Byudjet hisobi


Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə88/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi 
oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 
1. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar
talablari bo‘yicha tashkil etish;
2. Moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang‘ich va yig‘ma xujjatlari, hisob
regstirlarida o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;
3. Byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag‘larini daromadlar va xarajatlar smetalari
bo‘yicha maqsadli sarflanishi, saqlanishi ta’minlash;
4. Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to‘liq va
o‘z vaqtida aks ettirish;
5. Tashkilot kassasida, shahsiy hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, pul xujjatlari, moliyaviy
qo‘yilmalar butligini nazorat qilish;
6. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki
tomonidan belgilagan xorijiy valyuta kurslari bo‘yicha kurs tafovutlarini aniqlab hisob
registrlarida o‘z vaqtida aks ettirib borish;
7. Byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag‘lari mavjudligi xolati
va xarakatiga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va boshqalar.
Tashkilotlar pul mablag‘lari hisobini yuritishda akkreditivlar, pul ekvivalentari, chet el
valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oladilar. Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari
va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada - so‘mda, chet el valyutasini operatsiya amalga
oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan

sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash orqali hisobga


olinadi.
Byudjet tashkilotlarida naqt pulsiz hisob shakllarini qo‘llagan xolda hisoblashuv
muomalalari amalga oshiradi. Bunda asosan to‘lov topshiriqnomasi shakli qo‘llaniladi. To‘lov
topshiriqnomasida to‘lovchi bo‘lib, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari nomi ko‘rsatiladi.
Byudjet tashkilotlari nomi, shahsiy hisobvarag‘i nomeri, STIR to‘lov topshiriqnomasida alohida
qatorda keltiriladi. Byudjet tashkilotlarida naqt pul muomalalarini amalga oshirish uchun kassa
hizmati tashkil etiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin