48
[q] ning spirantlashib [x] ga o‘tishi
j-lovchi shevalar uchun ham,
y-lovchi
shevalar uchun ham xosdir. Masalan:
vaqt > vextm
to‘qson > toxsen
chiqdi > chixto‘ // ch’xte (yl)
maqsad > maxsat // mexset (yl)
qirqta > q’xte < q’rxte
Ayrim shevalarda [q>v] hodisasi mavjud: ayiq > ayuv, ba’zan ay’g‘
qamoqda>qamevde
Ba’zi so‘zlar oxirida [q] ning tushishi natijasida undan oldingi unli ikkilamchi
cho‘ziqlikka ega bo‘ladi:
qone: botqa < qo‘noq bo‘tqa
shald’re:pul < shaldiroq pul
1
yo:uyemes < yo‘q u emas
oy’ng qeye:de < oying qayoqda
[X] fonemasi. Bu tovush jarangsiz sirg‘aluvchi tovush bo‘lib, portlovchi [q]
ning juftidir. [X] undoshi o‘zbek tilining barcha shevalari uchun xosdir. Lekin jlovchi
shevalarda [x] o‘rnida asosan [q] yoki [qx] affrikati qo‘llaniladi: qxat, qxato‘n,
qxыzmat, qxalayo‘q.
Ayrim y-lovchi shevalarda ham [x>q] hodisasini kuzatish mumkin. Xususan,
Namangan shevasida: masxara>masqara
daraxtga > daraqqa
Sporadik ravishda [x>v] almashinuvini kuzatish mumkin:
jo‘xori > djoveri
[g‘] chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh tovushdir. [g‘] fonemasi so‘zlarning
barcha o‘rinlarida kela oladi. J-lovchi shevalarda bu tovush ko‘pincha bilabial [v]
yoki [y] tovushiga o‘tadi:
2
jl. Achuv > ach: uv < achchig‘i
av z > ev z // evuz < og‘iz
buvday // biydey < bug‘doy
suverdu < sug‘ordik
av r < og‘ir
tuvra < to‘g‘ri
Ba’zi shevalarda [g‘] jarangsizlashib, portlovchi [q] tovushiga o‘tadi: J-l.
baqchadan ottu < bog‘chadan o‘tdi
Dostları ilə paylaş: