Qandli diabet kasalligida kovul ildizlaridan foydalanish. 2 choy qoshiq quruq ildiz po„stlog„i sekin olovda 10-15 daqiqa davomida bir stakan suvda qaynatiladi, 1-2 soatga qoldiriladi, to„kib tashlanadi. Qandli diabetda kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan ichiladi. Jag‘-jag‘ -Capsella bursa-pastoris (L.) Medik. (Пастушья сумка обыкновенная) O'simlik tavsifi: Jag„-jag„ Brassicaceae oilasiga mansub bir yillik o„t o„simlik, balandligi 20-30 sm, ingichka urchuqsimon ildizga ega. Poyasi yakka, tik turuvchi, oddiy yoki shoxlangan, ostki qismida oddiy yoki shoxlangan tuklar bilan qoplangan. Ildizbo„g„zi barglari 5-10 sm, bandli, patsimon bo„lingan, o„tkir, uchburchakli, butun qirrali yoki tishchali bo„laklardan iborat. Poya barglari ketma-ket, o„troq, cho„zinchoq-lansetsimon, butun yoki o„yiqli tishsimon, quloqsimon o„simtalarga ega, yuqori barglari deyarli chiziqli, asosi o„q shaklida. Gullari mayda, oq rangda, shingil to„pgullarda to„plangan, ular gullashning boshida soyabon shaklida bo„lib ko„rinadi. Meva uzunligi 5-8 mm uzunlikdagi qo„zoq, ikkita ochiladigan pallalarga ega. Mart-apreldan kuzgacha gullaydi. Mevalari may oyidan boshlab butun vegetatsiya davrida pishadi. Tibbiyotda o„simlikning yer usti qismi (o„ti) ishlatiladi. O’sish joyi va tarqalishi: Jag„-jag„ o„simligi O„zbekistonda faqat cho„l
bo„ylab o„sadi. Ko„pincha tashlandiq joylar va
mintaqasidan boshqa joylarda keng tarqalgan. Jag„-jag„ dalalar, tomorqa, bog„larda begona o„t sifatida, axlat to„planadigan yerlar, tepaliklar, yo„llar va ariqlar qumlarda uchraydi. Ba’zan bir necha gektar maydonda uzluksiz zich o„sadigan maydonlarda hosil qiladi; ayniqsa, ekilmaydigan yerlarda, yosh bog„larda va o„rmon parklarida juda ko„p o„sadi. Yiliga bir nechta avlod beradi: u qishlovchi, bahorgi va efemer shakllarga ega. Jag„- jag„ning qishlovchi shakli ko„pincha kuzgi javdar, beda, beda va ajriq bilan birga o„sadi.