Savollar 1. O‘zbek tili fonologiyasining shakllanishida kimlarning xizmati katta bo‘ldi?
2. A.Abduazizov qanday atamalarni va qanday fonologik tasnifni qo‘llangan?
3. Fonemalar qanday uch belgiga ko‘ra zidlanadi?
Tayanch termin va iboralar. Fonema, tovush, bo‘g‘in, urg‘u, ohang, fonologiya, variant, majburif variant, uslubiy variant, dialektal variant, kombinator variant, pozitsion variant, imkoniyat- voqelik, mohiyat-hodisa, ottenka, assotsiativ munosabat, sintagmatik, fraza, takt, bo‘g‘in, taktema, paradigma, sillabema, emik birliklar, etik birliklar, aksentema, intonema, umumiylik va xususiylik. O‘ZBEK TILI VOKALIZMI Reja:
1.
Unlilarning fonologik muhim belgilari.
2.
Unlilarning paradigmatik tavsifi.
3.
Unlilarning fonologik nomuhim belgilari.
4.
Unli fonemalar tavsifi (xarakteristikasi).
Unlilarning fonologik muhim belgilari. Undosh fonemalarni tasniflashga
asos bo‘ladigan belgilar bilan unli fonemalarni tasniflashga asos bo‘ladigan belgilar
bir xil emas. Hatto unli fonemalarni tasniflashda ham tadqiqotchilar unlilarning turli
xil belgilariga tayanganining guvohi bo‘lamiz.
O‘zbek tilshunosligidagi adabiyotlarda unlilarning ko‘proq uch belgisiga
asosan tasnifi uchraydi:
1) paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra (old qator - orqa qator);
2) og‘izning ochilish va tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra
(keng - o‘rta keng - tor);
3) labning ishtirokiga ko‘ra (lablangan - lablanmagan).
Unlilarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra tasnifiga hozirgi kunda ikki xil
yondashuvni ko‘ramiz. Birinchi yondashuvga muvofiq, unlilarning paydo bo‘lish
o‘rni, to‘g‘rirog‘i, tilning gorizontal harakati e’tirof etiladi. Ikkinchi yondoshuvga
muvofiq, unlilarning paydo bo‘lish belgisi rad etiladi va shuning uchun ham bu
belgiga ko‘ra unlilarning tasnifi asossiz hisoblanadi.
1
Unlilarning paydo bo‘lish o‘rnini e’tirof etuvchilarning o‘zlari ham ikki
guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh tilshunoslar uch o‘rinni (qator) ajratadilar: til
oldi (old qator), oraliq (indifferent), til orqa (orqa qator). Ikkinchi guruh tilshunoslar
esa ikki o‘rinni - til oldi (old qator) va til orqa (orqa qator) ni e’tirof etadilar.
2
1
Умаров Э.Ўзбек тилида тил олди товушлари борми? //Ўзбек тили ва адабиёти.-№ 4,5,6. 1994. –Б.77-80.
2
Решетов В.В. Узбекский язык. I Фонетика. Ташкент: Учпедгиз, 1959. -С. 357.
18
A.Abduazizov bu ikki guruh tilshunoslarning tasnif asoslariga o‘z
munosabatini bildiradi.
1
Biroq A.Abduazizov indifferent unlilarning ajralish asosini
boshqacharoq talqin qiladi. Uning fikricha, indifferent unlilarning ajralish-
ajralmasligi tadqiqot ob’ektiga bog‘liq. V.V.Reshetov Toshkent shevasi talaffuziga
asoslanib, o‘zbek tilidagi