D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə16/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
O’sish joyi va
tarqalishi: U Toshkent,
Andijon, Farg„ona va
Samarqand tumanlarida
hamda Qoraqalpog„iston hududida yarim cho„l va cho„l hududlarida va quyi tog„ etaklarida o„sadi.
Ishlatiladigan qismlari: o„simlikning yer usti qismi (o„t).
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Yer usti
qismlari (o„t) dorivor va texnik xom ashyo sifatida ishlatiladi, ular alkaloid
(insektitsid) olish manbai bo„lib xizmat qiladi. Xom ashyo anabazin ko„proq to„planganda yoz va kuz oylari davomida (iyun-sentyabr oylari) yig„ib olinadi. U yig„ish joylarida kichik g„aramlarda quritiladi, keyin maydalanadi va begona aralashmalardan tozalandi. O„simlik juda zaharli, shuning uchun xom ashyoni yig„ish va boshqa ishlarda ehtiyot choralarini ko„rish kerak. Poyaning quritilgan usti qismlari zaharli o„simliklami saqlash qoidalariga muvofiq - germetik yopilgan shisha idishlarda, qulflangan maxsus shkaflarda saqlanadi. Quruq xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil. Itsigek juda qimmatli o„simlik va uni xom ashyosini yig„ish juda muhimdir. Itsigek zaxiralarining kamayib ketishining oldini olish uchun olimlar tomonidan yovvoyi zich o„sadigan maydonlarning bir qismini sanoat plantatsiyalariga madaniylashtirish taklif qilingan.
Kimyoviy tarkibi: O„simlikning yer usti qismida 2-4% (12% gacha) alkaloidlar mavjud: anabazin, afillin, afillidin, lupinin va boshqalar. Asosiy alkaloid - anabazin asoslarning yig„indisi 60% dan kam emas. Bargsiz anabazis tarkibida organik kislotalar ham bor (26% gacha): oksalat (17% gacha), limon (0,8% gacha), uglevodlar 25% gacha, pektin moddalari - 20% gacha. O„simlik kulga juda boy (20% gacha), tarkibida 14% kaliy, 16% natriy va ko„plab noyob metallar mavjud.
Farmakologik xususiyatlari: Anabazin kimyoviy jihatdan a- piperidil- в-piperidin moddasi tashkil qiladi. Farmakologik jihatdan u nikotin, sitsin va lobelinga yaqin, ya’ni ganglionar zahar hisoblanadi. Anabazinning fizik-kimyoviy, ham farmakologik, ham toksik xususiyatlari nikotinga o„xshaydi. U asab tizimga kuchli ta’sir qiluvchi zahar bo„lib, birinchi navbatda vegetativ nerv tiziminining gangliyalariga (tugunlari), markaziy asab tizimiga, xususan, nafas olish
va harakatlanish markazlariga ikki fazali ta’sir ko„rsatadi: oldin, u qisqa vaqt davomida qo„zg„atadi, keyin ularga salbiy ta’sir ko„rsatadi va falaj qiladi. Toksikligi jihatidan anabazin nikotindan deyarli kam emas - bu zahardan 2-3 tomchisi (nikotin ham, anabazin ham suyuq alkaloidlar) insonni o„limga olib keladi. Dorivor vosita bo„lmasa ham ular, ayniqsa, anabazin sulfatning 40% eritmasi qishloq xo„jaligi va o„rmon xo„jaligida o„simliklaming turli zararkunandalariga qarshi kurashishda keng qo„llaniladi. Tanadagi anabazin nikotin kabi tirik to„qimalaming bir xil biokimyoviy tuzilmalari bilan aloqaga kiradi, ular faoliyatni to„xtatib, o„mini egallaydi. Shunday xususiyatlarga nafas olishning analeptiklari - sitizin va lobelin alkaloidlarga ega. Shuning uchun terapevtik va profilaktika amaliyotida ushbu dorilar anabazin gidroxloridi singari (0,003 g tabletkalar) chekishni tashlashni yengillashtirish uchun buyuriladi. Anabazinni 1929 yilda akademik A.P.Orexov kashf etgan. Unga bog„liq bir qator boshqa alkaloidlar va uning hosilalari ham bor. A.S.Sodiqov, X.A.Aslanov va
Y.K.Kushmuradov keltirishicha, Anabasis aphylla L. - anabazin sulfat ishlab chiqarish uchun sanoat xom ashyosi bo„lib, bu qimmatli insektitsidning tarkibi sulfatlar aralashmasi bo„lgan kamida 9 ta yangi alkaloidlardan iborat va ularning 6 tasi xinolizidin guruhiga kiradi. Anabazin bilan kamroq toksik alkaloidlar: afillin, afillidin, lupinin va boshqalar mavjud. A.S.Sodiqov tomonidan 1941 yilda olingan afillin gidroxlorid birinchi bo„lib Samarqand davlat tibbiyot institutining farmakologiya kafedrasida I.E.Akopov va V.A.Konovalova tomonidan farmakologik tekshiruvdan o„tkazildi. Ular ushbu preparatning lokal anestetik xususiyatlarini aniqlab, uning ta’sir qilish darajasi va davomiyligi novokain xloridnikidan yuqori bo„lib, klinik jihatdan tasdiqlashgan. Afsuski, preparatni sanoat ishlab chiqarishini yo„lga qo„yish va sog„liqni saqlash amaliyotiga joriy etishning iloji bo„lmagan. Itsigekning davolovchi xususiyatlaridan xalq tabobatida foydalanish o„simlikning yuqori toksikligi tufayli cheklangan. O„rta Osiyoda o„pka sili uchun itsigek ildizidan tayyorlangan damlama ishlatiladi, jarohat va yaralarga poya kukuni sepiladi. An’anaviy tabiblar yuqumli kasalliklar, qon tomirlari spazmlari, jigar kasalliklari, yaxshi bitmaydigan yaralar va jarohatlar uchun itsigekdan, shuningdek, chekishga moyillikni pasaytirish va alkogolizmni davolashda foydalanishadi. Bundan tashqari, itsigek poyasi kukuni demodekoz uchun samarali xalq davosi bo„lib, kasallik alomatlarini yumshatish va kana sonini kamaytirish uchun ishlatiladi. Demodekoz bilan ta’sirlangan teri joylari kuniga bir
necha marta itsigek aroq damlamasi bilan artiladi va damlamasi yuzga ho„llanma sifatida ishlatiladi. 2 kundan keyin yaxshilanish alomatlari kuzatiladi va demodekozdan to„liq davolanish 2-3 haftadan so„ng kuzatiladi. Ko„pincha itsigek kanalarga qarshi boshqa vositalar bilan birgalikda qo„llaniladi. Shuni bilish kerakki, itsigekga asoslangan davolovchi vositalarni bir soat ichida yuvish kerak, aks holda terini kuydirishi mumkin. Demodekozni xalq vositalari bilan davolashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: 1. Kanalarni intensiv ko„payishini keltirib chiqargan qo„shma kasalliklarni aniqlash uchun demodekozning laboratoriya tahlillari va organizmni umumiy tekshiruvini o„tkazish kerak, shuningdek, davolovchi shifokorning maslahati ham zarur bo„ladi. 2. Xalq vositalari bilan davolanish rasmiy tibbiyot dori vositalari bilan davolash kabi kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, ya’ni to„g„ri kunlik rejimga, parhezga, yomon odatlardan voz kechishga harakat qilish kerak.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin