.Semyonov va N.Sinyakovskiylarning qog`oz objuvozlar joylashgan manzil haqida bir-biriga zid bo`lgan ammo juvozi qog`ozi degan qishloq haqiqatan ham bo`lganligi haqidagi ma`lumotlarni hisobga olib, tadqiq qilish jarayonida shunday xulosaga keldikki ular so`z yuritayotgan qog`oz objuvozlar taxminan hozirgi Galaosiyo hududlarida joylashgan edi. Nega deganda hozirgi Galaosiyo Buxoro amirligi tuzumi davrida Vobkent tumaniga qarashli bo`lgan va unga Samarqand darvozasi orqali chiqib borilgan. 1863-yilda Markaziy Osiyoning ko`plab shaharlarda bo`lgan mojar sayyohi va olimi H.Vamberi “Buxoroda tayyorlangan yozuv qog`ozlarining shuhrati nafaqat Turkistonga balki qo`shni mamlakatlarda ham tarqalgandir. Bu qog`ozlar ipakdan tayyorlangan bo`lib, silliqligi va yupqaligi bilan arab yozuvi uchun juda qulaydir” deb yozib qoldirgan. Qog`oz tayyorlovchi usta – qog`ozrez , qog`ozni oharlovchi – muhrkash, paxta yurituvchi usta – paxtachoy, qog`ozga oy qiluvchilar ohorchi qog`ozni qurutish uchun devorga yopishtiradigan, usta – qog`ozchaspon deb atalgan”78 Ushbu tadqiqot eng muhim va bugungi kunga qadar yetib kelgan mahalliy hunarmanchilik turi tog’risida atroflicha ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidir.
O`rta Osiyo xalqlarni sharqu-g`arbga mashur qilgan gilam boflik san`ti haqidagi B.Nasimov maqolasi ham gilam boflik voha hunarmandchiligidagi asosiy yo’nalishlardan biri bo’lganligini tasdiqlaydi79. Muallif gilam boflik san`ati qolaversa, uning markazlari hamda mashhurligi to`g`risida fikr yuritib: “Qadimgi antik yozma manbalarda gilam boflikka oid ma`lumotlar saqlanib qolingan. Xitoy tarixiga oid adabiyotlarda Markaziy Osiyodan ( Qoshg`ar, Xo`tan, Qobul) turli xil ashyolar bilan bir qatorda gilamlar ham olib kelinganligi to`g`risida xabarlar uchraydi. Markaziy Osiyoning aholi zij joylashgan ayrim markazlarida keng yo`lga qo`yilganligi to`g`risida ham ma`lumotlar bor. Xitoy tarixida iz qoldirgan Tan sulolasi (VII asr ) hukumronligi davriga oid tarixiy manbalarda Naxshab tumanida aholi ipak va jundan turli rangdagi gilamlar to`qilganligi to`g`risidagi dalillar mavjud, ayniqsa Boshiri gilamlari (Boshir gilamlari) juda mashhur bo`lgan. Arab va fors manbalarda ayniqsa, Tabariy, Narshaxiy, Maqdisiy (VII-XI asr) asarlarda O`rta Osiyo, Xuroson, Shimoliy Afg`oniston xalqlari gilam bofligiga oid ma`lumotlarni uchratish mumkin. Bu muarrixlarning guvohlik berishicha Buxoro va Xorazmdan ipak yo`li orqali qator davlatlarga turli xil gilam va gilam bofligiga oid matolar Robujo va tosh shaharlarda namoz o`qishga mo`ljallangan gilam va joy namozlar olib ketilgan. X asr boshlarida yashagan buyuk tarixnavis “Buxoro tarixi” asarining muallifi Narshaxiyning yozib qoldirishicha Buxoroda gilam va gilam boflikka oid matolar maxsus ustaxonalar, do`konlarda bo`lgan. Imom al-Buxoriy zamonlarida Buxoro shahristonining sharqiy tomonida “Bayt ut- tiros” rastasi bo`lib, unda asosan gilam to`qiydigan ustalarning do`konlari joylashgan”80. Shuningdek muallif sayyohlarning estaliklariga murojaat qilib : “ Mashhur sayyoh Klavixoning kundaliklarida Sohibqiron Amir Temur saroyidagi ko`zni qamashtiruvchi cho`g`day gilamlar to`g`risida ko`pgina ma`lumotlarni uchratish mumkin. O`rta Osiyo tarixi bilan qiziqqan G`arbiy Yevropalik sayyoh Jenkonson o`zining “O`zbeklar hukumdori Temur sulton tomonidan Mang`ishloqda qabul qilinganligi to`g`risida quyidagilarni yozadi “ Sulton qasrda ham emas, shaharda ham emas cho`lda yashar edi” men uning huzurida bo`lganimda u qamishdan qilingan kichkina doira uyda o`tirardi . Uning tashqi tomoni gilamlar bilan o`ralgan edi”. Ma`lumki XVIII-XIX asrlarga kelib chor Rossiyasining O`rta Osiyoga qiziqishi ortganligi hammamizga ma`lum. Shu davrlardagi tarixiy manbalar, hisobotlar , o`zaro yozishmalar, Buxoro amirligi Qozon xonligidagi hududlarida, yirik tumanlarida gilamboflikning yaxshi rivojlanganligi to`g`risida ko`plab ma`lumotlar uchraydi”81
Jurnal sahifalarida Buxoro shahri hunarmandchiligida shogirdlikdan ustalik darajasida erishganligi munosabati bilan shogird tomonidan o`tkaziladigan “ Miyonbandi” yoki “Kamarbandi” - belbog`lash o`tkazilib turilgani haqida keksa hunarmandlar orqali bilib olamiz —deb, o`z maqolasini boshlagan R.Qilichev. Tadqiqotchi ushbu marosim haqida quyidagilarni ta’kidlaydi. “Shogird marosimni o`tkazish uchun uyushma oqsoqoli huzuriga maslahatga borgan. Oqsoqol shogirdning moddiy ahvolini hisobga olib, marosimni qanday tashkil qilish, kimlarni taklif qilish, dasturxonni qanday bezash haqida maslahat bergan. Shundan so`ng o`z ustoziga boshidan oyoq sarpo, bobo va oqsoqolga chopon xarid qilib, ularni va uyushmaning boshqa a’zolarni uyiga taklif qilgan. Belgilangan kunga barcha taklif qilinganlar shogird uyida to`planib, mahalla imomi boshchiligida Fotixa o`qilgandan so`ng “Miyonbandi” marosimi boshlangan. Usta shogirdini davrani o`rtasiga tik turg`azib qo`yib, unga qarab “takbir” aytgan, shogird esa takrorlab turgan. So`ng usta belbog`ni olib, shogirdning beliga bog`lagan va biron asbobni qistirib qo`ygan. Va “Siz usta bo`ldiz man sizdan roziman omin “- deb fotixa bergan . Shogird o`z navbatida ustoziga olgan sarpolarni unga taqdim qilgan. U shundan so`ng oqsoqol qo`liga ikkita kuydirlgan nonni bergan va u nonlarni har birini to`rtga bo`lib, “Arvohi pirga” deb davraga o`tirganlarga ulashgan va ular bu nonlarni yeyishgan. Uyushma rahbari bo`lgan Bobo qo`lida “ Risola”ni ushlab olib, shogirdga undagi qonun- qoidalar haqida vaz aytgan va shogirddan “Risola” dagi talablarga qat`iy bo`ysunishi haqida alohida ta’kidlab o`tgan. Shogird o`z navbatida bu talablarga qat`iy amal qilishga so`z bergan va Boboning yelkasiga chopon yopgan. Shu bilan dasturxondagi taomlar iste`mol qilinib bo`lingandan so`ng mahalla imomi Qur`on suralardan o`qib, dasturxonga fotixa o`qigan. Shunday qilib “Miyonbandi “ marosimi tugagan”82. R.Qilichev agar shogird “Pirzoda “ yoki “Ustazoda” bo`lsa, ya`ni shu hunar pirining avlodidan bo`lsa, u “Miyonbandi” marosimini o`tkazishi shart bo`lmaganligi bildiradi. “Pirzoda” yoki “Ustazoda” boshqa shahar yoki qishloqdan kelgan bo`lsa, u ustalik darajasini olish va uyushma a`zoligiga qabul qilinishi uchun “Miyonbandi” marosimini shart bo`lgan. Maqolani tadqiq etish natijasi ushbu izlanish logografik manbalarga asoslangan bo`lsada, hozirda unut bo`lib ketilayotgan qadriyat va marosimlarimizni tiklashda katta ahamiyat kasb etadi. Yana marosimlar haqida gap ketar ekan, M.Qurbonova va G.Ostonovalar marosimlar ichida fayzli va muqaddas hisoblangan “ Mavludxonlik” ya`ni payg`ambarimizning tug`ilgan kunlarini nishonlash marosimini xususan, ayollar o`rtasida nishonlanishini izohlab quyidagilarni aytib o`tadilar: “Barcha mavjudod va maxluqotning azolari, ikki dunyoning xojasi, Allohning eng suyukli habibi – payg`ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) payg`ambarlik davrlarida xalqni jaholat va qorong`ulik zulmatidan saodat yo`liga boshladilar. Insonni din va hidoyat sari da`vat etish uchun bor kuch -g`ayratlarini sarfladilar. Allohning marhamti bilan ular zot babarokot islom dinini omma o`rtasiga yoyib, ummatlariga Qur`oni Karim va Hadisi Sharifni yo`lchi yulduz qilib qo`ydilar. Ana shunday zotni muborak tug`ilgan kunlarni nishonlamoq, ya`ni mav`ludxonlik ul zoti barokotga yaqin bo`lmoqlikning ulug` sabablaridan biridir. Habiy (s.a.v) marhamat qilib aytadilar: “Kimki tug`ilgan kunimni ulug`lasa, qiyomat kuni sharofatimga olaman va mening mavludim uchun bir tanga sarf qilsa, go`yoki bir tilla tog`ni Alloh taollo yo`lida sarf qilgan kabi bo`ladi. Mualliflar o’z fikrlarini davom ettirib “Qadimdan diyorimiz musulmonlari orasida “Mavludi Nabiy “ marosimini o`tkazish an`ana tusini olgan va hozirga qadar davom etib kelmoqda. Bunday marosimlarni nafaqat erkaklar, balki ayollar orasida o`tkazish keng tus olgan. Buxoro vohasi ayollarining ushbu marosimiga bag`ishlangan yig`ini o`zgacha bir tarzda o`tadi. Bunday o`tkazishga maqsad qilib qo`ygan xonadon sohibi payg`ambarimiz (s.a.v.) tug`ilgan Rabiul avval oyining bir kunini mo`ljallab, marosimni o`tkazishga bosh bo`ladigan otin, qarindosh-urug`, qo`ni-qo`shni va beva miskinlarni uyga taklif etadi. Yig`ilganlar hurmati uchun, qolaversa xayr-ehson uchun baholi qudrat dasturxon bezaydilar 30-40 ayol yig`ilgach otin “Mavlud’’ni boshlashdan oldin xatmi sag`ir , ya`ni Qur`onning ba`zi suralarini tilovat qiladi. Uning savobini anbiyolar, avliyolar hamda o`tilganlar ruhiga bag`ishlab, Allohdan yurt tinchligi va xotirjamligi hamda yig`in ishtirokchilari-yu , xonadon sohibining bu fayzli marosimi uchun uning haqiga douyi xayrlar tilaydi. “ Mavlud”ni o`qish asnosida payg`ambarimiz (s.a.v.) ga salovat durudlar bitilgan, duolar birin-ketin o`qiladi. Payg`ambarimizning ismlari va zikrlari aytilganda barcha eshituvchilar o`rinlardan turib, salovat aytib turadilar, otin payg`ambarimizning tug`ilish tarixlarini so`zlab beradi. Shundan so`ng, otin ul zotning xulq-atvorlari, qilgan amallari xususida so`zlab beradi. So`ng otin bilan birga ayollar turib, yoqimli musiqiylik bilan “ Marhabo” larni o`qishadi. Bunda forsiy va turkiy tilda besh banddan iborat har bir band oxirida takrorlanib turiladigan misralar o`qiladi. “ Marhabo” lar aytilayotgan paytda marosim uchun maxsus tayyorlangan “Gulob” sepiladi. “ Gulob” sepishni davradagilardan bir ayol zimmasiga olib, har bir ayolga qarata sepib chiqadi. Ayollar esa bu sachragan gulobni ust boshlariga yaxshiroq surtadi. Buning ramziy ma`nosi bor. Payg`ambarimizdan (s.a.v.) ning muborak badanlardan chiqqan terlari durdona kabi tiniqdir, uning xushbo`yligi dunyoning jami musk-anbarlardan xushbo`yroq bo`lgan. Birov bilan qo`l berib so`rashsalar u odamdan boshqa kun ham payg`ambarimizning hidlari kelib turgan yoki biror uyga kirib mehmon bo`lsalar bu uydan u kishini yoqimli hidlari anqib turgan. Shuning uchun ham marosim ishtirokchilari bu amal navbatini sabrsizlik bilan kutishadiki, xuddi o`zlari payg`ambarimiz (s.a.v.) ning hidlaridan bahramand bo`lgandek his etishadi. Yuqoridagi zikr etilgan amallardan so`ng duoyi xayrlar qilib , oxiri yana Qur`on tilovat qilinadi va marosim poyoniga yetadi.”83 Maqola muqaddas marosimning ko`pchilikka nomalum sahifalarni ochib beradi va kelajak yoshlarga muqaddas dinimiz asoschisiga bo`lgan amallarini oshiradi.
Buxoroning guzarlari haqida maqola yozgan Ochil Sirojov XIX asr oxiri - XX asr boshlarida mavjud bo`lgan guzarlarning soni, ahamiyati va alohida jihatlarini sanab o`tadi. Uning birgina “ Shayx Rangrez kichik tumani tarkibiga kirgan guzarlarga oid ma`lumotlarni keltirib o`tiladi. Jumladan, Buxoro shahri va shahar atrofidagi hududlarning savdo-aloqa yo`lida joylashganligi tufayli boshqa tumanlardan ajralib turgan. Shayx Rangrez kichik tumanida 18 ta guzar bo`lgan. Shayx Rangrez guzari 41 hovlidan iborat bo`lib, aholisi asosan tojik tilida so`zlashuvchilardan tashkil topgan. Ular kichik savdo va hunarmandchilik bilan shug`ullanganlar. Guzarda yerga ega bo`lgan kishilar ham istiqomat qilib, ularning yerlari guzar tashqarisida bo`lgan. Guzarda jome masjidi ham bo`lgan. Masjidda guzar bolalari o`qitilgan. Guzarning ikkinchi nomi Qavola darvozasi oldida joylashganligi bois, shu nom bilan ham yuritilgan. Ushbu nom vaqf hujjatlarda ham qayd qilingan”84. Shuningdek muallif 1841 – yilda Buxoroga kelgan H. Xanikov XVIII asr oxiri hamda XIX asrning birinchi yarmida Buxoroda 360 ta guzar bo`lganligini qayt etgan va tarixchi olimi O.Suxareva esa XX asr boshlarida Buxoroda 220 dan ortiq guzar bo`lganligini ta`kidlaganligini ham o`z maqolasida keltirib o`tadi. Maqolada guzarlar haqida qiziqarli malumotlar keltirilgan, guzarlarning vaqf hujjatlaridagi tavsilotiga asoslanganligini ham ko`rishimiz mumkin.
Buxoro nafaqat o`zining osori atiqalari, balki ma`naviy- ma`rifiy qadriyatlari bilan ham ajralib turadi. Jumladan uning musiqa va shashmaqom san`ati ham sharqu g`arbda alohida e`tirof va ishonchga sozovor bo`lib kelayotgani hech kimga sir emas albatta. Jurnal sahifalarida “Buxoro shashmaqomi’’ning kelib chiqishi, uning asoschilari va shashmaqomining o’ziga xos jihatlarini F.To`rayevning izlanishlarida ko’rishimiz mumkin.
U “ Shashmaqom poydevoriga asos solgan mutrib “, “ Yunus Rajabiy va Buxoro shashmaqomi“, “ Buxoro shashmaqomining piri”, “Buxoro musiqa folk`lori va shashmaqom bilimdoni “ sarlavhasi ostida bir qancha ilmiy maqolalar yozib, o`zining beminnat izlanishlari bilan tarix zarvaraqlarida qoldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Birgina uning san`at rukni ostida “ Shashmaqom poydevoriga asos solgan mutrib “ nomli maqolasida Darveshali Changiy haqida nodir ma`lumotlarni yozib qoldiradi: “ XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoroda yashab ijod qilgan sozanda va xonanda Mirzaoliy Changiy oilasida dunyoga kelgan Darveshali Changiy, dastlabki ma`lumotni Buxoro va Samarqand madrasalarida oladi. Juda yoshligidan musiqaga havasmand bo`lib, qonun, nay, g`ijjak, ruhafzo, va chang kabi musiqa asboblarini chalishni Alido`sti Nayi, Xoja Jafari Qonuniy, Mirmasti, Mavlono Hasan Kavkabiy, Husayn Udiy, Amir Fathi Toshkandiy kabi zabardast ustozlardan o`rganadi va sozlarda xalq kuylarni o`ziga xos usulda ijro etib , el orasida shuhrat qozonadi. Changiy keyinchalik, Ashtarxoniy Imomqulixon (1611-1642) saroyida xizmat qilganligi uchun Changiy Haqqoniy taxallusi bilan asarlar yaratadi. Darveshali Changiy nafaqat mohir sozanda sifatida shuhrat qozondi balki, u chang havolari ohangida “Peshrav”, “Naqsh”, “Amal “, “Qavl “, “Saj”, “ Kor “, “Savt”lar ijod qilib, “Muhammas”, “Muatayn “, “ Sumbula “ zarblari asosida yangi ohanglar yaratgan mohir bastakor sifatida ham tanildi. Darveshali Changiy musiqa nazariyasiga oid qator risolalar yozadiki, uning mashhuri “ Tuhfat us-surur “ risolasidir. Muallifning ta’kidlashicha, risolani yozishda “Changiy otasi Mirzaoliy Changiyning yaqindan yordam beradi Bu asar 12 maqom muvofiqida yozilgan bo`lib, unda olim musiqaning paydo bo`lishi va takomilllashishi haqida chuqur xulosalar bayon qiladi , shuningdek, musiqaning inson ma`naviy ehtiyoji ekanligini asoslab beradi. Darveshali Changiy o`z risolasida Abdulmo`min Sayfiuddin al- urmaviy, Xusrav Dehlaviy, Sharafiddin Ali Yazdiy , Abdurahmon Jomiy, Abdulloh Marvarid, Kamoliddin Binoiy va Kavbaviy Buxoriylarni e`tirof etadi. U musiqa tarixi bo`yicha katta bilimga ega bo`lgan donishmand sifatida “ Tuhfat us- surur “ asarining 8-12 boblarida Rudakiy, Firdavsiy, Kitobiy, Navoiy, Mushfiqiylarning musiqiy qarashlarida yuqori baho berib, ularni musiqashunoslikda yirik arbob sifatida tilga oladi. -
Darveshali XV asr maqom musiqasini Eron, Hinditon va Arab musiqasi bilan muqayaso qilib, ularning ba`zi bir o`xshash tomonlari va ritm hamda tarkibiy tuzilishidagi farqlarn asoslab beradi. Uning davrida maqomlar 12 ta bo`lsa ham, oldinroq faqat 7 ta (“Rost”,”Ushshoq”, “Navo”, “Hijoz”, “Iroq”, “Husayniy” va “Bo`sliy” dan iboratligi haqida ishonarli ma`lumotlarni keltiradi. Keyinchalik bu maqomlarga “Bahovoy”, “Isfahon”, “Buzruq”, “Ko`chak”, “Zango`la” maqomlari qo`shilib Abdulqodir Nayi, Kavkabiy Buxoriylar xizmati bilan 12 maqom tizimi tashkil topadi. Darveshali Changiy tanbur, rubob, rang, nayi, barbot, qonun, ud, qobur, rud, setor, santur, musiqor kabi yigirmadan ortiq musiqa asboblarga pardalar bog`laydi, ularga ipakdan va simdan bo`lgan turlicha torlar o`tkazib ularning jarangdorligini oshiradi. Shuningdek mazkur sozlarni qaysi xalqlarga tegishli ekanligini yozib qoldiradi”86.
Muallif keyingi maqolasida esa Buxoro shashmaqomining piri sarlavhasi ostida Ota Jalol Nosirov haqida quyidagilarni keltiradi : “Buxoro shashmaqomining mo`tabar piri, murakkab musiqiy usullar ustasi, mohir tanburchi , xushovoz xonanda Ota Jalol Nosirov 1845-yilda Buxoroning Eshoni Pir guzarida dunyoga kelgan. Yosh Jaloliddin xat-savod, she`r va musiqadan ilk saboqni o`z davrning ziyolisi bo`lgan o`z onasidan oladi. So`ngra Buxorodagi Badalbek madrasasini xatm qiladi. U Ahmad Donishning yaqin ham fikri, adabiy hamda musiqiy mashfaratlarda faol ishtirokchisi sifatida undan ko`p saboqlarni oladi. Uning otasi Nosir aka baland va shirali ovozli kishi bo`ib, masjidda muazzimlik qilardi. Akasi Mullo Xayrullo el og`ziga tushgan xonanda, uning o`g`li Karomat esa usta kamonchi sifatida nom chiqargan 1921-yildan boshlab Ota Jalol Buxoroda ochilgan sharq musiqa maktabida faolyat ko`rsatib, Levi Boboxonov, Borux Zerkiyev, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Tohirjon Davlatzoda, Mirzo Abdukarim Vobkandiy, Ma`rufjon Toshpo`latov, Najmiddin Nasriddinnov va boshqa iste`dodli sozanda - xonandalarga shashmaqom sirlarini izchillik bilan o`gatgan”87.
Navbatdagi maqola esa shashmaqomning keying bosqichidagi dorug`alaridan bo`lmish Yunus Rajabiyga bag`ishlanadi. “ Yunus Rajabiy sobiq mustabid tuzum davrida deyarli unitilib ketgan, xalq musiqiy durdonalariga qayta umr bag`ishlashdek savob ishni tamal toshini qo`ygan alloma ustozlardan biri edi. O`tmishda nota yozuvida ega bo`lmagan xalqimizning musiqiy merosini ustozlardan shogirdlarga og`zaki tarzda o`tib kelganligi barchamizga ma`lum. Shu bois ushbu musiqiy namunalar uzoq muddat xalqimiz orasida tarqoq va tizimlashmagan tartibda ijro etib kelindi. Yunus Rajabiy esa mazkur kuy va qo`shiqlarga zargarona sayqal va jilo berdi. Uni notaga tushurib kitobat qildi. Ustoz nay, dutor, doir singari sozlarni katta mahorat bilan chaladigan xassos sozanda, o`ziga xos ovoz tempi va ijro uslubiga ega bo`lgan hofiz, shuningdek, o`zbek musiqasining cholg`u ovoz, xor, musiqali drama va opera singari deyarli barcha janrlarda barakali ijod qilgan changsoz edi. Uning cholg`u asboblari uchun “Bahorim “, “ Muborak” kuylari ovoz uchun bastalangan “ Ne navo soz aylagay “, “Koshki “, “Kuygay” kabi lirik qo`shiqlari , “Abulfayzxon”, “Yorqinoy “, “Padarkush”, ”Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Qasos”, “Navoiy Astrobotda”, “Qo`chqor Turdiyev” kabi o`nlab operasi Yunus Rajabiyning serqirra ijodkor ekanligidan dalolat beradi. Buxoro shashmaqomi ilk marta 1924 yilda (A.Fitrat va N. Mironov tahriri ostida) rus musiqashunosi V.Uspenskiy malumotlariga keltiradi. Ustozning to`plangan va yaratilgan kuylar hajmi ayni paytda 400 bosma taboq hajmda bo`lib, 12 jilddan iborat bo`lgan kitobda joylashtirilgan.”88 va nihoyat oxirgi maqolamiz Buxoro shashmaqomining cho`qqisiga erishgan va uni bir qancha xalqlarga tanitgan Buxoro musiqasi folk`lori va shashmaqom bilimdoni Muxtor Ashrafiyga bag`ishlangan bo`lib muallif bu haqda quyidagicha yozadi : ” Muxtor Ashrafiy ham sharif shaharda tug`ulib, voyaga yetgan mashhur san`at arbobidir. M.Ashrafiy haqida so`z borganda qator xorijiy mamlakatlar xalqi etirofida sazovor bo`lgan taniqli bastakor, mohir dirijyor , istedodli murabbiy va yirik jamoat arbobi qiyofasi ko`z oldimizga keladi. U 12 yoshida A. Fitrat tomonida tashkil etilgan sharq musiqa maktabiga o`qishga kirib, mashhur maqomxonlar Ota Jalol, Ota G`iyoz, Levicha hofiz, va Domla Halim va Hoji n Abdurahmonlarning ijrosidan bahramand bo`ladi. Xalq kuylarining melodik hamda metroritmik tuzilishi shakli va usullari bo`yicha ma`lum bilim va malakaga ega bo`lgan Muxtor Ashrafiy 1928 - yida Samarqandning Sherdor madrasasida ochilgan O`zbekiston musiqa xoregrafiya ilmiy- tekshirish institutida o`qishni davom ettirib, mashhur etnograf va kompozitor N.N Mironovdan musiqa nazariyasi va bastakorlik sirlaridan o`rganib oladi. Muxtor Ashrafiy bilimi va kasb malakasini yanada oshirish maqsadida 1934-1937 yilllarda Moskva davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan o`zbek opera studiyasida mashhur kompazitor S.N Vasilenkoning kompazitsiya sinfida tahsil oladi. 1948-yilda Peterburg konservatoriyasining simfonik dirijorligi fakultetini ham bitirdi. Muxtor Ashrafiy Alisher Navoiyning “Sab`ai sayyor’’ dostoni asosida yaratilgan. “Dilorom” operasida Dilorom, Moniy, Bahrom, Ardasher, No`mon singari qahramonlar ariyalarini “Shashmaqom”dagi “Mo`g`ulchai Dugoh”, Nimcho`poni”(Segoh maqomida) kabi maqom kuylari bilan boyitilgan mana shu dalillardan ham ko`rinib turibiki, Muxtor Ashrafiy o`z bastakorlik ijodida ko`p hollarda xalq kuylari, xususan, Buxoro xalq qo`shiqlari va Shashmaqomi ohanglaridan samarali foydalangan. Shu tariqa davlat mukofoti, Javoharlal Neru va Jamol Abdulnosir nomidagi xalqaro mukofotlar laureate, Ozbekistoda opera sa`natiga asos solgan mashhur kompozitor va dirijor, mohir murabbiy va jamoat arbobi kabi sovrinlarga ega bo`ldi. Muxtor Ashrafiy butun Sharq mamlakatlarining musiqa madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo`shdi.”89
F. To`rayev tadqiqotlarida shashmaqom asoschilari va bilimdonlarining qilgan ish va yutuqlarini ko`zdan kechirar ekanmiz, bevosita vatanimiz qolaversa Buxoro shahrimiz milliy san`atiga bo`lgan mehrimiz oshadi. Bunday o`lmas san`at durdonalarimiznining tarixini bizgacha yetkazishga harakat qilgan tadqiqotchimiz o`zining mazkur san`atga qiziqishini bayon qilgan holda yetkazdi va biz tarixchi yoshlar oldida mana shunday milliy san`atimizni tarixini yanada keng ommaga yetkazish mas`ulyatini qo`ydi desak xato qilmagan bo`lamiz.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tadqiqotchilarimiz ilmiy ishlari orqali Buxoro etnografiyasining turli tarmoqlarini atroflicha yorititib beradilar. Har bir tadqiqot ishi o’zida malum bir sohani ochib uni tahlil qilib beradi. Olimlarimizning fidokorona mehnatlari chuqur ilmiy izlanishlari natijasida tariximizning mavhum bo’lgan jihatlari oydinlashtirilib, tarixiy jarayonlar haqida keng tasavvur uyg’otishga yordam beradi desak xato qilmagan bo’lamiz. Ayniqsa, Buxoro vohasi va Turon zaminimizdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar haqida yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlaridan ko’plab malumotlarni bilib olishimiz mumkin. Mazkur ilmiy ishlar tarixiy jarayonlarni o’rganishimizda bizga juda katta ko’mak beradi.
Xulosa
O’zbekiston tarixini o’rganish va uni tadqiq etishda “Buxoro mavjlari” jurnalida chop etilgan maqolalar muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Shuni aytish kerakki, ushbu tadqiqotning asosiy vazifasi - “Buxoro mavjlari” jurnalda yoritilayotgan maqolalarda vatanimiz tarixining xolisona yoritishda va so’nggi tadqiqotlar va manbalarga tayangan holda asl tariximizni o’rganishdagi jurnal sahifalarida joy olgan maqolalarning tutgan o’rnini ko’rsatish va uni tahlil qilish bugun kun sayin rivojlanib o’zgarish va taraqqiyot sari olg’a intilayotgan vatanimizning shonli tarixini yoritishdagi jurnalning o’rnini yoritib berishdan iborat. Bularning barchasi tanlangan mavzuning nechog’lik dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Biz o’z tadqiqotimiz natijasida jurnalning 2002-yildan to 2015-yillargacha chop etilgan nashrlardagi maqolalarni o’rganib tahlil qilish natijasida ularni quyidagi tartibda guruhlab sharhlashni lozim topdik.
Birinchi guruhga jurnal sahifalarida keltirilgan manbashunoslikka doir maqolalar tadqiq etdik. Tadqiqot jarayonida, O’zbekiston tarixida noyob hisoblangan qo`lyozmalarning, hozirgi kun olimlari tomonidan tahlil qilinishini yoritishga harakat qildik. Bu guruhdan joy olgan maqolalarning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, ushbu manbalardagi ma’lumotlar O’rta maxsus va Oliy ta’lim tizimidagi o’quv darsliklarida uchramaydi. Masalan, darsliklarda Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarining ilk o`zbekcha tarjimasi A.Rasulov tomonidan 1966 yilda nashr etilganligi ko`rsatilgan bo`lsa , jurnalda H.To`rayev o’zining “ “Buxoro tarixi”ning ilk tarjimalari” nomli maqolasida ushbu masalalar haqida to’xtalib, manbalarga tayangan holda “Buxoro tarixi” asarining ilk o`zbekcha tarjimasi XX asr boshlariga ijod qilgan Abdulmo`min Sattoriy qalamiga mansubligi haqida qimmatli ma’lumot beradi. Bundan tashqari bizning Turon zaminimiz tarixini sovet tuzumi davrida ham tadqiq qilgan olimlarimizning izlanishlariga ko`p urg`u berilishi kabi qimmatli ma’lumotlar uchraydi.
Ikkinchi guruhga tarixiy shaxslar va ularning faoliyati tahliliga bag`ishlab, xususan, O`zbekiston tarixida o`chmas iz qoldirgan shaxslarni hukumdor sulola vakillaridan istisno holatda yoritishga harakat qildik. Bunda asosan, mahalliy nomdor kishilarning katta martabalarni egallashi va biz bilgan temuriylar hukumronligi davrida saroy malikalarining davlat siyosatiga oqilona yondoshishlarini izohlashga harakat qildik.
Uchinch guruhga tarixni moddiy va ashyoviy manbalarsiz tadqiq qilib bo`lmaganidek, bu mazkur guruhni tarixiy yodgorliklarni tadqiq etilishi masalalariga bag`ishladik. Unda hozirgi O`zbekiston hududi qolaversa, qadimgi Buxoro vohasiga tegishli tarixiy yodgorliklarni tahlil qilib, unda jamoat va hukumat binolarining deyarli barcha turini jurnal sahifalarida keltirilgan arxeologiyaga oid maqolalar orqali ochib berishga harakat qildik.
To’rtinchi guruhga biz tarixning etnografiya masalasiga bag`ishlab, etnografiya sohasiga tegishli bo`lgan urf-odatlar, marosimlar va xalqlarning turmush tarziga bog`liq ma`lumotlarni o`zbek xalqi misolida tahlil qildik va hozirgi kunda muomaladan chiqib borayotgan kasb-hunar marosimlari xususan, miyonbandi marosimini tahlil qilib keng jamoatchilikka qayta eslatishga harakat qildik.
Barchamizga ma`lumki, O`zbekistonda gazeta va jurnallar rasmiy ravishda chor hukumati davriga yuzaga kelgan edi. Bu davrda o`lkadagi ziyoli vakillar matbuotda muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalarga doir ko`plab maqolalar va axborotlarni chop ettirgandilar. Vaholanki, bular vatanimizning o`sha davrdagi hayotini o`rganishda muhim o`rin egallagan edi. Mana bugun istiqlolimiz tufayli ko`lab gazeta va jurnallar qatori Buxoro mavjlari jurnali ham chop etila boshlandi. Bitiruv malakaviy ishimizda mustaqillik yillarida vujudga kelgan ushbu jurnalning jamiyat va xalq ongini o’zgartirishga va ularda yangicha fikrlashini o’stirishga va vatanimiz tarixi bilan tanishtirishdagi o’rnini yuqoridagi masalalar orqali ko’rsatib berishga harakat qildik. Mazkur jurnalning hozirgi davr uchun nechog`lik ahamiyatli ekanligini tahlillarimiz orqali izohladik. Tahlil va xulosalarimizdan kelib quyidagi tavfsiyalarimizni bermoqchimiz:
Birinchidan, hozirgi kun yoshlarini tarixga qiziqishini orttirish maqsadida Buxoro mavjlari jurnalini Oliy va o’rta maxsus talim va`zirligiga tegishli barcha muassasalarga keng ravishda targ`ib qilish va tarixchi yoshlarning ushbu jurnalga o`z maqolalari bilan ishtirok etishiga qiziqtirish;
Ikkinchidan, ushbu jurnalning nashr etilish davrini ko`paytirish ya`ni bir yilda to`rt marotaba emas, balki bir oyda bir marotaba nashr etilishiga erishish orqali, uning o`z mushtariylarini sonini oshirib, shu bilan birga tarixga qiziquvchilarni sonini oshirishga ham erishish;
Uchinchidan, jurnalning hay`at a`zolari va jamoatchilik vakillari bilan keng mulohazalar qilib, tarixning mavhum jihatlarini va jurnalda tarixning qaysi jihatlariga oid maqolalar chop etilmayotganligini aniqlab, tarixga doir maqola yozayotgan har bir muallifni ushbu jihatdan xabardor qilish va qiziqtirib borish;
To`rtinchidan, jurnalda sahifalaridagi har bir maqolaga keltirilgan ma`lumotlarni ilmiyligini oshirish maqsadida , keltirilgan ma`lumotni qaysi manbadan olganligini ko`rsatishishiga erishish(snoska keltirish) va shu bilan birga “Buxoro mavjlari” jurnalining ilmiy ahamiyatini oshirishga erishish.
Fikrimiz so`ngida shuni aytmoqchimizki, tarixchi olimlarimizning oldida vatan ravnaqiga qaratilgan muhim va mas`ulyatli vazifalarni ado etish ko`ndalang turar ekan, ularni sidqidillik va bilimdonlik bilan amalga oshirish har bir tarixchining muqaddas burchi deb bilamiz!
Dostları ilə paylaş: |