Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi








23-rasm. 3:3 himoya tizimi 


26 
shaxsan himoya qiladi. 
5+1 himoya tizimi. Himoyani tashkil etishda ko`p uchraydigan usuldir. 
Bunda o`yinchilar 6-0 hududiy himoyaga o`xshab harakat qiladilar, o`yinchilardan 
biri esa, kuchli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada o`ynaydi. 
4+2 himoya tizimi. Bu himoya tizimi raqib jamoasida uzoq 
masofalardan hujum qilish vositalarini puxta egallagan o‘yinchilar bo‘lganda
qo‘llaniladi. Bunda to‘rt himoyachi zonali himoyada (4:0), ikkitasi esa doimiy 
ravishda eng xavfli hujumchilarni ta’qib qilishni amalga oshiradi. 
Himoyada muvaffaqiyatli o`ynash, barcha himoya tizimlarini to`la 
takomillashtirib egallashga va shaxsiy himoyada yaxshi harakat qilishni bilishga 
asoslangan. Shuning uchun shaxsiy tizimga ustunlik berish kerak. Keyinchalik 
hududiy himoya variantlarining birini qo`llash va undan so`ng aralash himoyaga 
o`tish hujum qilishida raqiblar oldiga murakkab vazifalar qo`yadi. 
Aralash himoya tizimini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
quyidagilarga ega bo‘lish lozim:
1. Shaxsiy ta’qib uchun tajribali himoyachilar. Ular nafaqat ta’qibda,
balki imkoniyat darajasida boshqa jamoadoshlari bilan o‘zaro harakatlarda ham 
qatnashishlari kerak; 
2. Zonali himoyani amalga oshiradigan o‘yinchilar. Yakka tartibda ta’qib
qilayotganlarga har tomonlama yordam berib, zaruriy hollarda xavfli
hujumchiga qarshi harakatlar olib borishlari mumkin. 


27 
XULOSA 
Yuqori texnik mahorat belgilari: 
-
berilgan o‘yin topshiriqlarini va himoyaning ikki- uch eng yaxshi 
egallagan usullar bilan qo‘shilishidan mukammal bajarish uchun usul va 
usullarning eng maqbul hajm ini erkin egallash; 
-
ko‘rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi; 
-
halaqit beriladigan omillar ma’lum darajada toliqish, psixologik 
(ruhiy), keskinlik, og‘ir tashqi sharoit va hakozolar ta’sirida usullarning 
bajarilishi barqarorligi; 
-
raqib qarshi harakatining aniq variantlariga qarab texnik usullar 
(fazalarini) qismlarini boshqara olish; 
-
usullarning bajarilishini ishonchliligi, bu ko‘p kunlik musobaqa 
davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan u o‘yindan bu 
o‘yingacha salbiy ta’sir etuvchi og‘ishlarsiz aniqlanadi; 
Gandbolda texnik va taktik tayyorgarlik. Texnik usullar bu gandbol o‘yinini 
vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p 
jihatdan gandbolchilarning ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga, 
raqib jamoa o‘yinchilarni qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta 
borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik 
bilan samarali qo‘llashiga bog‘liq.
Gandbol o‘yinida jismoniy, texnik-taktik, nazariy va psixologik 
tayyorgarliklarining ahamiyati kattadir. Jismoniy tayyorgarlik o‘quv–
trenirovka jarayonining muhim bo‘limi hisoblanadi. 
Gandbolda texnik usullarning bajarilishini ikki tipga- bu sportchining 
funktsional faolligini emotsional faolini, inertsion va reaktiv kuchlarnini, muskul
qisqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha bir- biridan keskin farq qiluvchi yuqori 
(qisqa amplituda) va sekinlashtirilgan tezlikka (keng amplituda) ajratish mumkin. 
Mashg‘ulotdan oldin qisqa nazariy darslar o‘tish mumkin, bunda murabbiy 
oldindagi maqsad va vazifalarni ochib berish, maketlar yordamida tushuntirish, har 
bir o‘yinchiga topshiriq berish, tushuntirishi lozim. 


28 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin