Temirtikan - Tribulus terrestris L.
(Якорцы стелющиеся)
O‘simlik tavsifi:
Temirtikan Zygophyllaceae oilasiga mansub bir yillik o„simlik. Poyasining uchki qismi yuqoriga ko„tariladi, bo„yi 10-60 sm shoxlangan, qo„shaloq mayin tukchalar bilan qoplangan, uzunroq tukchalari tarvaqaylagan.
Barg uzunligi 3-6 sm, bandi qisqa; bargchalari uzunligi 10 mm, cho„zinchoq, uchlari o„tkir, yopishgan tukli, yashildan oq- kulranggacha. Yon barglari deyarli yupqa pardasimon, oson to„kiluvchi, lansetsimon, uzunligi 3-7 mm. Gullari 1-2 ta, gul bandda joylashgan. Kosachabarglarining uzunligi 5 mm, lansetsimon, gullashdan so„ng to„kiladi. Gultojibarglari sariq, cho„zinchoq, uzunligi 5-7 mm. Mevalari yassilashgan yumaloq; diametri 10-15 mm, tikanlari gorizontal ayriluvchi, uzunligi 10 sm gacha, yong„oqchalarining orqa tomonini mustahkamlovchi qismlari har-xil: o„tkir bo„rtiqli yoki qisqa tikanli, ba’zan o„rtasida tojsimon ko„rinishda bo„ladi; siyrak yoki zich tuklangan, ba’zan mevalari kulrang. May-avgust oylarida gullab, meva beradi.
O‘sish joy va tarqalishi: U bo„sh yotgan yerlarda, daryo vodiylarida, asosan, dasht va cho„l zonalarida, ko„pincha qumli tuproqlarda, begona o„t sifatida poliz ekinlari orasida, yo„l bo„yi va temir yo„l bo„ylarida o„sadi. Temirtikan madaniy holda yaxshi o„sadi. Vohalarning o„t bosgan yerlari, lalmi yerlarda, yo„l bo„ylarida, chala cho„l mintaqasining daryo va soylarining qiyaliklari va qirg„oqlarida, kamroq hollarda yarim dashtlarda uchraydi.
Ko„pincha yo„l yoqalarida va tmir yo„l
ko„tarmalarida o„sadi.
Toshkent, Namangan,
Andijon, Farg„ona,
Samarqand, Buxoro,
Qashqadaryo va
Surxandaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog„iston Respublikasida keng
tarqalgan.
Areali: O„rta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qisminin janubida, Kavkaz, janubiy Yevropa, shimoliy va janubiy Afrika, Osiyoning janubiy qismlari, Avstraliya.
Dostları ilə paylaş: |