Buxoro davlat universiteti


-Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida iterfaol metodlardan



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/58
tarix19.10.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#118426
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA

4-Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida iterfaol metodlardan 
foydalanish. 
Maqsad: Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida interfaol metodlardan 
foydalanish ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda 1-4-sinf matematika 
darslarida interfaol metodlardan ( aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, zakovatli 
zukko va boshqalar ) dan foydalanishga o’rgatish. 
Dars materiallari: Jumayev M.E. Matematika o’qitish metodikasi (OO’Y 
uchun darslik)Toshkent. . “Turon-Iqbol” 2016 yil 426b. 
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish 
mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil. 
Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan 
praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkеnt. “O`qituvchi” 2004 yil. 


 Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya 
mashg’ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 
20 b/t. 
Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova 
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. 
Tayanch tushunchalar: Metod, o’qitish, aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, 
zakovatli zukko, 6x6x6,
Mashg’ulot rejasi: 
1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini. 
2. Aqliy hujum metodlari haqida tushuncha. 
3. Klaster metodining mohiyati. Insert usuli 
Mashg’ulotning borishi: 
4. 1. Iterfaol metodi tushunchasi talqini. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga 
asta- sekin, bosqichma –bosqich o’tishimiz, jamiyatimizda ro’y berayotgan 
ijtimoiy – siyosiy o’zgarishlar va fan- texnikaning jadallik bilan rivojlanishi ta’lim 
mazmuning takomillashuviga ob’ektiv omil vazifasini bajaradi. 
Respublikamizda ta’lim sohasida chuqur islohotlarning o’tkazilayotganligi 
xorijdagi ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar, jahon ta’lim standartlariga 
yaqinlashishga intilish, darslik va o’quv dasrurlari yangi avlodining yaratilishi, 
darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo’ladi. 
Ta’limning interfaol usullarining markazida o’quvchi shaxsining mustaqil 
tafakkurlay olishga o’rgatish masalasi turadi. Ko’p yillik qolipga o’rnashgan, eski 
tipdagi darslar tizimi o’quvchilarning erkin fikrlashiga to’siq bo’lib, faqatgina 
o’qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi.Ta’limda intefaol usullarni 
qo’llashning muhim tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o’quvchida yashirinib turgan 


qobiliyat va ist’dodlarni ro’yobga chiqarish hamda ularda o’z imkoniyatlariga 
ishonch bilan yondashishni tarbiyalaydi.Ta’limning intefaol usullarini maktab 
amaliyotida qo’llash , o’quvchiga har bir fandan o’rganiladigan ilmiy tushuncha va 
qonuniyatlarni shunchaki o’rganib qolmasdan , balki uni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin