D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə88/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Ilmiy tibbiyotda oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yaralari va oshqozon katari uchun qora andiz ildizidan preparatlar tavsiya etiladi. An’anaviy tibbiyot amaliyotida ildizlardan olingan damlama sil, oshqozon-ichak kasalliklarida va gijja haydovchi vosita sifatida ishlatiladi va tashqi tomondan qichima uchun ishlatiladi. Qora andiz dorivor xususiyatlari o„simlikning barcha a’zolarida seskviterpen laktonlari mavjudligiga bog„liq.
Yong'oq - Juglans regia L.
Орех грецкий
O'simlik tavsifi: Yong„oq Juglandaceae oilasiga mansub balandligi 25
m gacha bo„lgan daraxt, tana diametri 3 m gacha boradi. Shox-shabbasi kuchli,
tarvaqaylab o„sgan. Barglari juda yiriq, ketma-ket, bandli, toq patsimon, 5-11 bargchalardan iborat. Bargchalari ellipsimon yoki cho„zinchoq, ustki qismida to„q yashil, ostkida esa ochroq rangda. Yong„oq gullari mayda, ko„rimsiz, bir jinsli bo„lib, bitta tupda rivojlanadi, ya’ni bir uyli o„simlikdir. Changchi gullari ko„p gulli to„pgullarda - kuchalada to„plangan. Har bir changchi guli 6 ta bo„lakli gulqo„rg„on va o„rovchi barg bilan qo„shilib o„sgan va 12-18 dona
changdondan iborat. Urug„chi gullari o„troq, yakka yoki 2-3 tadan to„plangan. Har bir urug„chi gul ikkita gulyonbarg, 1 uyli ostki tuguncha va ikkita tumshuqchadan iborat. Yong„oq mevalari - har xil shakldagi va o„lchamdagi yirik sharsimon va ellipsimon danak, tashqi tomoni qalin meva qobig„iga ega, u har xil shakldagi va o„lchamdagi yog„ochlashgan danak - yong„oqni o„rab turadi. Danakda och jigarrang qobiq bilan qoplangan urug„ (yong„oq mag„zi) mavjud. Pishmagan mevalarda meva qobig„i etli bo„ladi. Meva pishganda yong„oq quriydi va yoriladi, undan urug„li danak ajraladi. Yong„oq barglari ochilishi bilan bir vaqtda aprel-may oylarida gullaydi. Yong„oq shamol yordamida changlanadi. Mevalari sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Yong„oq tez o„sadi, madaniylashtirilganda 5-10 yoshida meva berishni boshlaydi, 50-60 yoshda to„liq hosilga yetadi va 300 yilgacha yashaydi.
O‘sish joyi va tarqalishi: U G„arbiy Tiyon-Shon qiyaliklarida kichik o„rmonlar hosil qiladi (Toshkent viloyati), hamma joyda keng yetishtiriladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin