3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish.
4. O`tilganlarni takrorlash darslari– tuzilishi
mustahkamlash dars kabi,
takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimiga solinadi va
umumlashtiriladi. Takrorlash darslari ko’rinishlari:
1) o`quv yili boshida va
kundalik takrorlash; 2) mavzu bo`yicha takrorlash; 3) umumlashtiruvchi
takrorlash.
5. Bilimlar malakalari va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari
Tuzilish:
1. Dars maqsadini aytish.
2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish.
3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish.
4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari.
5. Ishni yig`ib olish.
5. 3. Bir soatlik dars reja konsrektini tayyorlash metodikasi.
Dars ishlanma namunalari
Sana:_________
Sinf 4
Mavzu: Jadvallar. Diagrammalar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga diagramma, jadval, grafiklar haqida ma’lumot
berish,
hisoblarni, malumotlarni diagramma, jadval, grafik ko‘rinishda
ifodalashning ahamiyatini tushuntirib berish.
TK1: fikrni mantiqiy izchillikda
ifodalay olish;
TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan
boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
FK1: o‘rganilgan
matematik tushunchalarni
qabul qila oladi, tegishli misollar keltira olish.
Tarbiyaviy: bolalarni qiziqishlari haqida qisqa savol-javob tashkil qilish
orqali bo‘sh vaqtni unumli o‘tkazish haqida tarbiyaviy suhbat tashkil etish.
TK4:
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va
guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: matematik hisoblashlarni bajarish orqali o‘quvchilarning
mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
FK2: o‘rganilgan
matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish
va yangi bilimlar hosil qila olish
Dostları ilə paylaş: