Chegaralangan funksiya tekislikning qandaydir yopiq d sohasida aniqlangan boʻlsin. Agar



Yüklə 190,73 Kb.
səhifə1/3
tarix27.11.2022
ölçüsü190,73 Kb.
#120019
  1   2   3
nnnnn


Chegaralangan funksiya tekislikning qandaydir yopiq D sohasida aniqlangan boʻlsin. Agar

integral yig‘indining D sohaning bo‘laklarga bo‘linishlari va nuqtalarning tanlanish usuliga bog‘liq bo‘lmagan holda dagi limiti mavjud bo‘lsa, bu limitga funksiyaning D soha bo‘yicha olingan ikki oʻlchovli integrali deyiladi

funksiya esa D sohada integrallanuvchi deyiladi(bu yerda boʻlakning yuzi, - boʻlaklar diametrlarining maksimumi).
Agar funksiya yopiq D sohada uzluksiz bo‘lsa, u holda bu fuksiya D sohada integrallanuvchi bo‘ladi. Ikki oʻlchovli integrallar ham aniq integrallardagi kabi xossalarga ega. Ikki o‘lchovli integralni hisoblash ikkita takroriy integralni hisoblashga keltiriladi. Shuning uchun ikki karrali
Hisoblash usullari. Agar D integrallash sohasi Oy o‘qiga nisbatan standart bo‘lsa(1- shakl), ya’ni integrallash sohasi yon tarafdan va to‘g‘ri chiziqlar, quyidan va yuqoridan har biri vertikal chiziqlar bilan faqat bitta nuqtada kesishadigan va uzluksiz chiziqlar bilan chegaralangan soha bo‘lsa, ikki o‘lchovli integral quyidagicha hisoblanadi:
(1)

1-shakl.
Avval ichki integralda x o‘zgaruvchini o‘zgarmas kattalik sifatida qabul qilib integral hisoblanadi. (1) integralning qiymati o‘zgarmas son bo‘ladi.
Agar D integrallash sohasi Ox o‘qiga nisbatan standart bo‘lsa(2-shakl), ya’ni integrallash sohasi quyidan va yuqoridan va to‘g‘ri chiziqlar, yon tarafdan har biri vertikal chiziqlar bilan faqat bitta nuqtada kesishadigan va uzluksiz chiziqlar bilan chegaralangan soha bo‘lsa, ikki o‘lchovli integral quyidagicha hisoblanadi:
(2)
Avval ichki integralda y o‘zgaruvchini o‘zgarmas kattalik sifatida qabul qilib integral hisobalanadi.

2-shakl.
Yuqoridagi formulalarda o‘ng qismi ikki karrali integral (yoki takroriy integral) deyiladi. Ikki o‘lchovli integralni ikki karrali integral deb aytiladi.
Agar D integrallash sohasi Oy o‘qiga nisbatan ham, Ox o‘qiga nisbatan ham standart bo‘lmasa, u holda uni Oy (yoki Ox) o‘qiga nisbatan standart bo‘lgan chekli sondagi sohalarga bo‘linadi va ikki karrali integralni D soha bo‘yicha hisoblashda additivlik xossasidan foydalaniladi.
Integrallash chegaralarini tashqi va ichki integrallar uchun almashtirish integrallash tartibini o‘zgartirish deyiladi. Ya’ni integralni (1) shakldan (2) ga o‘tkazish va aksincha, (2) dan (1) ga almashtirish integrallash tartibini almashtirish deb ataladi.

Yüklə 190,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin