An’anaviy tibbiyot retseptlari: Yong„oq barglarining damlamasi: 2 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq quruq ezilgan barg qo„shiladi va 1 soat damlab qo’yiladi, 2 soat sovutishga qo„yiladi, qandli diabetda, miya va yurak tomirlari sklerozi, metabolizmni yaxshilash, o„pka silida qon tupurishi kamaytirish uchun ovqatdan 20 daqiqa oldin kuniga 2-3 marta ichiladi. Xuddi shu damlama yordamida og„iz va tomoqni turli xil yallig„lanish kasalliklari va tish milki qon ketishida og„izni chayish mumkin. Yong„oq barglarini damlamasi: 1 litr qaynoq suvni 50 g yong„oq barglari damlanadi, 2 soat tindiriladi - enterokolit, dumaloq chuvalchanglarda shu damlama kun davomida ichiladi. Yong„oq barglaridan damlama: 1 osh qoshiq barglar yoki yashil meva po„sti ustiga 1 stakan qaynoq suv quyiladi, 1 soatga qoldiriladi, to„kib tashlanadi. Vitamin yetishmovchiligida mustahkamlovchi sifatida ovqatdan oldin kuniga 3 marta 1-3 stakandan ichiladi. Barglarning o„rniga ich yumshatuvchi ta’sirga ega bo„lgan ildizlar va novdalarning po„stlog„idan foydalanish mumkin. Tashqi foydalanish uchun yong„oq barglaridan damlama: 0,5 kg maydalangan quritilgan yoki 2 kg yangi yig„ilgan yong„oq barglariga (gullari yoki pishmagan mevalari bilan aralashmasi) 1 chelak qaynoq suv (8-10 l) quyiladi, sekin olovda 30 daqiqa davomida qaynatib olinadi, 37-400C haroratli suv bilan 1:1 nisbatda suyultiriladi va teri kasalliklari, bolalar diatezi, shuningdek, limfa bezlarini yallig„lanishida vanna qabul qilinadi. Vannani 10-15 martagacha qabul qilinadi. Yetilgan yong„oq urug„ining pardalaridan qaynatma tayyorlash: 0,5 litr qaynoq suvga 40 g xom ashyo solinadi, sekin olovda 1 soat qizdiriladi, qand diabetda ovqatdan oldin kuniga 3 marta 15 ml dan ichiladi. Yong„oqning damlamasi: maydalangan va yetilmagan 15 ta mevasi 0,5 litrli idishga solinadi, 70% spirt quyiladi va 14 kun davomida quyoshda turadi. Gastrit, enterokolit, diareya, qand diabeti, yangi o„smalar, shuningdek, vitaminli vosita va umumiy mustahkamlovchi sifatida ovqatdan so„ng 20-30 ml dan ichiladi. Yong„oq urug„ining pardalaridan nastoyka: ichki pardalar 20-25 yong„oqdan ajratiladi, ularga 100 ml 70% spirt quyiladi, 7-10 kunga qoldiriladi va mastopatiya va bachadon miomasida kuniga 3 mahal 15-20 tomchidan 30-50 ml qaynatilgan suvga tomizib ichiladi. Davolash kursi - 2 oy. 7-10 kunlik tanaffusdan keyin uni takrorlash mumkin. Yong„oq urug„ining pardalaridan nastoyka: 200 ml 70% spirt yoki kuchli aroqqa 1 osh qoshiq quruq pardalar solinadi, qorong„i joyda 14 kun saqlanadi, vaqti-vaqti bilan silkitiladi, suzgichdan o„tkaziladi, siqib olinadi. Titrash, asab kasalliklari, diareya, surunkali kolit, diabet, gipertoniyada kuniga 3 marta 1 choy qoshiqdan ichiladi, davolanish kursi 15-30 kun hisoblanadi. Yong„oqning yosh va yangi barglaridan siqilgan sharbati tashqi tomondan terining zamburug„ kasalliklari, o„rta quloqning yiringli yallig„lanishida ishlatiladi. Yong„oqning meva po„stidan olingan sharbat bilan tomoq og„rig„ini davolashda chayiladi. Yong„oq kamedi yaralarni davolash uchun kukun sifatida ishlatiladi. Yangi yong„oq barglarini yaralar va chipqonlarga qo„yiladi. Bavosil uchun qaynatilgan barglar issiq suvda ho„llab qo„yiladi. Xuddi shu maqsadda quyidagi malhamni tayyorlash mumkin: 15 g quruq maydalangan yong„oq barglariga 100 ml o„simlik moyi quyiladi, 7-8 kundan keyin 1 soat suv hammomida qaynatiladi, doka orqali ikki marta suzgichdan o„tkaziladi va yana 30 daqiqa qaynatiladi, keyin 15 g mum qo„shiladi va soviguncha aralashtiriladi.